Nemis falsafasi.
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya boshqa Farbiy
Evropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Ammo fransuz inqilobining
kuchli ta‘siri ostida Shunday falsafiy ta‘limot vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatShunoslik
va ijtimoiy fanlarning rivoji asosiy o‗rinni egalladi. Fizika va ximiya fanlari yutuqlarga erishdi,
tabiatni o‗rganishga katta e‘tibor berila boshlandi. Matematika fanida Yangi ixtirolar qilindi. Bu
ixtiro va yutuqlar hamda insoniyat jamiyatining rivoji haqidagi nazariyalar borliqni o‗rganishning
uslubi va nazariyasi bo‗lib xizmat qiladigan rivojlanish haqidagi g‗oyalarni ishlab chiqishni tarixiy
bir zaruriyat qilib qo‗ydi. Mana Shunday tarixiy sharoitlar taqazosi bilan XVIII asrning II yarmi va
XIX asr boshlarida nemis falsafasi vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |