e-qaror.gov.uz
22.01.2022
3
Яккабоғ туман ҳокимининг
2021 йил 10 сентябрдаги
418-4-68-Q/21-сон қарорига
1-илова
Tuman hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha
birinchi o‘rinbosarining funksional vazifalari hamda faoliyatining
eng muhim samaradorlik
ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM,
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati
to‘g‘risida»gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining
hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq viloyatlar va Toshkent
shahar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha
birinchi o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda — tuman hokimining birinchi o‘rinbosari)ning vazifalari,
funksiyalari, huquqlari, shaxsiy mas’uliyati, vakolati va javobgarligi hamda faoliyatining eng
muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
2. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘z faoliyatida O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlariga,
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlariga, viloyat hokimining qarorlari va farmoyishlariga,
shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga amal qiladi.
3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalardagi
faoliyatining samaradorligi va natijadorligi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligining hujjatlari va topshiriqlarini to‘liq va sifatli
bajarilishini tashkil etish uchun viloyat hokimining oldida
shaxsan javobgar hamda xalq
deputatlari tuman Kengashi oldida hisobdordir.
4. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, tuman hokimiga bo‘ysunadi.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining o‘ziga biriktirilgan tarmoq va sohalarda
hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish bo‘yicha faoliyati viloyat hokimining
moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-iqtisodiy
taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i tomonidan muvofiqlashtiriladi.
5. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyati natijadorligi ushbu Namunaviy
nizomga ilovaga muvofiq eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi.
2-bob. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining asosiy
vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash;
hududlarda «mahallabay» ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy
tadbirkorlikni
rivojlantirish;