Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
kelganiga men ham tan berdim. 
Rana Virsal Humoyunning bu achchiq haqiqatni qiynalib aytganini sezdi-yu, unga tasalli 
bergisi keldi. 
— Sherxonning harbiy ustunligi hozir yana ham o‘sgan. Lekin harbiy ustunlik — pulga 
yollanadigan qo‘shin selday tez ko‘payib, yana selday tez tugashi mumkin. Ma’naviy 
ustunlik — har qanday sharoitda ham mard, tanti, insofli bo‘la olish qobiliyati. Bu 
ustunlik daryo suvi kabi buloqlardan, qor suvlaridan, irmoqlardan yig‘ilib, ko‘payadi. 
Ishonamenki, Sherxondagi selday muvaqqat ustunlikdan ko‘ra, sizdagi ma’naviy ustunlik 
daryoday uzoq umr ko‘rgusidir. 
Rana Virsal fors tilini yaxshi bilar, lekin Humoyun uning hurmati uchun ko‘proq hindcha 
tilda gaplashar va mezbonning yaxshiliklarini qanday qilib qaytarishni o‘ylar edi. 
Umarqutning janubida Gujarat, shimolida Sind va shimoli sharqda Rajastxon joylashgan. 
Atrofdagi bu viloyatlarning hammasiga nisbatan bir necha barobar kichik bo‘lgan 
Umarqut — o‘zicha bir mustaqil davlat, qo‘shini ham o‘ziga yarasha oz, Shoh Husayn 
arg‘un Jun daryosi bo‘yidagi Umarqutga qarashli joylarni bosib olib, o‘z mulkiga 
aylantirganiga bir yil bo‘ldi. Ammo bosib olingan qishloqlardagi rajputlar shoh Husayn 
qo‘yib ketgan zolim amaldorlardan bezor bo‘lgan, Rana Virsalga vakillar yuborib, Umar-
qutga qaytadan qo‘shilish istagini bildirishmoqda. Rananing o‘zi ham otameros yerlarni 
bosqinchilardan ozod qilish niyatida ikki mingdan ortiq qo‘shin to‘plagan. 
Humoyun Rana Virsalning shoh Husaynga qarshi yurish qilish niyati borligini eshitdi-yu, 
«biz ham yordamga borsakmikan?» deb beklari bilan maslahat qildi. 
Biroq Humoyunning mingga yaqin navkarlari sahrodan o‘tib kelguncha juda abgor 
bo‘lgan, ko‘plarining ot-ulovi yo‘q, kiyimlari to‘zigan. Umarqutda yegulik narsalar arzon, 
bir rupiyga ikkita qo‘y berar, ammo ulov qimmat, yaxshi otni yuz rupiyga ham olish 
qiyin. Humoyun xazinasida qolgan oltinlarini chamalab ko‘rsa, muhtoj navkarlarga ot 
olib berish va maosh to‘lashga yetmaydi. Xufiyalar unga Turdibekda ikki sandiq oltin 
borligini aytishdi. «Sizning xizmatingizda yurib shuncha boylik orttirgan, siz uning 
oltinini musodara qilib, navkarlarga ulashishga haqlisiz», deganlar ham bo‘ldi. 
Lekin Humoyun o‘ng besh yildan beri o‘z xizmatida yurgan Turdibek Turkistoniyga 
yomonlik qilishni istamas edi. Turdibek dag‘alroq va mumsikroq bo‘lsa ham, shuncha 
yildan beri sadoqat saqlab kelar, Tar sahrosidan o‘tish azobini ham birga kechirgan edi. 
Shuning uchun Humoyun uni xirgohga chaqirib ikki yuz ming rupiy oltin qarz so‘radi. 
Turdibek tezda javob bermay, ajin tushgan peshonasini ishqadi, siyrakkina cho‘qqi 
soqolini ezg‘iladi. 
— Hazratim, axir xazinangiz bor-ku. 
— Xazinaga kon bitsinmi, bek. Agradan chiqqanimizdan beri daromad yo‘q. Nuqul 
sarfladik. Navkarlarga durustroq maosh to‘lashim kerak. Ot qimmat. Yaxshi kunlar kelsa 
qarzingizni ortig‘i bilan qaytargaymen. 
— Ortig‘i bilan? Ya’ni, qancha ortig‘i bilan qaytarursiz? 
Humoyun Turdibekni hazil qilyapti deb, ko‘zlariga qaradi, yo‘q, bekning qalin qovoqlari 
orasidan qarab turgan qo‘ng‘irtob ko‘zlari ham, siyrak mo‘ylovi tagida qimtilib turgan 
labi ham jiddiy edi. 
— Xo‘p, o‘zingiz qancha ortig‘i bilan olishga rozisiz? 
— O‘nga o‘ng ikki. 
Humoyun ikki yuz ming rupiyni ikki yuz-u qirq ming qilib qaytarishini o‘ylaganda 
sudxo‘rlar esiga tushdi. Lekin hali u buncha pulni qaytaradigan bo‘lguncha bir yil 
o‘tadimi, besh yilmi — kim biladi? Turdibek ham ana shuni o‘ylab baland narx qo‘ygan 
edi. 
— Nachora? Mayli, nasib qilsa o‘nni o‘n ikki qilib qaytargaymen... 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish