Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
Bu dunyoda otangizni endi qayta ko‘rolmagaymen. Koshki men ham tezroq jon bersam-
u narigi dunyoga borib, otangizni yana ko‘rsam! 
Bu gaplardan Akbarning ham ko‘ngli buzilib, ko‘zlariga yosh keldi. Onasining musibatini 
yengillatadigan biron chora topmasa, undan ham ayrilib qolishi mumkinligini sezdi. 
Intihosiz xotiralar ichidan Hamida bonu Akbarga otasining ma’naviy olamini 
ko‘rsatadigan eng yorqinlarini saralab hikoya qilib berardi. Tar sahrosi, Qandahor, 
Qazvin... 
— Xudo rahmati Dehlida yetti oshiyonlik bino qurdirmoqchi edilar... Nasib qilmagan 
ekan... 
— Onajon, o‘sha binoni biz qurdirsak-chi? Otamning xotiralariga munosib ulkan 
maqbara... yetti oshiyonlik binoday baland bo‘lsa. 
Bu fikr Hamida bonuning musibat to‘la qalbiga taskin berishini Akbar sezdi. Uning 
kitoblari saqlanadigan sandig‘i ichida Samarqanddagi Amir Temur, Hirotdagi Gavharshod 
begim, G‘aznadagi Mahmud G‘aznaviy, Mashhaddagi Imom Rizo va boshqa eng mashhur 
maqbaralar tasviri to‘plangan muraqqas* bor edi. Akbar kitobdorga buyurib, shu 
muraqqasni toptirdi-yu, onasi bilan birga uni varaqlab ko‘rdi. Qo‘liga qog‘oz, qalam oldi. 
Musavvirlik va me’morlikdan xabari bor, Xo‘ja Abdusamaddan olgan saboqlari yodida. U 
Dehlidagi Mirzo Humoyun maqbarasini qanday tasavvur etishini onasiga chizib ko‘rsatdi. 
Bulutlar bilan bo‘ylashadigan muhtasham gumbaz. Yetti qavat uy balandligidagi 
peshtoqlar... Akbar chizgan rasm hali juda xom bo‘lsa ham, Hamida bonu uning jo‘shqin 
niyatini chiziqlar yordamida ko‘z oldiga keltira boshladi: 
— Bino buncha ulkan bo‘lsa, atrofidagi bog‘i ham o‘ziga yarasha katta bo‘lgani durust. 
Ichkari, tashqi hovlilari, suv jildirab oqadigan ariqlari, qator turgan daraxtlari... 
— Hammasi bo‘lg‘ay, onajon! Ertagayoq Dehlining eng mashhur me’mori mirzo Mirakni 
huzuringizga taklif etgaymiz. 
Akbar onasini g‘am-g‘ussadan alahsitadigan shunday katta ish topilganidan mamnun 
edi. Ertasi kuni ona-bola o‘ltirgan qabulxonaga mirzo Mirak ta’zim qilib kirdi. Alg‘ov-
dalg‘ov zamonlarda qurilishlar taqqa to‘xtagani uchun qo‘lyozmalar ko‘chirib, hattotlik 
qilib kun ko‘radigan mirzo Mirak ko‘p o‘ltirib ishlashdan yelkalari bukchayib qolgan qirq 
besh yoshlardagi kishi edi. 
— Hazrat begim, amirzodam, tangrim meni shunday kunga yetkazgani uchun 
shukronalar ayturmen! Bu yaxshi niyatlaringiz meni tole mujdasidek shod qildi!
Me’mor Akbar chizgan xomaki suratga ko‘z tashlar ekan: 
— Tasanno, amirzodam! — dedi. — Faqat ijozat bo‘lsa bitta mulohazamni aytsam... 
— Marhamat, mavlono. 
— Bu rasmda siz maqbara devorini to‘g‘ri yer yuzasidan ko‘taribsiz. Samarqand-u 
Hirotda shunday qilish mumkin. Chunki u yoqlarda yer osti suvlari uncha yaqin emas. 
Amir Temur dahmasi ham yer ostiga qurilgan. Ammo Dehlida yomg‘irlar ko‘p bo‘lgay, 
yer osti suvlari yuqori ko‘tarilib, dahmaga kirmasin uchun, uni balandroq joyga 
o‘rnatmoq darkor. O‘shanda maqbara sahni yerdan besh-olti gaz baland turgay. 
— Demak, maqbara bundan ham yuksakroq ko‘tarilgay, shundoqmi? — so‘radi begim. 
— Ayni shunday. 
— Qancha baland bo‘lsa shuncha yaxshi, — dedi Akbar. — Dehlining eng ulug‘ obidasi 
shu bo‘lmog‘i kerak! 
— Ammo xarajati ham shunga yarasha behad ulkan bo‘lg‘ay, amirzodam, — dedi 
me’mor. Butun davlat ishlari, shu jumladan, xazinaning ixtiyori ham Bayramxonda 
ekanini u yaxshi bilardi: — Otaliq janoblarining bu rejadan xabarlari bormi? 
Akbar yalt etib onasiga qaradi, Bayramxon hamma ishda o‘ta talabchan bo‘lgani kabi, 
sarf-u xarajatlarni ham qattiq tergab turar, hatto, Akbar va Hamida bonuning kundalik 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish