Aholi rivojlanishi esa, o‘z maqsadida uning ham miqdoriy, ham sifatiy jihatlarini o‘zgarib
borishida namoyon bo‘ladi. Aholining miqdoriy rivojlanishi deganda ma‘lum davrda, ma‘lum hudud
aholisi yoki millatining son jihatidan o‘zgarib borshi tushiniladi. Aholining
sifatiy rivojlanishi esa,
asosan uning salomatligi, o‘rtacha umr ko‘rishi, bilim darajasi va ma‘lum tarbiya olishi komilligida o‘z
ifodasini topadi. Aholi rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo‘lib, u o‘z ichiga
asosan oilani, oila muhitini olar edi. Keyinchlik sanoat asta-sekin rivojlanib borishi natijasida
mehnatga tayyorlashda maxsus bilimlar, maxsus faoliyat zarur bo‘lib qoldi. Bu zarurat davlatda ta‘lim
tizimini yanada rivojlantirishda, yoshlarga maxsus bilim berib, kasb-hunar o‘rgatishga ehtiyoj yaratdi.
Natijada davlatimizda ta‘lim tizimi tashkil topdi va rivojlandi. Hozirgi davrda O‘zbekistonda aholi
siyosatining asosiy maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil etishdan iboratdir. Aholining sifatiy
rivojlanishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-aholi salomatligining holati, bolalar va onalar o’limi o’rtacha umr davri;
-aholining ta’lim darajasi va uning tarkibi;
-aholining kasb-hunarga tayyorlik darajasi;
-aholining ijtimoiy
tarkibi va ijtimoiy
mobilligi;
-aholining urbanizasiyalshganligi;
-aholining hududiy harakati;
-aholining ma’naviy madaniy qadriyatlari va ularni saqlash, e’zozlash.
Respublikada aholi siyosati o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘g‘inlardan tashkil topgan.
Ushbu bo‘g‘inlarga demografik siyosat,
aholi migratsiyasi, urbanizatsiya va bandlik siyosatlarini
kiritish mumkin.
Demografik siyosat aholi siyosatini uzviy qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi aholini miqdoriy
rivojlanishi bosqichlaridan iboratdir. Demografik siyosatning asosiy ob‘ekti aholining takror barpo
bo‘lish jarayoni hisoblanadi. Demografik siyosat orqali kutilgan, istalgan aholi takror barpo turiga
erishiladi. Ma‘lumki aholi takror barpo bo‘lishi tug‘ilish, o‘lim, nikoh,
ajralish kabi demografik
jarayonlar bilan bevosita bog‘liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat yo‘li bilan jamiyat tomonidan
boshqarilishi ham demografik siyosat vaziyatlaridandir. Jamiyat taraqqiyotiga nazar tashlasak,
demografik jarayonlarni, ayniqsa tug‘ilish, nikohni jamiyat tomonidan boshqarilganligini guvohi
bo‘lamiz. Hatto bu haqida eng qadimgi olimlar Aflotun va Arastu asarlarida ham uchraydi. Qadimgi
Rimda tug‘ilish va nikohni ozod insonlar o‘rtasida qo‘llab – quvvatlovchi qonunlar qabul qilingan.
Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq qonunlar yaratilganki,
ularda nikoh,
cheklanmagan tug‘ilish va katta oilalar aholini muntazam ko‘payib borishi omili sifatida himoya
qilingan, qo‘llab–quvvatlangan. Evropada kapitalistik ishlab chiqarish usulini rivojlanishi esa
demografik jarayonlarda yangi muammolarni, yo‘nalishlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Sanoatni
rivojlanishini shahar
turmushi tarzini kengayishi, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishi
tufayli, oilada farzandga bo‘lgan talab kamaydi. Ko‘p bolali ayollarda, kapitalistik ishlab chiqarish
sharoitida qator iqtisodiy muammolar vujudga keldi, natijada tug‘ilish o‘z-o‘zidan kamaya boshladi.
Kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlangan Fransiya va boshqa Evropa davlatlarida tug‘ilish 19
asrning birinchi o‘n yilligidan boshlab kamaya bordi. Ushbu davlatlarda 20 asirga kelib aholini ta‘biy
o‘sishi nihoyatda kamayib ketdi.
Aholi takror barpo bo‘lishi kengaygan turdan qisqargan turga o‘tdi.
Natijada bu davlatlarda
aholini qarishi ―Demografik qarish‖ jarayoni sodir bo‘ldi. Bu ham davlat tomonidan maxsus
demografik siyosat olib borishni taqozo etdi. 1946-yilda Fransiyada tug‘ilishni ko‘tarish orqali aholi
miqdori ko‘payishiga erishish maqsadida oilalarga birinchi va ikkinchi ayniqsa uchinchi
farzandlarining tug‘ilishida alohida nafaqa ajratildi. 1960-1970-yillarda tug‘ilishni ko‘tarish
maqsadidan demografik siyosat boshqa rivojlangan davlatlarda ham olib borildi. Lekin ushbu
davlatlardagi siyosiy mulkchilik shakli tug‘ilishni ko‘paytirish uchun
hamma chora tadbirlarni
qo‘llashda ba‘zi muammolarni keltirib chiqarar edi .
Shu bois Evropadagi rivojlangan davlatlarda tug‘ilish darajasini ko‘tarib, optimal, normal holga
keltirish juda mushkul bo‘lmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarda esa, aksincha 1960-1990-yillarda
tug‘ilishning yuqori darajada turganligini va o‘lim hollarining keskin kamayganligi natijasida
aholining tabiiy o‘sishi juda yuqori darajada bo‘ldi. Natijada Osiyo, Afrika va janubiy Amerikada
joylashgan qator rivojlanayotgan davlatlarda aholi soni birdan ko‘payib ketdi.
Bu holni demograf
mutaxassislar ―Demografik portlash‖ deb atadilar. Ushbu davlatlarda iqtisodiy imkoniyati cheklangan,
holda aholisining bunday tez ko‘payishi tug‘ilishini cheklashga majbur etdi. Natijada rivojlanayotgan
davlatlarga davlat tomonidan ―oilani rejalashtirish‖ ya‘ni ―tug‘ilishini nazorat etish‖ borasida
demografik siyosat olib boriladi masalan, Xitoyda bir oilaga bir bola siyosati olib boriladi.
Bizga ma‘lumki, demografik siyosat-muayyan davlatda aholi sonini me‘yor darajasida tartibga
solish uchun («Oilani rejalashtirish» ya‘ni «tug‘ilishni nazorat etish»), davlat tomonidan olib
boriladigan siyosat bo‘lib, bu siyosat iqtisodiy, ma‘muriy-huquqiy, ijtimoiy-psixologik yo‘nalishlarda
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: