www.ziyouz.com
кутубхонаси
17
olishga qurbimiz yetadi. Mahalla-ko‘y aralashib Nazokatni olib kelishdi. Lekin u ikki oy o‘tmayoq, yana
janjal chiqardi. Yana mashmasha, yana po‘pisalar, pand-nasihatlar... Ammo Nazokatning ko‘zi
ochilmadi. Ajralishga ariza berdi. Abrorning «Bolani tirik yetim qilmaylik», degan iltijolari ham
qulog‘iga kirmadi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Abror qayta uylandi. Nazokat hamon ishlayapti, o‘g‘li
bog‘chaga qatnayapti. Ehtimol turmushi yaxshi ham bo‘lar. Lekin o‘g‘li-chi? Endi u kimni dada, deydi,
qachongacha uning «uzoq safardan qaytishini» intizorlik bilan kutadi? Axir u ulg‘ayadi, hamma
narsani tushunib oladi. Unda kimni ayblaydi? Hayotga, oilaga yengiltaklik bilan qaragan, hamma
narsani o‘z rohatidan ustun qo‘ygan onasinimi yoki oilasi uchun qat’iyat, tadbirkorlik ko‘rsata olmagan
otasinimi? Mana bitta oila buzilib ketdi. Agar kelinimiz bir gapdan qolganida, uydagilar bilan murosa
qilish yo‘llarini axtarganida, yoshi ulug‘ qaynonasini hurmat qilib, xizmatini ayamaganida oila
inqirozga uchramas, o‘rtada bola tirik yetim bo‘lmas, er qayta uylanmas edi. Jinday murosasizlikning
bahosi ana shunday qimmat bo‘ldi. Xalqimiz «Oila qurish - nina bilan qasr barpo qilishga teng»,
deydi. Darhaqiqat, oilaning, turmushning, ro‘zg‘orning ming bir mashaqqati, sinovlari bor. Unga
tayyor bo‘lmagan, uylarida erka, tantiq, ishyoqmas bo‘lib o‘sgan qizlarimiz kelin bo‘lgan joylarida
darrov «fosh» bo‘lib qolishadi. O’z kamchilik-nuqsonlarini tugatish, bilmaganlarini o‘rganish, oiladagi
ikki-uch kishining ko‘nglini olish o‘rniga darrov «huquqlarini» talab qilishga, o‘z «hukmronliklarini
o‘rnatishga», bo‘lar-bo‘lmasga mojaro-janjal chiqarishga harakat qiladilar. Bilmaydilarki, turmushga
chiqishning o‘zi baxtlilik, farovonlik asosi emas. Baxt mashaqqat, sabot, qanoat, fidoyilik bilan qo‘lga
kiritiladi. Yaqinda oliy o‘quv dargohlaridan birining talaba qizlari o‘rtasida «Siz qanday yigitga
turmushga chiqishni xohlardingiz?» degan savol bilan so‘rov o‘tkazishibdi. Berilgan javoblarda ular
bo‘lajak erlarining bo‘yi uzun, qomati kelishgan, oqmag‘izdan kelgan, hind kinoartistlariga o‘xshagan,
sevadigan, mard, baquvvat, puldor kabi fazilatlarga ega bo‘lishini istashgan. Ammo javoblar orasida
«Erim aqlli, esli-hushli, odobli, diyonatli, oilaga vafodor, ota-onasiga mehribon bo‘lsin», degan
gaplarni deyarli uchratmaysiz. To‘g‘ri, insonning tashqi qiyofasi, chehrasi ham muhim narsa. Ammo
uning ichki dunyosi, sizga atalgan his-tuyg‘ularining ahamiyati yo‘qmi? Uning oilaga muhabbati, siz va
qaynonangiz o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashdagi iqtidori shart emasmi? Erini faqat tashqi
ko‘rinishiga qarab tanlagan qizlarimiz ertaga tom ma’noda baxtli bo‘la olarmikanlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |