Immanuil Kant
(1724-1804) nemis klassik falsafasining asoschisi.
Kant konsepsiyasi: «Sof aql tanqidi» (1781), «Amaliy aql tanqidi» (1788), «Mulohaza
yuritish qobiliyatining tanqidi» (1790)asarlarida, Shuningdek faylasuf ijodining o‗ziga xos
sarhisobi sanaluvchi – «Sof aql chegaralarida din» (1793) kabi kitoblarida bayon etilgan. Kant
bilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat. Kant fikricha bilish jarayoni uch
bosqich: 1) sezgilar darajasida bilish, 2) idrok, 3) aqldan o‗tadi.
Bilishning birinchi bosqichi -sezgilar darajasida inson narsaning mavjudligini biladi, idrok
yordamida uni fikrlaydi. Narsani haqiqiy bilish aynan Shu ikki bosqichni sintez qilishni talab etadi.
Idrok darajasidagi bilishning quroli – kategoriyalar. Ular idrokka ichdan xos. Hodisalar rang-
barangligi kategoriyalar tizimida aks etadi. Kategoriyalar yordamida inson bilimi tasodifiy empirik
emas, balki umumiy zarur, ya‘ni ilmiy xususiyat kasb etadi. Ilmiy bilim kategorial bilimdir. Biroq
Shundan so‗ng Kant sub‘ektiv idealist sifatida mulohaza yuritadi: idrok tabiat qonunlarini
ochmaydi, balki ularni tabiat uchun belgilaydi. Kant fikriga ko‗ra, kategoriyalar birligi va ularning
bilish (sintez qilish) qobiliyati zamirida dunyoning ob‘ektiv moddiy birligi emas, balki o‗zlikni
anglashning transsendental birligi yotadi.
Idrok etish – bilishning ikkinchi bosqichi. Idrokning kuchi uning sintez qilish qobiliyatida
namoyon bo‗ladi. Biroq bu to‗liq, cheksiz qobiliyat emas. Idrok tajriba chegarasidan tashqariga
chiqa olmaydi. Biroq idrok o‗z chegaralarini o‗zi bilmaydi. U doim bu chegaralardan chetga
chiqadi, ya‘ni hodisalar dunyosidan o‗zidagi narsalar dunyosiga kirishga harakat qiladi. Biroq
116
tajriba chegaralarini tark etgach (Shu tariqa idrok emas, balki aqlga aylangach), u echib bo‗lmas
ziddiyatlar sohasiga tushib qoladi, uning mulohazalari esa muqarrar tarzda xom xayolga aylanadi.
Aql – bilish jarayonining uchinchi, oliy bosqichi. U hissiyot bilan bevosita emas, balki
bilvosita – idrok orqali bog‗lanadi. Aql bilishning oliy bosqichi bo‗lsa-da, idrokka ko‗p jihatdan
yutqizadi. U tajribaning mustahkam zaminidan ajralgach, dunyoqarash darajasidagi savollarning
birortasiga ham uzil-kesil – ha yoki yo‗q deb javob bera olmaydi. Dunyo vaqtda va makonda
boshlanadimi yoki u cheksiz va boqiymi? Inson joni boqiymi yoki foniymi? Iroda erkinligi mavjudmi
yoki dunyoda hech qanday erkinlik mavjud emas, hamma narsa tabiiy zarurat qonuniga ko‗ra Yuz
beradimi? Xudo bormi yoki yo‗qmi? Idrok bunday savollarni bera olmagan bo‗lardi. Aql esa
bunday savollarni beradi, biroq ularga javob topa olmaydi. Uning da‘volari imkoniyat darajasida
emas. Sof nazariy aql o‗z mag‗lubiyatini tan olishi lozim, chunki u o‗zidagi narsalarni bila olmaydi.
Ammo nima uchun u Shunga qaramay bilishning oliy bosqichi deb e‘tirof etiladi? Shuning
uchunki, aqlning sof g‗oyalari (Kant ularni tamoyillar deb nomlagan) bilishda oliy tartibga solish
vazifasini bajaradi. Ular idrokka yo‗l ko‗rsatadi. Aql g‗oyalarini ufq chizig‗iga o‗xshatish mumkin:
garchi bu chiziqqa etib bo‗lmasa-da, u insonga makonda mo‗ljal olish, ko‗zlangan maqsad sari
to‗g‗ri harakatlanish imkonini beradi. Shunga qaramay, Kant bilish nazariyasida metafizik bo‗lib
qoldi: u aqlning ziddiyatliligi (ya‘ni cheksizlikning ziddiyatliligi)ni uning ojizligi, narsalar
mohiyatini anglashga qodir emaslik belgisi sifatida talqin qildi. Holbuki, bu amalda, Gegel
keyinroq ko‗rsatganidek, aqlning qudratli kuchidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |