e-qaror.gov.uz 22.01.2022 6 mahalliy budjetning har yilgi prognoz parametrlari asoslangan holda ishlab chiqilishini
ta’minlaydi;
ishlab chiqilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning samarali ijrosini tashkil qiladi;
debitor-kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni
amalga oshiradi, qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etadi;
g) iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat
banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini
doimiy nazorat va tahlil qiladi, ular faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli choralarni
belgilaydi va ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;
bank tizimi va moliyaviy infratuzilmani yanada isloh qilish, umumiy qabul qilingan
xalqaro normalar, standartlar hamda baholash ko‘rsatkichlariga muvofiq ularning barqarorligini
oshirish va yanada yuqori darajaga chiqishini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish
ishlarini muvofiqlashtiradi;
aholini tadbirkorlikka faol jalb qilish maqsadida ular bilan tijorat banklarining hududiy
tuzilmalari o‘rtasida tizimli muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va
moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va
so‘zsiz amalga oshirish choralarini ko‘radi;
moliyaviy va sug‘urta xizmatlarining hajmlari, turlarini kengaytirish hamda sifatini
oshirishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini kompleks tahlil qiladi;
d) soliq-budjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mahalliy budjetlarning
daromad bazasini mustahkamlash, «xufiyona iqtisodiyot»ni kamaytirish choralarini ko‘rish
sohasida:
hududlar bo‘yicha respublika budjeti va mahalliy budjetga belgilangan soliq tushumlari
bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishini ta’minlaydi;
«xufiyona iqtisodiyot»ni qisqartirish, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan
fuqarolarni hamda xususiy sektorda norasmiy bandlikni legallashtirish orqali budjet tushumlarini
oshirish choralarini ko‘radi;
hududning tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqib budjet
tushumlarini ko‘paytirish yo‘nalishlarini ishlab chiqish, budjetga qo‘shimcha tushum tushirish
manbalarini izlab topish choralarini ko‘radi;
tegishli budjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil etadi hamda
muvofiqlashtirib boradi;
tuman mahalliy budjetlari loyihalari tegishlicha xalq deputatlari tuman Kengashiga
ko‘rib chiqish va qabul qilish uchun taqdim etilishini ta’minlaydi;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z