Bog'liq traktor va qishloq xojalik mashinalari konstruksiyasi
1- to‘siq; yordamchi pichoq; 3- pichoq; 4- qaytargich 5- quvur; 6- rotor(baraban). GP-14 KO‘NDALANG XASKASH
- pichanzorda quritilgan pichanni to‘plash,
yangi o‘rilgan o‘tlarni bevosita kosilkalar ketidan uyumlash uchun mo‘ljallangan.
Xaskash rama, xaskash apparati, yurish qismini avtomatik ko‘tarish mexanzmlaridan
iborat.
GVK-6 G‘ILDIRAK BARMOQLI XASKASH-UYUMLAGICH- pichan-
zordagi o‘tlarni to‘zitish, uyumlash va uyumlarni ag‘darishga mo‘ljallangan.
Xaskashning ish organi barmoqli g‘ildirak-kegaylar bilan birlashtirilgan halqa va
to‘g‘indan tuzilgan.
PS-1,6 PRESS-PODBORSHCHIKLAR -uyumdagi pichan (poxol) larni yig‘ib
olishga, yig‘ib olingan pichanni presslab toylashga mo‘ljallangan.Press-podborshchik
1,6 m li yig‘ish qurilmasiga ega bo‘lib, uyumlangan pichan massasi
1 kg/m gacha
bo‘lganini yig‘ib presslaydi. Toyni bog‘lash uchun diametri
2 mm li po‘lat sim
ishlatiladi.
1 tonna pichanni bog‘lash uchun
7-8 kg sim sarflanadi.