e-qaror.gov.uz 22.01.2022 10 vaqtida tushishi, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish
borasida tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini
ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun tegishli resurslar
bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning o‘z faoliyatini boshlashlari uchun belgilangan
tartibda bank kreditlarini olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi
muammolarini hal etish yuzasidan choralar belgilash va ijrosini nazorat qilish.
11. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari ushbu Namunaviy nizomning 8 va 9-
bandlarida o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning tegishli ravishda va samarali
bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy
ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni,
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro
etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi
to‘g‘risida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son hamda «Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo
yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida» 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-son qarorlari shuningdek,
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini
mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 12-son qaroriga muvofiq
ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
4-bob. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari faoliyatini tashkil etish
12. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarlari ishlari O‘zbekiston Respublikasining
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, shuningdek, ushbu Namunaviy nizomga muvofiq,
tuman hokimining choraklik va yarim yillik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ushbu ish rejalari asosida tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining oylik shaxsiy ish
rejalari ishlab chiqiladi hamda tuman hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
13. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining hisoboti tuman hokimining tezkor
yig‘ilishlarida har haftada eshitib boriladi.
O ‘ z b e k i s t o n
R e s p u b l i k a s i n i n g
« M a h a l l i y
d a v l a t
h o k i m i y a t i
to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan tuman hokimining birinchi o‘rinbosarining tegishli hisobotlari
xalq deputatlari tuman Kengashi majlisida eshitiladi.