Sof aql tanqidida Kant falsafa o‗zidagi narsalar, ya‘ni dunyoning oliy qadriyatlari haqidagi
emas, balki faqat bilish chegaralari haqidagi fan bo‗lishi mumkin, degan xulosaga keladi. Oliy
mohiyatlar va oliy qadriyatlar – bu Xudo, ruh va erkinlik bo‗lib, ularni biz biron-bir tajribada
ko‗ra olmaymiz, ular haqida oqilona fan bo‗lishi mumkin emas. Biroq ularning borligini
isbotlashga qodir bo‗lmagan nazariy aql, buning aksini isbotlashga ham qodir emas, ya‘ni u
Xudoning borligiga, ruhning o‗lmasligiga va iroda erkinligiga ishonishni taqiqlamaydi. Insonga
e‘tiqod va ishonmaslik o‗rtasida yo‗l tanlash imkoniyati berilgan. U e‘tiqodni tanlashi lozim,
chunki vijdon ovozi, axloq ovozi undan Shuni talab qiladi. Ammo bu endi nazariy aqldan amaliy
aqlga, gnoseologiyadan axloqqa o‗tishdir.
Kant falsafada o‗ziga xos to‗ntarish yasadi va falsafani alohida fan sifatida tushunish
asoslarini yaratdi. Yangi bilish nazariyasini asoslashga harakat qilib, u XVII-XVIII asrlarning
bilishni borliqdan ko‗chirilgan andoza sifatida talqin qiluvchi empirik nazariyalarini tanqid qildi.
Kant muammoni boshqa zaminga ko‗chirdi va falsafada gnoseologiyaning bilish jarayoniga sub‘ekt
– ob‘ekt munosabati sifatida qaraydigan yo‗nalishiga asos soldi.
Biluvchi sub‘ekt – bu muayyan individ emas, balki insonning bilish qobiliyatlari va bilim
manbalarinigina o‗zida mujassamlashtiruvchi qandaydir mavxum tasavvur. Inson ongida mavjud
bo‗lgan mazkur qobiliyatlar majmui unga o‗zini qurshagan dunyoni sezgilar va aqlning aprior
shakllari yordamida tartibga solishga yordam beradi. Bu inson individual, shaxsiy xususiyatlarga
ega emas, degan ma‘noni anglatmaydi, biroq ular bilish jarayonida etakchi rol o‗ynamasligi kerak.
Sub‘ekt qandaydir narsa, predmet yoki hodisaning ta‘sirini sezgilar darajasida idrok etadi.
Bu mushohada yuritishning aprior shakllari yordamida tartibga solinuvchi tuyg‗ular rang-
barangligini Yuzaga keltiradi. Biroq bu bosqichda bilim sub‘ektiv bo‗lib qoladi. Shundan so‗ng
idrok ishga kirishadi va mavjud bilimlarni tushunchalar shakliga soladi, ya‘ni ularda qandaydir
umumiy jihatlarni aniqlaydi. Shu sababli pirovard natijada idrok va aqlni birlashtirgan biluvchi
sub‘ektgina bilim deb hisoblash mumkin bo‗lgan birlikni yaratadi.
Binobarin, bilimning turli shakllariga muayyan tavsif berish mumkin. Masalan, matematika
hissiylikning makon va vaqt kabi aprior (ya‘ni tajribada ko‗rilmagan) shakllariga tayanadi.
Boshqacha aytganda, biluvchi sub‘ekt dunyoga makon va vaqtda mavjudlik nuqtai nazaridan
qaraydi. Ayni holda makon – tashqi sezgining aprior shakli, vaqt esa – ichki sezgining aprior
shakli. Bunday apriorlik matematik haqiqatlarning, demak, fan sifatidagi matematikaning ham
mavjudlik imkoniyatini belgilaydi.
117
Fizika (va boshqa tabiiy fanlar) ham o‗z apriorligi jihatidan «sof» bo‗lgan va tajribada
«ifloslanmagan» bir qancha mushohadalarga tayanadi. TabiatShunoslik aprior mushohadalar va
idrok kategoriyalarining sintezi sifatida amalga oshiriladi.
Inson bilimlari, fan va madaniyat dunyosi bizning tajribamiz, tuyg‗ularimiz va aqlimiz
ma‘lumotlariga asoslanadi. F.Bekon va R.Dekart fan va madaniyatning yanada rivojlanish
yo‗llarini tuyg‗ularimiz va mulohaza yuritish qobiliyatimizning takomillaShuvi bilan bog‗laganida,
to‗la haq edi. Biroq ular bizning tajribaga asoslangan bilimimiz har qancha rivojlanmasin va
takomillashmasin, u hech qachon bizga faqat sezgilar, aql va tajribaga asoslanib dunyoni
oxirigacha tushunish imkonini bermasligini hisobga olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |