Demografiy a


Demografik siyosat o’tkazish usullari. Mintaqaviy demografik siyosatlar



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Demografik siyosat o’tkazish usullari. Mintaqaviy demografik siyosatlar. 
Demografik 
siyosat o‘tkazish uslublarini shartli ravishda uch yo‘nalishga ajratish mumkin: 
-
Iqtisodiy; 
-
Ma’muriy-huquqiy; 
-
Ijtimoiy-psixologik
(tarbiyaviy);
Iqtisodiy uslub asosan tug‘ilish darajasi pasayib ketgan aholi takror barpo bo‘lishi, aholi 
ko‘payishini ta‘minlay olmagan hollarda qo‘llaniladi. Bu uslubda davlat tomonidan homilador 
ayollarga (ma‘lum davrda) u farzand ko‘rgandan keyin va farzandi 2-9 yoshga etgunga qadar maxsus 
nafaqalar ajratiladi, birinchi, ikkinchi, uchunchi farzandlarga iqtisodiy yordam beriladi. Ko‘p bolali 
oilalarga ham iqtisodiy yordamlar berib boriladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi yosh bolasi bor ayollarga ish joylaridan bazi bir 
imtiyozlar beriladi, ularga ham farzandlarini tarbiyalab, ham ijtimoiy faoliyatlarini davom ettirish 
uchun sharoit yaratiladi shiningdek bazi davlatlarda kam ta‘minlangan oilalarga ham iqtisodiy yordam 
ajratiladi. 
Tug‘ilishni ko‘tarish borasida olib boriladigan iqtisodiy uslubni yana biri nikohga kirgan yosh 
oilalarni turar joy bilan ta‘minlsh borasida davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar. Shuningdek
bolalar kiyimlari oziq-ovqatlarini arzon narxda sotish maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatining 
sifatini yaxshilash bolalar va onalar salomatligini davlat tomonidan muhofaza etilishi aholiga maishiy 
xizmat ko‘rsatish kabilar ham aholi takror barpo bo‘lishiga ijobiy ta‘sir etuvchi iqtisodiy omillar 
hisoblanadi.
Ma‘muriy-huquqiy uslubga aholi takror barpo bo‘lishi, oilalar tashkil topishiga turli qonunlar 
orqali ta‘sir ko‘rsatish kiradi. Masalan, abort (homilani sun‘iy yo‘l bilan yo‘q qilish) larni qonun bilan 
man etilishi, nikoh yoshlarini ko‘tarilishi, aholi migrasion harakatini cheklash, yoki rivojlantirish oila 
buzilganda, er va xotin ajrashganda ona va bola huquqlarni qonuniy himoyasi, bolani ota-ona oldidagi 
burchini qonuniy belgilash, homilador ayolni ishga qabul qilishda, yoki ishdan bo‘shatishda ular 
huquqlarini qonuniy himoyasi, nafaqa ajratishda bolalar sonini hisobga olish kabi jarayonlardir.
Ijtimoiy-psixologik uslub, yoki aholini ―demografik tarbiyalash‖. Aholini demografik 
tarbiyalashda avvalo yosh avlodda oilaga, oilada kutilayotgan farzandlar soniga bo‘lgan munosabatini 
davlat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotiga, aholi salomatligiga mos ravishda shakillantirish lozim. Bunda 
oila asosiy tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi. Shuning uchun ham ota-onalarning ―demografik savodliligi‖ 
ga katta etibor berilmog‘i lozim. Demografik tarbiyaning yana bir muhim o‘chog‘i ommaviy axborot 
orqali demografik mayliga ta‘sir etish mumkin. Demografik siyosat ijtimoiy–iqtisodiy siyosatning 
ajralmas qismi bo‘lmog‘i lozim. Shundagina aholini ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlarini aks ettirgan holda 
rivojlanib boradi. 
Mintaqaviy demografik siyosatlar.
Ma‘lumki, aholi takror barpo bo‘lishi tug‘ilish, o‘lim, nikoq, 


ajralish kabi demografik jarayonlar bilan bevosita bog‘liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat yo‘li 
bilan jamiyat tomonidan boshqarilishi ham demografik siyosatni vazifalaridandir. Jamiyat 
taraqqiyotiga nazar tashlasak, demografik jarayonlarni, ayniqsa tug‘ilish, nikoqni jamiyat tomonidan 
boshqarilganligini guvoqi bo‘lamiz. Xatto bu xaqida eng qadimgi olimlar Aflotun va Arastu asarlarida 
ham uchraydi. Qadimgi Rimda tug‘ilish va nikoqni ozod insonlar o‘rtasida qo‘llab-quvvatlovchi, 
qonunlar qabul qilingan. Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq qonunlar 
yaratilganki, ularda nikoq, cheklanmagan tug‘ilish va katta oilalar hisoblanadi muntazam ko‘payib 
borishini omili sifatida qimoya qilingan, qo‘llab-quvvatlangan. Kapitalistik ishlab chiqarish usulini 
rivojlanishi esa demografik jarayonlarda yangi muammolarni, yo‘nalishlarni kelib chiqishiga sabab 
bo‘ldi. Kapitalizmda sanoatni rivojlanishi Shahar turmush tarzini kengayishi, ayollarni ijtimoiy ishlab 
chiqarishda ishtirok etishi tufayli, oilada farzandga bo‘lgan talab kamaydi. Ko‘p bolali oilalarda, 
kapitialistik ishlab chiqarish sharoitida qator iqtisodiy muammolar vujudga keldi. Natijada, tug‘ilish 
o‘z-o‘zidan kamaya boshladi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlangan Frantsiya va boshqa 
Yevropa davlatlarida tug‘ilish 19 asrning birinchi o‘n yilligidan boshlab kamaya bordi. Ushbu 
davlatlarda 20 asrga kelib hisoblanadi tabiiy o‘sishi niqoyatda kamayib ketdi. Aholi takror barpo 
bo‘lishi kengaygan turdan, qisqargan turga o‘tdi. Natijada bu davlatlarda hisoblanadi qarish-ya‘ni 
«Demografik qarish» jarayoni sodir bo‘ldi. Bu hol davlat tomonidan maxsus demografik siyosat olib 
borishni taqozo etdi. 1946 yilda Frantsiyada tug‘ilishni ko‘tarish orqali aholi miqdoriy ko‘payishiga 
erishish maqsadida oilalarga birinchi va ikkinchi, ayniqsa uchinchi farzandlarining tug‘ilishida aloqida 
nafaqa ajratildi. 1960-1970 yillarda tug‘ilishni ko‘tarish maqsadidagi demografik siyosat boshqa 
rivojlangan kapitalistik davlatlarda ham olib borildi. Lekin ushbu davlatlardagi xususiy mulkchilik 
formasi tug‘ilishni ko‘paytirish uchun hamma chora-tadbirlarni qo‘llashda ba‘zi muammolarni keltirib 
chiqarar edi. SHu bois Yevropadagi rivojlangan davlatlarda tug‘ilish darajasini ko‘tarib, optimal, 
normal holga keltirish juda mushkul bo‘lmoqda.
Rivojlanayotgan davlatlarda esa, aksincha 1960-1970 yillarda tug‘ilishning yug‘ori darajada 
turganligi va o‘lim hollarining keskin kamayganligi natijasida Aholining tabiiy o‘sishi juda yuqori 
darajada bo‘ldi. Natijada Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikada joylashgan qator rivojlanayotgan 
davlatlarda aholi soni birdan ko‘payib ketdi. Bu holni demograf muttaxassislar «demografik portlash», 
deb atadilar. Ushbu davlatlarda iqtisodiy imkoniyati cheklangan holda aholisining bunday tez 
ko‘payishi, tug‘ilishni cheklashga majbur etdi. Natijada ushbu davlatlarda davlat tomonidan «Oilani 
rejalashtirish» ya‘ni «tug‘ilishni nazorat etish» borasida demografik siyosat olib borildi. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish