e-qaror.gov.uz
22.01.2022
8
rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatni muhofaza qilish sharoitlarini yaxshilash sohasidagi
qonunchilikni takomillashtirishga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlar, qabul qilingan qonunlar,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda viloyat hokimining faror va
farmoyishlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi;
z) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash sohasida:
qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini
tiklash dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda
ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash choralarini ko‘radi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun ularni tegishli
resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning bank kreditlarini olish, energiya
tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolari yechimi yuzasidan choralar belgilaydi va
ijrosini doimiy nazorat qilib boradi;
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini
takomillashtirish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
«yagona darcha» tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari
ko‘rsatuvchi vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek, davlat organlari bilan tadbirkorlik
subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning
holatini tahlil qilib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hududlardagi Tadbirkorlar murojaatlarini
ko‘rib chiqish qabulxonalariga tushgan murojaatlarni hal etishda tezkor amaliy yordam
ko‘rsatadi;
davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda iqtisodiy,
ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etish choralarini ko‘radi;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning
samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan
tadbirkorlik subyektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
i) aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini
mustahkamlash sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini
ta’minlaydi, ularda qayd qilingan muammolar hal etilishi yuzasidan tegishli choralarni
belgilaydi;
nafaqalar, aholining real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish
choralarini ko‘radi;
Do'stlaringiz bilan baham: |