e-qaror.gov.uz
22.01.2022
35
eksport zaxiralarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;
hududiy korxonalarga eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha savdo-sanoat
ko‘rgazmalari, yarmarkalar, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok
etishda ko‘maklashadi, shunday tadbirlarni hududda tashkil etadi va o‘tkazadi;
eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, tijorat banklarining
eksportoldi kreditlari bo‘yicha kompensatsiya taqdim etishni tashkillashtiradi va
muvofiqlashtiradi;
v) ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va innovatsion
rivojlanishni ta’minlash sohasida:
hududda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va innovatsion
rivojlanishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi, ilm-fan, innovatsion faoliyat va
ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytiradi;
hududda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish asosida
hududning ilmiy salohiyatini va innovatsion rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni
amalga oshiradi;
innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish,
innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan hamkorlikda hududni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda innovatsiyalar va ilg‘or yuqori texnologiyalarni joriy qilish
uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga
oshiradi;
hududning barcha tumanlarida innovatsion faoliyatni yuritish, yangi innovatsion
texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faoliyatni
muvofiqlashtiradi;
ilm-fan sohasini va innovatsion rivojlantirishga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqish,
ularning bajarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish, shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur
investitsiyalarni jalb etadi;
hududda innovatsion infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan ixtisoslashtirilgan
ilmiy-tajriba tashkilotlari, yuqori texnologiyalar markazlari va texnologik parklar faoliyatini
samarali yo‘lga qo‘yishni ta’minlaydi;
yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, yosh olimlarning ilmiy va
innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;
respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari
uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari portfelini shakllantiradi;
d) erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |