* * *
Mana,
muhtaram kitobxon, oila farog‘ati, xususan, qaynona-kelin muammosi haqida imkoniyat
qadar so‘z yuritdik, donolarning pand-nasihatlaridan voqif etdik. To‘g‘ri, birgina bu
risola oila,
qaynona-kelin munosabatlaridagi barcha savollarga javob beradi, degan fikrdan yiroqmiz.
Yuqorida
o‘qiganlaringiz sizlarga oilangizni farog‘at qasriga aylantirishga, sodir bo‘lib
turadigan mojaro-
janjallardan chetlanishga, oilada totuvlik,
muhabbat, ahillik, oqibat nihollarini o‘stirishga bir oz bo‘lsa-
da ko‘mak bersa, maqsadimizga erishgan bo‘lardik. Iloho, barchalarimizga bir-birimizga mehr-oqibatli,
rahm-shafqatli bo‘lish, oilalarimizda tinchlik-xotirjamlik va totuvlik oshyon
qurishiga erishish nasib
etsin, Haq taolo O’zining hidoyat yo‘lidan adashtirmasin. Omin, yo Robbal olamiyn!