www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
Hazrati Jabroil farishta Muhammad alayhissalomga shu oyatni keltirganlarida u kishi qo‘rqib ketdilar,
dahshatga tushdilar. Men o‘zimdan ketib qoldimmi, degan xavotir bilan titrab-qaqshab uylariga
keldilar. "Meni o‘rab qo‘yinglar", dedilar.
Shunda Rasulullohga birinchi iymon keltirgan zot u kishining ayollari — Xadicha onamiz
bo‘ldilar. Bu zoti sharifa o‘sha zahotiyoq o‘zining nasroniy ulamolardan bo‘lgan bir amakisiga
Muhammad alayhissalomni olib bordilar va bo‘lgan voqeani bayon qilib berdilar. U kishi esa: "Sen
Ollohning payg‘ambari bo‘libsan, senga vahiy kelibdi. Lekin o‘zingning qarindosh-urug‘laring, yoru
do‘stlaring bu gaplaringai eshitgach, senga dushman bo‘lib qolishadi. Seni hatto o‘z vataningdan
quvg‘in qilishlari bor. Afsus, men qarib qoldim, bo‘lmasa yoningda yordamchi bo‘lar edim", deydi
payg‘ambarga. Shunda payg‘ambar alayhissalom bu kishining gaplariga ishonqiramay: "Mening
kimligimni yaxshi bilgan qavmim nega menga dushmanga aylansin?" deganlarida, "Sen qiladigan
da’vatni bular hazm qilolmaydilar. Seni yolg‘onchiga, sehrgarga, majnunga iqaradilar. Senga ko‘p
aziyatlar yetkazadilar. Mana shunday holat Seni kutyapti", degan edi o‘sha olim.
Mana shundan keyin 23 yil mobaynida butun insoniyat uchun to Qiyomat o‘zgarmaydigan Ilohiy
dasturilamal bo‘lgan Qur’oni Karim Rasulullohga nozil bo‘ldi. Qur’on oyatlari avval 13 yil Makkai
Mukarramada va keyin 10 yil Madinai Munavvarada nozil bo‘ldi. Bu orada insonlarning dillarida
paydo bo‘lgan har qanday savollarga javobni, masalalarning yechimini Olloh o‘z kalomi bilan aytib
bordi. Va yana Oxirat diyoridagi hodisotlar xususida ham xabar berdi.
Qur’oni Karimning mo‘‘jizaligi shundaki, 23 yil davomida nozil bo‘lgan bu Ilohiy kitobning
avvalgi oyati bilan oxirgi oyati bir mazmunni tashkil qiladi. Oyatlar bir-biriga zid emas, balki, shu
qadar bir-birini to‘ldirib kelganki, ular Haq Ollohning kalomi ekaniga darhol iymon keltirasiz.
Agar bu Kitob inson tomonidan yozilgan bo‘lganida edi, u holda 23 yil davomida so‘z ham, uslub
ham — xullas, hamma narsa o‘zgarib ketgan bo‘lur edi. Lekin, Ollohning kalomi mukammal kalom
bo‘lgani uchun boshi bilan oxiri lafzda ham, ma’noda ham shu qadar muvofiq-munosibdir. Darhaqiqat,
Rasulullohga ko‘p ozorlar bo‘ldi. Hatgo o‘z Vatanlaridan ketishga majbur bo‘ldilar. Madinai
Munavvaraga hijrat kdpdilar. U kishining mushriklardan ozor-aziyatlar chekishlariga faqat birgina
sabab bor edi. U ham bo‘lsa Muhammad alayhissalom "La ilaha illalloh" der edilar va boshqalarga
ham shunday deyishni buyurar edilar.
Hazrat Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning Sizlar sig‘inayotgan butlar Xudo emas, ularning
foydasi ham, ziyoni ham yo‘q. Yolg‘iz Olloh bor. Ollohdan boshqa Xudo yo‘q, degan so‘zlarini
mushriklar hazm qilolmas edilar. Ular Muhammad alayhissalomga dushman bo‘lib qoldilar. Hatto
amakisi Abu Tolibga Makkaning zodagonlari kelib, ey Abu Tolib, jiyaningta aytgin, agar unga pul ke-
rak bo‘lsa, biz boyonlar shu qadar ko‘p pul to‘plab beraylikki, Muhammad oramizda eng boy odam
bo‘lsin, agar mansab kerak bo‘lsa, o‘zimizga rahbar qilib saylaylik, agar shuhrat kerak bo‘lsa,
shuhratini har tarafga yoyaylik. Faqat bizning xudolarimizni so‘kmasin, butlarimizga, sanamlarimizga
til tekkizmasin, deb iltimos qilishganida va bu gapni Abu Tolib Rasulullohga aytganlarida, u kishi
haqiqiy payg‘ambarona javob berdilar: "Ey amaki, — dedilar, — bular menga yer yuzidagi dunyoni,
saltanatni tavsiya qilayotgan ekanlar, bu xech narsa emas. Agar ular Osmondagi quyoshni o‘ng
yelkamga, oyni chap yelkamga qo‘yib berganlarida xam "La ilaha illalloh" dan qaytmasman. Chunki
bu mening vazifam, men o‘ylab topgan narsa emas balki menga Ollohdan kelgan vahiydir". Hazrati
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam mana shunday deb, o‘zlari ham yo‘llaridan adashmay,
ummatlarini ham adashtirmay, Kalomullohni to‘laligicha Insoniyatga yetkazib, o‘z vazifalarini ado
qildilar.
—
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom
—
Insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan u zotning
Komil Inson bo‘lganligi haqida hikoya qiluvchi ba’zi holatlarni aytib bersangiz...
— Bunday do‘stu dushman, musulmonu kofir tan olmay iloji yo‘q holatlar behisob. U kishi
keltirgan Kitob — Qur’oni Karim o‘zgarmay turibdi; O‘zlari vafot etganlariga 1400 yildan ortgan
Alouddin Mansur. Imomi A’zam — buyuk imomimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |