chaqirishi lozim. Tizim aniqlangan funktsiyalarni bajarib bo`lgandan so`ng yana
mеnyu holatiga qaytadi.
Dasturiy tartibda tеgishli buyruqlar kiritiladi, dasturlar
qayta ishlanadi va
bajarishga chaqiriladi. Bu holda MBBT intеrpritator tartibida ishlaydi va
foydalanuvchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi.
MBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan bir
qatorda quyidagilar ham qo`yiladi:
- tilning to`liq bo`lishi;
- vazifalarni bajarish uchun tеgishli vositalarning bo`lishi;
- aniqlangan ma`lumotlarni to`liq qayta ishlash va boshqalar.
Dasturlash tillari bir qator bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratiladi.
o`zgaruvchanlik;
jarayonlilik;foydalanilayotgan matеmatik apparat va boshqalar
MBBT dagi dasturlar tеgishli bo`yruqlarning to`plamidan tashkil topadi.
Yechilayotgan masalalarning
qiyinligiga qarab, dasturlar oddiy yoki murakkab
tuzilishiga ega bo`ladi. Oddiy tuzilishga ega bo`lgan dasturlarda buyruqlar kеtma-
kеt joylashadi. Murakkab tuzilishli dasturlarda esa buyruqlar modullar holatida,
ya`ni asosiy modul va quyi dasturlar to`plamidan iborat bo`ladi. Ma`lumotlar
bazasini hosil qilishda modullik tamoyilidan foydalanish qulay va samaralidir.
Relyatsion MB munosabatlarida strukturali va semantic axborotlar
saqlanishi mumkin. Strukturaviy axborotlarni
biz munosabat sxemalar
yordamida bilamiz. Semantik axborotlar esa munosabat sxemalarda ma’lum bo`lgan
va hisobga olinadigan va atributlar o`rtasidagi funksional bog‘lanishlar bilan
ifodalanadi. MBdagi munosabatlarda atributlarni tarkibi 2 quyidagi talabga javob
berishi kerak.
1 Atributlar o`rtasida noxush funksional bog`lanishlar bo`lmasligi kerak.
2 Atributlar guruxlanishi ma’lumotlar takrorlanishidan eng kam holatining
taxlillash kerak va ular qayta ishlash va tiklashni qiyinchiliksiz amalga
oshirilishi kerak.
3 Qo`yilgan MB munosabatlari normallashadi. Munosabatlar normalashtirish
MB da berilgan munosabatlarni dekompozitsiya (ajratish)
jarayoni yordamida
sodda va kichik munosabatlar hosil qilishdir. Har bir munosabatda kortejlar
identifikator kalitiga ega bo‘lishi kerak. Kalit quyidagi ikkita xossaga ega bo‘lishi
kerak:
1 Kartej kalit qiymati bilan bir qiymatli ifodalanishi kerak;
2 Kalitda ortiqchalik bo‘lmasligi kerak. Bu degani hech qanday atributni
kalitdan olib tashlash mumkin emas.
Relyatsion MB da axborotlarni ortiqchaligini normallashtirish yo‘li bilan
kamaytiriladi. Jadvallar ustida har xil amallar bajarish mumkin. Bu amallarni
tartiblab ishlab chiqqan odam Kodd. Amallarga quyidagilar kiradi:
To‘plamlar ustida birlashtirish, kesishuv, ayirma, dekart ko‘paytma va
bo‘lish amallari kiradi.
Maxsus relyatsion amallar, ularga: proeksiya, birlashtirish, ajratish
(tanlab olish) amallari kiradi.
Munosabatlar ustida amalni bajarish uchun ishlatiladigan tillarni ikki sinfga
ajratishimiz mumkin:
a)
Relyatsion algebra tillari;
b) Relyatsion hisoblash tillari.
Munosabatlar o‘z mazmuniga qarab ikki sinfga ajratiladi:
a) Ob’ektli munosabatlar;
b) Bog‘lanuvchi munosabatlar;
Ob’ektli munosabatlarda ob’ektlar haqidagi munosabatlar saqlanadi.
Masalan, talaba munosabati. Bog‘lanish munosabatlarida asosan, ob’ektli
munosabatlarning
kalitlari saqlanadi. Kalit atributlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Agar
kalit ikkita va undan ortiq atribu tdan tashkil topgan bo‘lsa, murakkab hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: