e-qaror.gov.uz
22.01.2022
52
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga resurslarni tejovchi va innovatsion
texnologiyalarni qo‘llashga ko‘maklashadi, qishloq xo‘jaligi ekinlarining istiqbolli, intensiv
hamda serhosil navlarini ekishni tashkil etadi;
innovatsion ishlanmalar, shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga joriy etadi;
agrar sektorga investitsiyalarni jalb etish sohasida xorijiy mamlakatlar bilan
hamkorlikni kengaytirish choralarini ko‘radi;
j) tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini
yetishtirish uchun talab etiladigan mineral o‘g‘itlar miqdorini belgilash, qishloq xo‘jaligi
ekinlarini kasallik va zararkunanda hasharotlardan himoya qilish sohasida:
har bir tumandagi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining tuproq unumdorligi va
belgilanadigan ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun
talab etiladigan mineral o‘g‘itlar, o‘sishni boshqaruvchi vositalar va kimyoviy preparatlar
miqdorini belgilaydi;
mutasaddi tashkilotlar tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini oziqlantirish uchun
mineral o‘g‘itlar, o‘sishni boshqaruvchi vositalar va o‘simliklarni himoya qiluvchi zarur
kimyoviy preparatlar bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘radi;
mavjud biolaboratoriyalarning to‘la quvvat bilan ishlashini tashkil etadi, qishloq
xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi birinchi navbatda biologik va kimyoviy kurashish
tadbirlarini tashkil etadi;
z) o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, o‘rmon xo‘jaliklarida mahsulot
yetishtirish hajmlarini oshirish sohasida:
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-
ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanishi bo‘yicha
hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda o‘rmon
xo‘jaliklarida davlat o‘rmon fondining madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish,
rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun berilgan uchastkalarida o‘rmonlarni va
tabiiy landshaftlarni saqlash, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya
qilish sharti bilan bu uchastkalarni obodonlashtirish tadbirlarini tashkil etadi;
o‘rmonlarning davlat hisobi va davlat o‘rmon kadastri yuritilishini ta’minlaydi;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy
ko‘paytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
o‘rmonlar holatiga zarar yetkazilgan hollarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish va tugatish to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda hududdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |