Yer usti transport tizimlari


 Kombaynning texnologik ish jarayoni



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/217
Sana01.02.2022
Hajmi7,23 Mb.
#422381
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   217
Bog'liq
traktor va qishloq xojalik mashinalari konstruksiyasi

17.3 Kombaynning texnologik ish jarayoni 
Motovilo 3 parragi poyalar to‘plamini o‘rish apparati 2 ga engashtirib keltiradi 
va qirqish vaqtida ularni suyab turadi. Keyin, shu parrakning o‘zi o‘rilgan poyalarni 
o‘rgich tubiga yotishiga yordam beradi. O‘rgich shnegi 4 chetdagi poyalarni o‘rtaga 
to‘plab, ularni qiya transportyor 5 ga etkazib beradi. Transportyor esa, o‘rilgan 
g‘allani yanchish apparatiga uzatadi. Transpotyordagi moslama poyalar bilan 
aralashib kelayotgan toshlarni ajratib olib qoladi. 
Transportyor uzatayotgan g‘allani rotor 8 ni uchidagi vintsimon kurakcha 7 lar 
qobiq ichiga tortib kiritadi va rotor bilan panjarasimon taglik 26 orasidagi tirqish 23 


161 
ga siljitadi. Ayla-nayotgan rotor tishlari 9 g‘allani panja-rasimon taglikning ko‘p 
qirrali yuzasi bo‘ylab katta tezlik bilan sudrab o‘tadi. Taglik tirqishi 24 dan chiqqan 
g‘alla rotor tishlari joylashgan vintga teskari vint bo‘ylab qoburg‘alar o‘rnatilgan 
bo‘lib ularga boshoq zarb bilan urilganida, donning ajralib chiqishi kuchayadi. SHu 
bilan birga yanchilayotgan g‘allaning qobiq 6 bo‘ylab siljishi sekinlashib donni to‘liq 
ajratib olishga imkoniyat tug‘iladi. Tishlar ta’sirida yanchilayotgan massa rotor bilan 
birgalikda qobiq ichida bir necha marta aylanib takroran panjarasimon taglik ustidan
sudrab o‘tiladi. Natijada, yanchilayotgan g‘allaga mazkur apparatning ta’sir yo‘li va 
vaqti oddiy apparatlarga nisbatan bir necha marta ko‘p bo‘ladi. SHu sababli
rotorning zarb berish tezligini minimal, baraban va taglik orasidagi tirqishni esa
maksimal o‘rnatib, donlarni shikastlantirmasdan boshoqlardan to‘liq ajratib olish 
imkonini yaratish mumkin. 
YAnchilayotgan g‘alla rotorli barabanning birinchi yarmidan o‘tgandayoq 
ulardagi don deyarli to‘liq boshoqdan ajralib ulguradi. SHu sababli, rotorning 
ikkinchi yarmida yanchish o‘rniga somon elanadi don va boshoq qoldiqlari ajratib 
olinadi. Bu jarayon oddiy kombayndagi somonelagich ishi o‘rnini bosadi. Rotor va 
qobiq oralig‘idan maydalanib chiqayotgan somon, buyurtmachining xohishiga qarab 
maydalanib erga sochilishi yoki somonto‘plagichda yig‘ilishi mumkin. Qobiqdagi 
teshiklardan pastga tushgan don va mayda aralashmalar shnek yordamida tozalash 
qismiga, uning yuqori (chori) g‘alviri ustiga etkazib beradi. Tebranib-titranib 
harakatlanayotgan bu g‘alvir ko‘zlaridan toza don bilan birgalikda mayda 
aralashmalar pastki (don) g‘alviri 20 ga tushadi va elanadi. G‘alvirlar ostidan 
yuqoriga qarab uzluksiz ta’sir qilayotgan kuchli havo oqimi 22 ta’sirida engil va 
puch aralashmalarni orqa tomonga uchirib olib ketadi va natijada don tozalanadi. 
Tozalangan sof don pastki g‘alvir 20 ko‘zlaridan o‘tib, don shnegi 21 ga to‘planib 
tushadi. SHnek esa uni don elevatoriga, so‘ngra bunkerga eltadi. G‘alvir ko‘zlaridan 
o‘ta olmagan yirik va og‘ir boshoqlar yuqori g‘alvir 18 uzaytirgichidan boshoq 
shnegi 19 ga, so‘ng boshoq elevatori yordamida takroriy yanchish uchun rotor ustiga 
tashlanadi. 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish