e-qaror.gov.uz
22.01.2022
37
dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga qulay
shart-sharoitlar yaratish maqsadida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish
uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh
zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ta’minlaydi.
Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni amalga
oshiradi:
investitsiya dasturlarini amalga oshirishda, jumladan, hududiy dasturlarni shakllantirish,
xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida hududda davlat boshqaruvi organlari
va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va
preferensiyalar berish, tadbirkorlik subyektlariga eksportda ko‘maklashish sohasida vazirliklar,
idoralar, respublika tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hududning eksport salohiyatini oshirish, hududiy korxonalar mahsulotlarining eksport
hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish bo‘yicha manzilli dasturlar
ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlaydi;
yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, ilm-fan, ta’lim va ishlab
chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish hamda innovatsiyalar va ilg‘or yuqori
texnologiyalarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoit yaratadi;
hududda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mahalliy
investorlarni jalb etishga ko‘maklashish, ularda zarur infratuzilma obyektlarini rivojlantirish
orqali samarali foydalanishni ta’minlaydi;
oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha amaliy tadbirlar rejalarining
(«yo‘l xaritalari») bajarilishini ta’minlaydi va tizimli nazoratini olib boradi;
investitsiyalar, eksport va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, xususiylashtirilgan
korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalarida sayyor (ochiq)
majlislarni tizimli o‘tkazadi.
3-bob. Tuman hokimining o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Tuman hokimining o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish
uchun quyidagi huquqlarga ega:
ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan
materiallar hamda ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa organlar va
tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar
rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish, vakolati doirasiga kiruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |