Yer usti transport tizimlari



Download 7,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/217
Sana01.02.2022
Hajmi7,23 Mb.
#422381
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   217
Bog'liq
traktor va qishloq xojalik mashinalari konstruksiyasi

 
 
 
 
 


158 
17-MAVZU:
Don kombaynlari. Paxta terish mashinalari. 
 
Reja: 
1.G‘alla kombaynlari turlari 
2. G‘alla kombaynlarning texnik tavsiflari 
3. Kombaynning texnologik ish jarayoni 
4.
 
Paxta hosilini yig‘ishtirish texnologiyasi 
5.
 
Paxta hosilini yig‘ishtiradigin mashina turlari 
 
17.1
 
 G‘alla kombaynlari turlari 
G‘alla hosilini yig‘ishtirib olishda «Keys», «Klass-Mega» va DON-1500B
Rossiya 
kombaynlaridan foydalanilmoqda

 
 
 
 
KEYS-2166 G‘ALLA KOMBAYNI 
 
 
KLASS-MEGA G‘ALLA KOMBAYNI 
 
 
 
 
 
 
 
 


159 
DON-1500B
G‘ALLA KOMBAYNI
 
 
17.2 G‘alla kombaynlarning texnik tavsiflari 
 
 
G‘ALLA KOMBAYNLARIGA QO‘YILGAN AGROTEXNIK TALABLAR 
 

kombayn jatkasidagi don nobudgarchiligi, % 
ko‘pi bilan………………………………………………………………0,5 

kombayn orqasidagi erga to‘kilgan don miqdori, %, 
ko‘pi bilan………………………………………………………………1,5 

bunkerdagi donning shikastlanganlik darajasi, %
ko‘pi bilan……………………………………………………………….2 

bunkerdagi donning tozaligi, %,
eng kamida……………………………………………………………….95
 
G‘ALLA KOMBAYNINING TEXNOLOGIK ISH JARAYONI 
Ekinlarini bo‘lgich 2 o‘rgich 1 ga ajratib beradi. O‘rgich motovilosi 3 ning 
parraklari poyalarni to‘plab o‘rish apparatiga engashtirib beradi, g‘alla poyalarini 
o‘rish apparatining segmentlari o‘rgandan so‘ng, ular o‘rgich tubiga tushadi. O‘rilgan 
g‘allani shnek kurakchalari 4 yordamida ikki chetdan o‘rtaga surib, to‘plab, 
moslanuvchan transprortyor 5 ga uzatadi.
Transportyor esa, g‘allani qabul biteri 6 ga etkazadi. Biter g‘allani yanchish 
apparatining barabani 7 bilan uning tagligi (deka) orasidagi tirqishga uzatib beradi. 


160 
Baraban g‘allani katta tezlikda tor tirqishdan siqilgan holda olib o‘tayotib, 
taglik 25 ustida in-tensiv sidirib yanchadi. Natijada donning 80-85% i boshoqlardan 
ajralib, aralashma holda taglik teshiklaridan o‘tib don aralashmasi suruvchi transport 
taxtasi 24 ga tushadi. 
YAnchilgan somon don qoldiqlari bilan birgalikda baraban tagidan otilib 
chiqayotib qaytaruvchi biter 11 ga uriladi, natijada don qoldiqlarining bir qismi 
ajratib olinadi. Somonelagich 14 ning somonni silkitishi hisobiga don va boshoq 
qoldiqlarining qolgan qismi elanib ajraladi va pastga, don transport taxtasi 24 ga 
tushadi. Tozalangan somon, somon to‘plagich 16 ga zichlanib to‘planadi. 
Transport taxtasining ilgarilanma-qaytarma harakati natijasida uning ustiga 
tushgan don aralashmasi g‘alvirlar 19,20 ga surib keltiriladi. Transport taxtasining 
taroqsimon qismi don va chorini ustki g‘alvir sirtining birinchi yarmiga bir tekis 
taqsimlab tushiradi. Ustki va pastki g‘alvirlar 19,20 donni elash uchun tebranma 
harakat qiladi. Ustki g‘alvirning ko‘zlaridan don va mayda xascho‘plar pastga 
tushadi, chorining yirigi ustki g‘alvirning uzaytirgichida qo‘shimcha elanadi va 
undan boshoqlar ajratib olinib pastga, boshoqlar shnegi 18 ga tushiriladi. Bu shnek 
boshoqlarni kombaynning chap chetiga surib, boshoqlar elevatori (ko‘targichi) 12 ga 
yo‘naltiradi. Elevator boshoqlarni qayta yanchish uchun qaytaruvchi biter 11 ning 
ustiga eltadi. Pastki va ustki g‘alvirlar ustidagi chorining engil bo‘laklari pastdan 
yuqoriga ventilyator 23 ning havo oqimi ta’sirida uchirilib, somon to‘plagich 16 ga 
etkaziladi. Pastki g‘alvirdan tushgan, don elevator yordamida don bunkeri 8 ga 
tushadi. Bunker to‘lgach undagi don maxsus shnek 9 yordamida transport vositasiga 
ortiladi. 

Download 7,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish