Pol Genrix Ditrix Golbax
(1723-1789) ning «Tabiat tizimi» asari «XVIII asr materializmi va
ateizmi kodeksi» degan nom olgan. 1770 yilda nashr etilgan bu asarda muhim ontologik
muammolar, chunonchi: materiya, tabiat, harakat, makon, vaqt, sababiyat, tasodif, zaruriyat
muammolari bayon etilgan. Golbax uchun tabiat barcha narsalar va hodisalar sababidir, zero u
Xudo tufayli emas, o‗zi tufayli mavjud. Tabiat – harakat sababi. Golbax harakatni tabiat
mavjudligining zaruriy natijasi sifatida tavsiflaydi. Tabiat deganda u o‗z energiyasi ta‘sirida
harakat qiluvchi moddalar yig‗indisini tuShunadi. Golbax fikriga ko‗ra, barcha jismlar bo‗linmas
va o‗zgarmas elementlar – atomlardan tashkil topadi. Materiya tushunchasini u modda tushunchasi
bilan ayniylashtiradi.
Ayni vaqtda Golbax tabiatda barcha aloqalar va harakatlar zaruriyat bilan belgilanadi, deb
hisoblagan. Uning fikricha, olam bir-biridan uzluksiz kelib chiqadigan sabablar va oqibatlarning
uzilmas zanjiridir. Shu sababli Golbax tasodifni tabiatdan ham, ijtimoiy hayotdan ham chiqaradi. U
insonni ham zaruriyat quli deb hisoblaydi: u o‗z hayotida bir daqiqa ham erkin emas, uning xatti-
harakatlari amalda qanday namoyon bo‗lsa, Shunday bo‗lishi mumkin. Bu oldindan belgilanganlik
Golbax determinizmining fatalistik xususiyatini belgilaydi.
Deni Didro
(1713-1784) o‗zining «Materiya va harakatning falsafiy tamoyillari», «Tabiatni
tushuntirish haqida mulohazalar», «D‘Alamberning tushi» asarlarida sub‘ektiv idealizmga qarshi
chiqadi va muhim ontologik muammolarning o‗ziga xos talqinini taklif qiladi. Uning fikricha,
mavjud bo‗lgan hamma narsalar moddiydir. Didro, dunyo uzluksiz paydo bo‗ladi va o‗ladi, har bir
lahzada tug‗ilish va o‗lish holatida bo‗ladi; o‗zga dunyo hech qachon bo‗lmagan va bo‗lmaydi, deb
ta‘kidlaydi. Ko‗rib turganimizdek, Didro borliq muammolarini o‗rganish sohasiga dialektikani
tatbiq etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu gilozoizm nuqtai nazari) va «inert
114
hissiylik» va «faol hissiylik»ni farqlaydi. «Faol hissiylik» muayyan tarzda uyushgan
materiyadagina namoyon bo‗ladi.
Fransuz materializmi tabiatShunoslikda hukm surgan tabiat «saltanati» - o‗simliklar,
hayvonot dunyosi bilan inson o‗rtasidagi tafovutni bartaraf etishga harakat qildi.
Didro, Golbax, Lametri, Gelvetsiy va Kondilyak falsafasida gnoseologiya muammolari
ontologik muammolar bilan bir qatorda turadi. Insonning ichki va tashqi dunyosi bilimlar manbai
deb e‘lon qilinadi. Bu dunyolarni anglab etish mumkin. Inson bilimlarining nomukammalligi avvalo
ular rivojlanishining mazkur bosqichi bilan belgilanadi. Fransuz materialistlari hissiy va aqliy
omillarning bilishdagi rolini Shunda ko‗radilarki, sezgilar guvohlik ko‗rsatkichini bersa, aql bu
ko‗rsatkichlarning to‗g‗riligini tekshiruvchi hakam vazifasini bajaradi. Aql hissiy ko‗rsatkichlardan
uzoqlashishi mumkin emas, lekin u mazkur ko‗rsatkichlarga haddan tashqari ishonishi ham
yaramaydi. Aqlning sezgidan ajralishi bilishni amalga oshirib bo‗lmaydigan ishga aylantiradi.
Kuzatish va eksperiment bilish metodlaridir. Ular mushohada qilish, mulohaza yuritish, tushunish
va idrok etish, Shuningdek aql uchun juda zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |