O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi


Har bir fanning asosi – maishiy tajriba



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

Har bir fanning asosi – maishiy tajriba
. Masalan, fizika jismlarning harakati va pastga tushishi, 
yorug‘lik va tovush, issiqlik va yana ko‘plab boshqalar haqidagi bilimlarga tayanadi. Falsafa, iqtisod, 
jamiyatshunoslik va, albatta, psixologiya ham o‘z boshlang‘ich manbalarini kundalik hayotdan oladilar, 
chunki har birimiz bitta ham adabiyotni o‘qimay turib v a oliygohning psixologiya fakultetida tahsil 
olmasdan inson psixologiyasining ba’zi tomonlarini tushuntirib bera olamiz deb hisoblaymiz. 
Kundalik maishiy bilimlar aniq bo‘lib, haqiqiy vaziyatlarga bog‘liqdir, ilmiy psixologiya esa asosli 
umumlashtirishga intilgani uchun nazariy tushunchalardan foydalanadi va tekshirilgan ma’lumotlarga 
tayanadi. Ular ichki fahm xususiyatiga ega bo‘lgani uchun amaliy ruhshunoslarning ko‘pchiligini ayollar 
tashkil etadi. Ilmiy psixologik bilimlar umumlashtirilgan,maqsadga muvofiq va anglangan bilimlardir. 
Kundalik maishiy bilimlar chegaralangan bo‘lgani uchun qiyinchilik bilan o‘tkaziladi, ilmiy 
psixologik bilimlar esa to‘planadi va o‘tkaziladi, shuning uchun doimo kengayib boraveradi. 
Maishiy psixologiyada bilimlarga ega bo‘lish metodi sifatida kuzatish va mulohaza yuritish 
qo‘llaniladi. Ilmiy psixologiyada ularga tajriba metodi ham qo‘shiladi. 
Ilmiy psixologiyaning afzalligi shundan iboratki, u keng, turli-tuman, noyob ma’lumotlarga egadir. 
Ular to‘planib, psixologiya fanining maxsus sohalarida, deylik, yosh yoki muhandislik psixologiyasida 
o‘rganiladi. Ularga biror bir shaxsning alohida o‘zi egalik qilolmaydi. 
Insonning xarakterini o’rganuvchi psixologiya fanini fizika, kimyo, botanika, zoologiya, 
astronomiya va matematika kabi boshqa positive fanlar bilan bir qatorga qo’ya olishimiz mumkinmi ? 
Javob salbiy. Bu fanlarni bir biriga taqqoslasak, psixologiya unchalik ham rivojlangan fan emasligini 
bilamiz. Shunisi aniqki, bu organizim hususiyatlarini o’rganuvchi xarakterik fandir. Bu o’zgaruvchi va 
aniq bashorat qilib bo’lmaydigan xarakterdir. Bu fanni o’rganuvchi metodlar ham tabiy fanlardagidek 
aniq va obyektiv emas. Boshqa tomondan, fizik va kimyoviy reaksiyalarni o’rganuvchi tabiy fanlarda 
o’rganish jarayoni va tabiy moddalar tuzulishidan kelib chiqib aniq ma’lumotlar aytish mumkin. Natijada 
shuni aytishimiz mumkinki, psixologik xarakterlar faniga qaraganda tabiy fanlar yanayam aniqrod va 
obyektivdir. 
Shunday qilib, psixologiyani fizik va tabiy fanlar bilan bir qatorga qo’yish unchalik to’g’ri ish 
emas. Psixologiya texnikalari va obyektiv va imkoni boricha aniq bo’lishga intilishi juda kuchliligiga 
qaramasdan o’z o’rnini va fan sifatidagi obro’sini topa olmayabdi. Bu fan bir o’zi rivojlangandan ko’ra 
positive fanlar sifatida rivojlanishi uning uchun yanada yengillik tug’dirardi. 
Biz psixologiyani tuzilishi va hususiyatlarini o’rgangan holda bu fanni 
rivojlanishdagi xarakterni 
o’rganuvchi positive 
fan deb aytishimiz mumkin
1
Ilmiy psixologiyani to‘liq o‘rganilgan va mubolag‘asiz yaxlit bir fan deb bo‘lmasligi ayni 
haqiqatdir, chunki bu sifatlar asosiy masalalar bo‘yicha muntazam ravishda munozaralar yuzaga 
keladigan, yangi maktablar yo‘nalishlar paydo bo‘ladigan, olingan bilimlar qaytadan tekshirib 
chiqiladigan va aniq haqiqatlar rad etiladigan fanning tabiatiga zid bo‘lib hisoblanadi. 
«Psixologiya» atamasi ikki yunoncha 
so‘zdan kelib chiqadi: «psyuxe» – jon, ruh va 
«logos» – ta’limot, so‘z. 
1
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y.5 p 



Bir necha yuz yilliklar davomida psixologiya tomonidan o‘rganiladigan hodisalar umumiy «ruh», 
tushunchasi bilan belgilanib, falsafa fani bir bo‘limining predmeti bo‘lib hisoblanar edi. «Psixologiya, 
aniqrog‘i «psixe» so‘zining kelib chiqishini tushuntirib berish uchun yunon afsonalariga murojaat 
qilamiz. Afroditaning o‘g‘li (lotin an’analarida – Veneraning) Erot (Amur), go‘zal Psixeyani sevib 
qoladi. Lekin Afrodita camo ma’budi bo‘lgan o‘g‘lining o‘z qismatini oddiy qiz bilan bog‘lamoqchi 
ekanligidan norozi bo‘lib, Psixeyani qator sinovlardan o‘tishga majbur qilgan holda sevishganlarni bir-
biridan judo qilishga urinar edi. Ammo Psixeyaning muhabbati shunday kuchli, Erot bilan uchrashishga 
intilishi esa shunchalik yuksak ediki, bundan barcha ma’budlar kuchli ta’sirlanib, unga Afroditaning 
barcha talablarini bajarishga ko‘mak berishga rozi bo‘ldilar. Erot, ham o‘z navbatida, Zevsni Psixeyani 
ma’budaga aylantirish uchun ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada Psixeya abadiylikka erishdi, va ular 
birlashdilar. YUnonlar uchun bu afsona haqiqiy sevgining, inson ruhi yuksak ro‘yobining mumtoz 
namunasi edi. SHuning uchun, Psixeya – abadiylikka erishgan oddiy qiz, o‘z mukammaligini izlovchi 
ruhning timsoli bo‘lib qoldi.[2] 

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish