Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
qaysi bir jihatlari bilan Akbarning hozirgi ahvolini eslata boshladi. Bobosi ham o‘z 
yoshiga nomunosib murakkab ziddiyatlarga duch kelgan, lekin ularning orasidan yo‘l 
topib o‘tib, mana shu Panipatda o‘z qo‘shinidan sakkiz barobar ko‘p yovlarni yengib 
chiqqan ekan. 
Akbar Bayramxonni bobosinnig ustozi Xo‘ja Abdulla o‘rnida ko‘rdi... 
Ertasi kuni Turdibek o‘rmon ichidagi baland bir yalanglikka dafn etilganda Akbar 
marhumning qarindoshlari yonida turib, uning tobutini ko‘tarishdi, keyin Mohim 
enagasining chodiriga kirib, undan ko‘ngil so‘rab chiqdi. Turdibek oladigan kattagina 
ulufa endi uning oilasiga nafaqa tarzida umrbod berib turilishi ko‘pchilik oldida e’lon 
qilindi. 
Akbarning bu ishlari Turdibekning ba’zi qarindoshlarini sal yumshatgan bo‘lsa, ba’zilari, 
aksincha, battar havo boylab, Bayramxonni qotillikda ayblay boshlashdi. Pirmuhammad 
degan bek mashvaratda yana Bayramxonni ayblamoqchi bo‘lganda, Akbar uning so‘zini 
kesdi: 
— Janobi Pirmuhammad, biz Turdibekning avvalgi xizmatlarini tan olurmiz! Ammo 
Turdibek Dehlini boy bergani ustiga yana otalig‘imizni haqorat qilibdir, tig‘ 
yalang‘ochlabdir. Oqibatda, o‘zi halok bo‘lmishdir. Musibat chekdik, dafn etdik. Endi bas! 
Xonbobo biz uchun hazrat otamizdek aziz-u mo‘tabardirlar. 
Akbar o‘z yoshiga yarashmaydigan bu jiddiy so‘zlarni kechasi bilan xayolida o‘ylab 
pishitib kelgan edi. Hayot uni yoshiga nomunosib murakkab ishkalliklarga duch keltirgani 
sari Bayramxondan boshqa suyanadigan tog‘i qolmaganini sezardi. 
— Janob beklar, kimki otalig‘imizning sha’niga yomon so‘z aytsa, bizga qarshi chiqqan 
kabi jazolanur. Yog‘iy yaqin. Shu vaziyatda kimki xonboboning buyrug‘ini bajarmasa, 
bizning buyrug‘imizdan bosh tortgan hisoblanur. Sarkashlik — yog‘iyga yordam berur, 
bizga xiyonat bo‘lur. Xoin esa ayovsiz yosoqqa* yetkazilur. 
Akbarning bu gaplari asosida maxsus qadag‘a* chiqarildi va qarorgohdagi o‘ng besh 
ming bek-u navkarlarning hammasiga o‘qib eshittirildi. 
Shundan keyin Bayramxondan norozi bo‘lib yurganlar ham alamlarini ichlariga yutib, 
uning irodasiga bo‘ysunishga majbur bo‘ldilar. 
Bu orada Odilshoh va Hemu Akbarning qo‘shinidan uch barobar katta lashkar bilan Dehli 
tomondan yaqinlashib kelib qoldi. Hemu fil jangiga juda mohir edi, uning mingdan ortiq 
harbiy fillari jangga kirganda yer larzaga kelardi. 
Umrida ko‘rgan eng xatarli janggi endi bo‘lishini sezgan Akbar tong otmasdan uyg‘onib 
ketdi. Tahorat olib namoz o‘qidi, joynamoz ustida o‘ltirib Alloh-u taolodan najot so‘radi. 
So‘ng sandiqni sekin ochib, uning tubida ipak matoga avaylab o‘ralganicha turgan sehrli 
qilichni oldi. Sohibqiron Amir Temurning bu qilichini otasi Dehlida unga in’om qilganda 
aytgan so‘zlari qulog‘iga qayta eshitilib ketganday bo‘ldi. Akbar qilichni qinidan asta 
sug‘urib, olmos harflar bilan bitilgan «Rosti-rusti» degan yozuvini ixlos bilan o‘par ekan, 
ota-bobolari ruhiga doim sodiq ekanini, ular qurib ketgan ulug‘ davlatni saqlab qolish 
uchun jonini ham ayamasligini dil-dilidan his qildi. 
G‘o‘s nog‘oralar tahdid solib gumburlay boshladi. Burg‘u deb ataladigan ovozi o‘tkir 
karnayning tahlikali chinqirig‘i ostida o‘ng besh ming qo‘shin, to‘rt yuz harbiy fil keng 
maydonda saflandi. 
Oq ot mingan, zerhli kiyim kiygan Akbar beliga Sohibqiron bobosining qilichini taqib 
chiqdi. Bayramxon uzoqdan ko‘zga tashlanadigan chavkar otda. Akbar bilan ikkovi 
saflarni ko‘zdan kechirdilar. So‘ng barcha saflar yaxshi ko‘rinadigan balandlikda otlarini 
to‘xtatdilar. 
— Qadrdon bek-u navkarlar! — deb Bayramxon baland, jarangdor tovush bilan saflarga 
murojaat qildi, she’r o‘qiganda bo‘ladigan bir jo‘shqinlik bilan so‘zlarni dona-dona 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish