e-qaror.gov.uz
22.01.2022
54
oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar
faoliyati monitoringini olib boradi, qishloq aholisini talab etiladigan oziq-ovqat tovarlari bilan
ta’minlash va pulli xizmatlar ko‘rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va ijrosini ta’minlaydi;
hudud aholisini qish-bahor davrida uzluksiz ta’minlash uchun oziq-ovqat
mahsulotlarining asosiy turlarini zaxiraga g‘amlash bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar
ijrosini tashkil etadi;
hududda omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovitish kameralarini qurish,
mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hisobiga meva-sabzavot mahsulotlarini
saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi;
dehqon bozorlari faoliyatini tartibga solish choralarini ko‘radi;
hudud aholisini, shu jumladan qish-bahor oylarida borish qiyin bo‘lgan olis va cho‘l
zonalarida yashaydigan aholiga, shuningdek, ijtimoiy soha muassasalariga oziq-ovqat
mahsulotlari ishonchli va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga
oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining bajarilishi yuzasidan
nazoratni ta’minlaydi;
hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari
bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari
hamda «yo‘l xaritalari» loyihalarining tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;
hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni ta’minlash borasida tegishli vazirliklar,
idoralar, qo‘mitalar va xo‘jalik birlashmalarining hududiy tuzilmalari rahbarlari faoliyatini
muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
islohotlarning samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy materiallar
tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tashkil etadi;
qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tegishli
vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar, xo‘jalik birlashmalari hududiy tuzilmalarining aniq
ko‘rsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
tegishli vazirliklar, idoralar, qo‘mitalar, xo‘jalik birlashmalarning hududiy tuzilmalari
rahbarlari, tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga
yuklangan vazifalar hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning
mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘radi;
tegishli tuman komissiyalariga (kengashlar, guruhlarga) rahbarlik qiladi, tuman hokimi
ishtirokidagi komissiyalar (kengashlar, guruhlar) ishini tashkil etadi, qishloq va suv xo‘jaligi
sohasidagi tuman komissiyalari qarorlari ijro etilishini ta’minlaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |