e-qaror.gov.uz
22.01.2022
32
Яккабоғ туман ҳокимининг
2021 йил 10 сентябрдаги
418-4-68-Q/21-сон қарорига
9-илова
Tuman hokim o‘rinbosari- investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘ining funksional
vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida»gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining
hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuman hokimining
o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘ining asosiy vazifalari, funksiyalari,
huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda eng muhim samaradorlik
ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
2 . T u m a n h o k i m i n i n g o ‘ r i n b o s a r i o ‘ z f a o l i y a t i d a O ‘ z b e k i s t o n
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga,
viloyat hokimligining hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga, viloyat
hokimlarining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi
faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarining to‘liq va sifatli bajarilishini tashkil
etish uchun viloyat hokimining oldida shaxsan javobgar hamda xalq deputatlari tuman Kengashi
oldida hisobdordir.
4. Tuman hokimining o‘rinbosari tegishlicha tuman hokimiga bo‘ysunadi.
Tuman hokimining o‘rinbosarining o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda hududlarni
rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish bo‘yicha faoliyati viloyat hokimining
investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va
tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Tuman hokimining o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Namunaviy
nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida belgilangan tartibda
baholanadi.
6. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘z vakolati davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan
tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
2-bob. Tuman hokimining o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar tuman hokimining o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, xorijiy
investitsiyalarni jalb etish va samarali o‘zlashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |