13
mexanika qonunlari) singari mutafakkirlar o`zlarining genial tabiiy ilmiy asarlarini
yaratdilar.
XVI-XVII asrlarda G’arbiy Yevropada ishlab chiqarish munosabatlarining
jadal rivojlanishi fan (matematika, mexanika, fizika, optika, gidrodinamika) va
texnikaning faol rivojlanishiga olib keldi. Bu davrda G.Galiley, I.N’yuton, R.Guk,
L.Eyler va boshqa olimlarning daho asarlari va betakror
ijodiy faoliyati natijasida
izchil, mantiqiy, tajribalarda ko`p karra o`z tasdig’ini topgan klassik mexanika
vujudga keldi.
Yangi davr faylasuflari F.Bekon, T.Gobbs, J.Lokk, D.Yum ijodga inson
tomonidan yangi mexanizmlar, mashinalar, qurilmalar va agregatlarning kashf etilishi
deb qaradi. Fan va texnika yutuqlari va kashfiyotlari
falsafa va fanda dunyoning
mexanistik manzarasi, metafizik dunyoqarash hukmronlik qilishiga olib keldi.
Buyuk frantsuz faylasufi R.Dekart materiya mustaqil ijodiy kuchga ega deb
e`tirof etdi, mexanik harakatga esa borliq, bilish va ijodning negizi bo`lgan materiya
hayotining ifodasi deb qaradi. R.Dekart metod muammosiga alohida e`tibor berdi,
ratsionalizmni, tafakkurning aniq va qat`iyligini bilimning haqqoniyligi sharti deb
e`tirof etdi. Uningcha, bilish va ijodda sezgi va his-tuyg’ular emas, aql, idrok, mantiq
etakchi rol o`ynaydi. Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari
yaratilgan.
Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qo`lga kiritilgan ayrim
dalillar tizimli tahlil qilinib, umum-lashtirila boshlagan.
Ilmiy bilim tuzishning
tabiat qonunlarini matematik ta`riflash, nazariyalarni tajribada sinash, tajribada
asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bog’liq bo`lgan
yangi me`yorlari va ideallari vujudga kelgan.
Fan o`z metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog’liq
bo`lgan masalalarni echishga tobora faolroq yo`naltirilgan.
Biroq fan o`zining yangi metodologiyasini yaratib,
amaliyot ruhi bilan
sug’orilgani sari u o`z tarixiy vatani– falsafa qirg’oqlaridan uzoqlasha boshlaydi.
Ko`rib chiqilayotgan davr oxiriga kelib u falsafiy, diniy, texnologik aqidalardan qat`i
nazar rivojlanishi mumkin bo`lgan bilimlar tizimi sifatida tushunila boshlaydi.
Natijada fan faoliyatning alohida, mustaqil sohasiga aylanadi. Professional olimlar
14
paydo bo`ladi, ularni tayyorlash amalga oshiriluvchi universitet ta`limi tizimi
rivojlanadi. O`z faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning alohida
shakllari va
qoidalariga ega bo`lgan ilmiy hamjamiyat vujudga keladi.
XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: Rimda (1603) birinchi ilmiy
akademiya Dei Licheya Akademiyasi (bu akademiyaning a`zolaridan biri G. Galiley
bo`lgan), London qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar akademiyasi (1666) tashkil
topadi. Keyinroq Berlinda (1700), Sankt-Peterburgda (1724), Stokgol’mda (1739) va
Evropaning boshqa poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta`sis etiladi. Bu
akademiyalarning eng yirigi– London qirollik jamiyati bo`lib, u tashkil etilgan
paytda 55 a`zodan iborat bo`lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21
kishidan iborat
tarkibda ish boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a`zolar shtatida dastlab 11
kishi belgilangan. Yevropa mamlakatlarida XVIII asr boshiga kelib olimlar soni bir
necha ming kishiga etgan bo`lsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning (bu davrda bir
necha o`n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: