Ma`ruza Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining predmeti. Fan bilishning maxsus shakli sifatida Reja: «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi»


Fanning maqsadi bu insoniyat – atrof muhit, olam sirlarini va rivojlanish



Download 460,93 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana02.02.2022
Hajmi460,93 Kb.
#424909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Маъруза1

Fanning maqsadi bu insoniyat – atrof muhit, olam sirlarini va rivojlanish 
mexanizmlarini o`rganib, ulardan jamiyatning ravnaqi uchun foydalanishdir.
Fan 
keng ma`noda voqelikni nazariy jihatdan yorituvchi ilmiy mexanizmdir. 
Fanning asosiy vazifalari: 
-
dalillarni yig’ish, tasvirlash, tahlil qilish, umumlashtirish va 
tushuntirish; 
-
tabiat, jamiyat, tafakkur va bilish qonunlarini aniqlash; 
-
aniqlangan bilimlarni tizimlashtirish; 
-
aniqlangan bilimlarni amaliyotda qo`llash yo`nalishlari va shakllarini 
yaratish. 
Fan -
ijtimoiy mehnat taqsimotining natijasidir. 
Ilm-fan
- bu insoniyat madaniyatidagi eng qadimgi komponentlardandir. Bu 
ko`p qirrali boy inson bilimlari dunyosi bo`lib, insonga yashashga va dunyoning 
barcha ma`naviy va moddiy boyliklaridan foydalanishga imkon beradi. 
Bu soha quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

ilmiy tushunchalar, postulatlar va aksiomalar, ilmiy qonunlar, nazariyalar va 
farazlar, empirik ilmiy dalillar, uslublar, usullar va tadqiqot yo’llari tarzidag`i 
uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini; 

bilimlarning mazkur tizimlarini yaratish va rivojlantirishga yo’naltirilgan 
insonlarning` ilmiy faoliyatini va ijodini; 

insonlar ijodini ilmiy mehnat ob`ektlari, vositalari va ilmiy faoliyat sharoitlari 
bilan ta`minlovchi muassasani. 



Fan bilan san`at, din, axloq o`rtasida muayyan munosabat mavjud. Fan ob`ektiv 
voqelikni o`rganadi va baholaydi, mushohada qiladi. San`at bilan axloq “fan”ga 
ijobiy yondoshuvchi tarmoqdir.
Fan ma`naviy madaniyatimizning muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Talabalarga fan tushunchasi mohiyatini etkazish ancha mushkul. Ko’p sonli
ta`riflarga ega bo’lgan fan uch asosiy shakl-shamoyilda namoyon bo’ladi. 
U yo
faoliyat shakli, yo muayyan fanga doir bilimlar tizimi yoki majmui, yo ijtimoiy institut 
sifatida tushuniladi.
“Fan” atamasi ilmiy bilishning alohida sohalarini belgilash uchun ham 
qo`llaniladi. Masalan, matematika fani, fizika fani va h.k. Bunda quyidagi fanlarni 
ajratish mumkin: 
1)
tabiiy fanlar va matematika (fizika, kimyo, geografiya, mexanika, 
biologiya, geologiya, ekologiya va b.); 
2)
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (filologiya, filosofiya, tarix, 
politologiya, 
jurnalistika, 
psixologiya, 
sotsiologiya, 
iqtisodshunoslik, 
madaniyatshunoslik va b.); 
3)
texnik fanlar (qurilish, arxitektura, elektronika, metallurgiya, 
radiotexnika, elektrtexnika, avtomatik boshqarish va b.); 
4)
qishloq xo`jalik fanlari (agroinjeneriya, o`rmon ishi, agronomiya, 
zootexnika, vetenariya va b.). 
J.Bernal fan tushunchasiga amalda ta`rif berish mumkin emasligini qayd
etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi yo’llarni belg`ilaydi. 
Shunday qilib, fan: 
1) institut
1

2) metod; 
3) ilmiy an`analarning` shakllanishi; 
4) ishlab chiqarishning` rivojlanish omili; 
1
Институт (лат. 
institutum
«установление, обычай, учреждение») —
термин, употребляемый для обозначения 
определённого класса организаций и общественных явлений.



5) e`tiqodlar va insonning` dunyoga munosabatini shakllantiruvchi eng 
kuchli omil sifatida namoyon bo’ladi 
 «Amerika etimologik lug’ati»
da fanga «
tabiiy hodisalarni kuzatish, 
tasniflash, tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini
ko’rsatish vositasi
» deb ta`rif berilgan. Bu ta`rif asosan amaliy xususiyat kasb 
etadi. 
 E.Agatstsi
fan «
ob`ektlar haqidagi fikr-mulohazalarning oddiy majmui 
sifatida emas, balki ob`ektlarning muayyan sohasi haqidagi nazariya sifatida
» 
qaralishi lozimligini qayd etadi.
Fan jamiyatdagi jarayonlarni ijtimoiy tartibga solish omili sifatida amal 
qiladi. Fanni olimlar hamjamiyati rivojlantiradi. Shu sababli fan muayyan ijtimoiy 
va kasbiy tashkilotga, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga ega bo’ladi. 
Xulosa qilib, Birinchi Prezidentimiz 
 
I.A.Karimov ta`biri bilan aytganda: 
"
Bugunda fan - jamiyatni rivojlantirishini oldinga harakatlanruvchi kuchdir

chunki 
fanniig o`zi ham, o`sib rivojlanib boruvchi bir sistemadir”. 
 

Download 460,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish