e-qaror.gov.uz
22.01.2022
9
zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga to‘lovlarni o‘z vaqtida
amalga oshirishning yangi mexanizmi va tizimini joriy qiladi;
yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish
orqali ularning turmush darajasini va sifatini oshirish choralarini ko‘radi.
Shuningdek, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari quyidagi qo‘shimcha funksiyalarni
amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda
Hukumatning hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlaydi;
iqtisodiyot va tadbirkorlik yo‘nalishlarida islohotlarni ta’minlash borasida amalga
oshirilayotgan ishlar samaradorligini tahlil qilib boradi, ularning natijalari bo‘yicha tahliliy
materiallar tayyorlanishi va hokimlik yig‘ilishlarida muhokama qilib borilishini tizimli asosda
ta’minlaydi;
hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanish,
ularga investitsiyalarni keng jalb etgan holda davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav
kapitalidagi davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko‘radi;
tuman hokimining birinchi o‘rinbosariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning
samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish
choralarini ko‘radi hamda yil yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini baholab boradi;
tegishli komissiyalarga (kengashlar, guruhlar) samarali rahbarlik qiladi, komissiyalar
(kengashlar) faoliyatini tashkil etadi va qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
belgilangan tartibda o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
3-bob. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni
bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hududni iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasida kompleks rivojlantirish bo‘yicha
qarorlar, dasturlar va «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;
hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan mahalliy budjetning har yilgi
prognoz parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini doimiy tahlil qilib borish, mavjud muammolarni
hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;
iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat
banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;
vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari, tuman va shaharlar
hokimliklarining iqtisodiy-ijtimoiy hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;
Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |