O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


-rasm. Umumiy ovqatlanish korxonalarining turlari



Download 6,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/417
Sana29.01.2022
Hajmi6,69 Mb.
#417563
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   417
Bog'liq
2 5336871798745074121

9.2.1-rasm.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining turlari.
 
32
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli Qarori bilan 
tasdiqlangan «O‗zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab 
chiqarish va sotish qoidalari».
Umumiy ovqatlanish korxonalari 
Restoran
Oshxona
Tamaddixona
Kafe
Bar


152 
Restoran 
– 
o‗z nomiga ega bo‗lgan, iste‘molchilarga murak-
kab usulda tayyorlanadigan yuqori sifatli taomlar, pazandachilik 
mahsulotlarining keng assortimentini hamda ichimliklarni taqdim 
etadigan eng qulay umumiy ovqatlanish korxonasi. Restoran 
taomnomasiga majburiy tartibda porsiyali va firma ovqatlari 
kiritiladi. Xizmat ko‗rsatish dam olish, ovqatlar pishirish va xizmat 
ko‗rsatish bilan uyg‗unlashtirilgan holda, yuqori malakali oshpazlar 
va ofitsiantlar tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy turistlarga xizmat qiladigan restoran ofitsiantlari 
bironta chet tilini bilishi va mehmonlar bilan gaplasha olishi lozim. 
Restoranlar ayrim mijozlargagina xizmat qilish bilan cheklanmaydi. 
Ular davlat miqyosidagi katta anjumanlar, majlislar, konferensiya, 
seminar, rasmiy kechalar, qabul marosimlari, to‗ylar, oila tanta-
nalari, banket, tematik kechalar va boshqalarga xizmat qiladi. Resto-
ranlarda mijozlarga, katta yig‗inlar, kengashlar, konferensiya qat-
nashchilariga taomning to‗la ratsioni beriladi. 
Restoranlar markaziy, odamlar gavjum ko‗chalarda, temir yo‗l, 
vokzallarda, aeroportlar, kemalar to‗xtash joylarida, teploxod, den-
giz kemalarida, suzuvchi dam olish uylarida, shuningdek, stadion, 
shaharlararo hududlarda, ma‘muriy, tomosha maskanlari majmua-
larida, tarixiy va arxitektura yodgorliklari joylashgan yerlarda, 
O‗zbekiston sharoitida katta bozorlar, o‗yingohlar yaqinida ochiladi. 
Ko‗pgina restoranlarda bayram kuni oldidan, shanba va 
yakshanba kunlari milliy taomlar ta‘mini aniqlash (degustatsiya) 
tadbiri o‗tkaziladi. Ba‘zi restoranlar faoliyatida oilaviy ovqatlanish 
tajribasi amalga oshirilmoqda. Xizmatning bu turida maxsus 
taomnoma tuziladi, bunda yosh bolalar hisobga olinadi. 
Lyuks toifadagi restoranda buyurtma va firma taomlaridan 
tashqari, taomnomada yozilmagan taomlarning buyurtmasini ham 
qabul qilish mumkin. Restoranda mahsulotlar assortimentida 
shokolad, konfetlar, ho‗l mevalar va boshqalar bo‗lishi kerak. Lyuks 
va oliy toifadagi restoran vitrinalari turli manzarali badiiy 
materiallar, optik yoritgichlar, rangli diapozitivlar, fotosuratlar bilan 
bezatiladi. Vitrinalar shunday yasatiladiki, unda korxonaning fao-
liyati yaqqol ko‗rinadi, oshxonaning o‗ziga xos xususiyati, mi-
jozlarga ko‗rsatiladigan xizmat majmui aks etadi. 


153 
Oshxonalarda foydalaniladigan matodan qilingan buyumlar –
sochiqlar, dasturxon, salfetkalar, qo‗l sochiqlari zal xususiyatiga 
qarab buyurtma bilan tayyorlanadi. Bu buyumlarning har birida ham 
restoran tamg‗asi bo‗lishi shart. 
Lyuks va oliy toifadagi restoran taomnomasi bosmaxonada 
chop etilishi zarur. Bu restoranlarda xorijiy mehmonlarga xizmat 
qilinadigan bo‗lsa, taomnoma uch tilda: ingliz, fransuz, nemis 
tillarida bosiladi. Taomnomaning firmali jildi, reklama afishalari, 
bukletlar, varaqalar, tabrik va taklif qog‗ozlar va boshqa nashr 
reklamalari zich, qalin qog‗ozlar yoki yaltiroq ishlov berilgan 
kartondan tayyorlanadi. Taomnomaning jildida restoran nomi va 
tamg‗asidan tashqari, restoranning mavzu yo‗nalishini ifodalovchi 
rasm ham bo‗ladi. 
Lyuks toifadagi restoranlarda albatta quyidagi qo‗shimcha 
xizmatlar bo‗lishi shart: bayram taomlari tayyorlash va xizmat 
uyushtirish, uyga ovqat olib borib berish, taom va boshqalarga bu-
yurtmalar qabul qilish, ma‘lum muddatga joyni band qilib qo‗yish, 
mijoz iltimosiga ko‗ra taksi chaqirib berish, gul va sovg‗alar sotish. 
Bundan tashqari, lyuks va oliy toifadagi restoranlarda orkestr 
chiqishiga mo‗ljallangan joy bo‗ladi. Ansambllar, teatr guruhlari 
konsert dasturlari bilan mijozlarning yaxshi dam olishiga sharoit 
yaratiladi. Lyuks toifali restoranlarda yuqori sifatli stereofonik 
radioapparaturadan foydalaniladi, har bir stolda ovozni bir me‘yorda 
tartibga soluvchi dinamiklar bo‗ladi. Restoranlar bir-birlaridan 
quyidagilar bilan farqlanadi: 

tayyorlab beriladigan taomlar assortimenti bo‗yicha (milliy 
taomlar, xorijiy mamlakatlar taomlari); 

o‗rnashgan joyi – shaharda, vokzallarda, mehmonxonada, 
dam olish zonasi, vagon-restoran va boshqalar. 
Restoran zallarida mijozlar uchun qulayliklar yaratish maq-
sadida arxitektura-konstruktiv manzarali elementlar, mebel va bosh-
qa jihozlar o‗rnatish uchun maydonlar barpo etiladi. Restoranlarda 
mebellarning asosiy turlari: ikki, to‗rt, olti kishi sig‗adigan stollar 
(to‗g‗ri burchakli, kvadrat, dumaloq va boshqa shaklda); restoran 
kreslolari, divanlar, ofitsiantlar uchun servantlar, guldonlar, xizmat 
uchun stollar va hokazo. 


154 
Shahar restoranlari shahar ichida joylashgan bo‗ladi, belgilan-
gan ma‘lum soatlardagina ishlaydi. Ular taom, gazaklar, ichimliklar-
ning keng assortimentini tavsiya etadi, asosan tushki va kechki 
ovqatlar tayyorlaydi. 
Vokzal restoranlari – temir yo‗l, aerovokzallarda joylashgan bo‗-
ladi va yo‗lovchilarga kecha-yu kunduz xizmat qiladi. Bu restoranlar 
taomnomasida taomlar, gazak va ichimliklar cheklangan bo‗ladi.
Mehmonxona majmualariga tegishli mehmonxona tarmog‗i 
tarkibiga ikkita restoran – serhasham firma taomi bo‗lgan va kichik, 
taom va ichimliklari bahosi yuqori darajada bo‗lmagan restoranlar 
kiradi. 
Kema restorani turistlar va yo‗lovchilarga xizmat qilishga 
mo‗ljallangan. Bu restoranlarda nonushta, tushlik, kechki ovqat 
tayyorlanadi, ovqat, qandolat mahsulotlari, sovitilgan ichimliklar, 
yo‗l anjomlari sotiladi. Yo‗lovchilarga xizmat qilish ofitsiantlar 
tomonidan amalga oshiriladi.
Vagon-restoranlar uzoq masofalarga qatnovchi temir yo‗l 
poyezdlarida bo‗ladi. Odatda bunday restoranlar bir kecha-kun-
duzdan ortiqroq safarga boruvchi yo‗lovchilar uchun xizmat qiladi. 
Avtosayyohlar uchun restoran – katta yo‗l chorrahalarida, yirik 
avtostansiyalarda joylashadi, sayyohlar bu yerlarda ovqatlanadi, 
hordiq chiqaradi. 
Bar 
– kichkina restoran, ilgari mayxona deb ham ataganlar. 
Keng assortimentda har xil ichimliklar sotiladi. Shu bilan birga, 
barda taomlar, gazaklar, qandolat mahsulotlari ham bo‗lishi mum-
kin. Barlarning vazifasi – bu yerga kiruvchilarga yaxshi xizmat 
ko‗rsatish, shinam jihozlangan, chiroyli joyda ko‗ngildagidek dam 
olish sharoitini yaratish, musiqa, stereofonik ovoz chiqaradigan 
apparat, sanoatkorlar chiqishi, televizor, videoeshittirishlarni tashkil 
qilishdan iborat. Hattoki barda o‗yin avtomatlari va 50 dan ko‗p 
kishiga mo‗ljallangan raqsga tushish maydonchalari ham bo‗lishi 
mumkin. Sotiladigan ichimliklar va mahsulotlar turlariga ko‗ra 
barlar quyidagi turlarga bo‗linadi: pivo barlari, vino, sut-qatiq, 
kokteyl-xoll, kokteyl-barlar. Kokteyl-xoll kokteyl-bardan zalining 
kattaligi, jihozlanishining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. 
Barlar odatda, ma‘muriy-madaniy va savdo markazlarida, 
mikrorayonlarda, restoran, kafe, mehmonxonalar qoshida ochiladi. 


155 
Binolarning tuzilishiga ko‗ra barlar quyidagicha joylashadi: 

vestibyullarda – bu yerda kishilar uchrashadilar, suhbat 
qiladilar; 

restoran barlari – bino ichida, zalda joylashadi; 

yordamchi barlar – mehmonxona qavatlarida joylashadi; 

banket barlari – banket zallarida joylashadi; 

mini-barlar – mehmonxonaning mehmonlar uchun mo‗ljal-
langan xonalarida joylashadi.

Download 6,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish