e-qaror.gov.uz 22.01.2022 36 mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish sohasida:
hududda erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalaridagi
faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, erkin iqtisodiy zonalarning
ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab bo‘lgan va import o‘rnini bosuvchi yuqori
qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashadi;
sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi
zamonaviy ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, shu jumladan mahalliy xom ashyo va
materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
bo‘yicha hududdagi erkin iqtisodiy zonalarda joylashtirilgan investitsiya loyihalarining amalga
oshirilishi monitoringi olib borilishini va tahlil qilinishini tashkil etadi;
investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar hududida transport,
muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali
foydalanishni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
erkin iqtisodiy zonalarni, hududning mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini
hisobga olgan holda, mahalliy xom ashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini
chuqurlashtirish hamda ulardan foydalanish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab
chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va dasturlarni
shakllantiradi;
erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun
yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqariladigan
mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida qonun hujjatlarini yanada
takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
ye) kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh
zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish sohasida:
kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, mahalliy
tadbirkorlik subyektlarini jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda
samaradorligini tahlil qiladi, kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlariga raqobatbardosh
zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishda ko‘maklashadi;
kichik sanoat zonalarini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mahalliy
investorlarni jalb etishda ko‘maklashadi, zarur infratuzilma obyektlarini rivojlantirish orqali
ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
hududlardagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida va bo‘sh turgan yer
uchastkalarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlari
tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringi olib borilishi va tahlil
qilinishini tashkil etadi;
kichik sanoat zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha