Demografiy a


Tug’ilish, o’lim jarayonlarida olib borilayotgan siyosat



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Tug’ilish, o’lim jarayonlarida olib borilayotgan siyosat. 
Planetamizda tug‘ilishning 
territoriyalar bo‘ylab bunday farq qilishi, avvalo u davlat aholisining moddiy va madaniy turmush 
darajasiga, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda bandligiga, hamda shu davlat xalqining asrlar 
davomida shakllanib, saqlanib kelayotgan milliy urf-odatlariga, qolaversa diniga bog‘liqdir. Bulardan 
tashqari, tug‘ilishga Aholining jins va yosh bo‘yicha taqsimlanishi, nikoxdan o‘tish va ajralish 
ko‘rsatkichlari kabi qator demografik omillar, psixologik omillar, tibbiyot rivojlanishi, hamda qar bir 
davlat tomonidan olib borilayotgan demografik siyosat ham ta‘sir qiladi.
 
Yuqorida qayd etilganidek, keyingi 20-25 yil ichida dunyoning deyarli hamma qismida
tug‘ilishning kamayib borishi kuzatilmoqda. 
1970-1999 yillar davomida tug‘ilishning eng tez kamayishi Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri keladi 
(shu davr ichida 1,6 marta kamaygan). Uning sabablariga bir nazar solib ko‘raylik-chi. Asosiy 
sabablardan biri Shahar aholisining o‘sishi bo‘lgan. Masalan, AQSh va Kanadada Shahar aholisining 
1950-1999 yillarda 64%dan 75-79%gacha o‘sgan. Bundan tashqari, tug‘ilishning kamayishiga 
ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda, yollanma ishlarda qatnashishi ham sabab bo‘lgan. Masalan, 
Kanadada 1931 yil moddiy ishlab chiqarishda qatnashuvchi Aholining 17% ayollar bo‘lgan bo‘lsa, 
1980-1999 yillarda esa bu ko‘rsatkich 40%dan oshib ketdi. Shimoliy Amerikada tug‘ilishning
kamayishiga olib kelgan muqim sabablardan yana biri ajralishning nikoqdan ko‘pligidir. Qozirgi 
davrda AQShda qar yili qayd etilgan nikoqlarning 50%ga yaqini buzilganligi ma‘lum. Tabiiy xolki, 
nikoqning qisqa vaqt davom etishi oilada bola sonining o‘z-o‘zidan kamayishiga olib keladi. Bundan 
tashqari, SHimoliy Amerikada ishsizlar sonining tobora ortib borishi, ertangi kunga ishonchsizlik bilan 
qarash kabi xususiyatlari ham tug‘ilishni kamaytiradi.
Ba‘zi joylarda davlat tomonidan olib borilayotgan tug‘ilishni cheklashga qaratilgan demografik 
siyosat ham tug‘ilishning kamayishiga olib kelmoqda. Buni Xorijiy Osiyoning eng yirik davlatlari – 


Xitoy va Hindiston misolida ko‘rishimiz mumkin. 
Xitoyda oiladagi bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan. 1970 yillardan boshlab 
aholi o‘rtasida tug‘ilishni kamaytirish uchun qator tadbirlar qo‘llana boshladi. Natijada, Xitoyda 
tug‘ilish keskin kamaydi. BMT ma‘lumotlariga qaraganda, 1970-1974 yil qar bir ayol o‘zining farzand 
ko‘rish davrida o‘rtacha 4,8 farzand ko‘rgan bo‘lsa, 1986-1990 yillarda –2,1 , 1999 yili 1,8 tadan 
farzand ko‘rishgan. 
Hindistonda ham tug‘ilish davlat tomonidan nazorat qilinadi. Oilada bolalar sonini cheklash
davlat dasturiga kiritilgan. Bu masala yuzasidan bir qancha tashkilotlar maxsus tadqiqot olib boradilar. 
Ular jumlasiga oilani rejalashtirish asotsiatsiyasi, Hindiston tibbiyot assotsiatsiyasi, Hindiston Qizil 
yarim oy jamiyati kabi tashkilotlar kiradi. 
Hindistonda tug‘ilishning kamayishiga aholi savodlilik darajasining oshishi ham ta‘sir 
etmoqda. Masalan, 1971 yili Hindiston aholisining 29,4% savodli edi. Qozirgi davrda 40% dan 
yuqori aholi savodlidir.
Tug‘ilishni nazorat qilish, hamda xalqning savodi darajasini ko‘tarish, tibbiyotni rivojlantirish 
natijasida Hindiston davlati tug‘ilishni ancha kamaytirishga erishgan. Masalan, 1970-1999 yillarda qar 
bir ayol o‘z umri davomida ko‘rgan farzandlari soni 5,4 dan 3,4 gacha kamaydi. 
Ma‘lumki, Xorijiy Osiyo aholisining 70% dan ko‘prog‘ini Xitoy va Hindiston aholisi tashkil 
etadi. Shuning Xitoy va Hindistonda tug‘ilishning nisbatan kamayishi butun Xorijiy Osiyo bo‘yicha 
tug‘ilish ko‘rsatkichiga ta‘sir qildi. 1970-1999 yillarda tug‘ilish Xorijiy Osiyoda deyarli 2 barobar 
kamaydi.
Ana shu davrda tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti Xorijiy Yevropa 2,1 dan 1,4 ga, Avstraliya 
va Okeaniyada 3,1 dan 2,4 ga, Afrikada 6,5 dan 5,4 ga kamaygan.
Tug‘ilishning ana shunday kamayib borishi, Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Maldova
davlatlarida ham kuzatiladi. 1970 yilda tug‘ilishning umumiy kofitsienti Rossiyada 14,6%
0

Ukrainada-15,2%
0
; Belorussiyada 16,2%
0
va Moldovada –19, %

bo‘lgan. 1999 yilda esa bu 
ko‘rsatkich mos ravishda Rossiya, Belorusiya va Ukrainada 9%
0
ni, Moldovada esa 13%
0
tashkil etdi. 
Boltiqbo‘yi, Zakavkaziya va Markaziy Osiyo resublikalarida ham keyingi 30-40 yil ichida tug‘ilish 
keskin kamayganligini guvoxi bo‘lamiz. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish