9.2. Turizm sohasida ovqatlantirish xizmatlarining
turlari va tasnifi
Hozirgi iqtisodiy modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshiri-
layotgan bir paytda iqtisodiyotning asosiy qismini xizmat ko‗rsatish
sohasi korxonalari egallamoqda. Ularning ulushi yalpi ichki mahsu-
lotda, iqtisodiyotda band bo‗lganlarning tarkibida, davlat budjetiga
to‗lanadigan soliqlarda, yangi ish o‗rinlarini yaratish kabi eng muhim
masalalarda muttasil oshib bormoqda va kelajakda ham bu jarayonning
davom etishi huquqiy-me‘yoriy hujjatlar bilan mustahkamlanmoqda.
Shuningdek, xizmat ko‗rsatish sohasi rivojiga umumiy ovqat-
lanish korxonalarining faoliyati ham bevosita ta‘sir qiladi. Umumiy
ovqatlanish korxonalari turli xususiyatlariga ko‗ra tavsiflanadi va
tasniflanadi. Umumiy ovqatlanish sohasi subyektlarini quyidagi 10
ta belgiga ko‗ra tasniflanishi 9.2.1- jadvalda ko‗rsatilgan.
9.2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |