Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
talaffuz qilib so‘zlay boshladi: — Biz siz bilan ko‘p janglarni ko‘rganmiz. Bultur Sirhind 
yaqinida o‘zimizdan to‘rt barobar katta qo‘shinini yengib chiqqanmiz. Odilshoh bilan 
Hemuni yengilmas botirlar deb vahima qiluvchilar bor. Ammo men ularning ikkovini ham 
yaxshi bilurmen. Odilshohning asli oti Muborizxon. Men uni Sherxon dargohida asir bo‘lib 
yurganimda ko‘rganmen. Yuzi, qiliqlari menga chiyabo‘rini eslatardi. Keyingi qilgan 
ishlari uning chiyabo‘ridan ham battarroq ekanini ko‘rsatdi. Taxt Islomshohning o‘smir 
o‘g‘li Feruzshohniki edi. Lekin uning noinsof amakisi Muborizxon bu norasida yigitni 
bo‘g‘ib o‘ldirib, uning o‘rniga taxtga chiqdi. Yana uyalmasdan «Odilshoh» degan yangi 
nom oldi. Og‘zi qon bo‘ri beozor ohuning terisini yopinib, Odilshohga aylanganiga 
qarang! 
Saflarda kulgu tovushlari eshitildi. Jangchilarning ruhi ko‘tarilayotganidan ilhomlangan 
Bayramxonning ovozi yanada kuchli jarangladi: 
— Men Hemuni ham ko‘rganmen. Bu puldor odam ocharchilik paytida bozorlarda bor 
donlarni sotib olib omborga bosadi, pulga bug‘doy topilmay qoladi, qahatchilik 
boshlanadi. Ana shunda Hemu omborlaridagi donlarini o‘ng barobar ortiqcha narxda 
sotib, behisob boylik orttiradi. Bu boyliklar uni Odilshohday qotil bilan hamtovoq qiladi. 
Ming-ming odamlarni ochdan o‘ldirib qotillik bilan davron surayotgan bu ikkovi xudoning 
g‘azabiga munosib emasmi? Qani, sizlar, rajput jangchilari aytinglar-chi? — deb 
Bayramxon filbon La’l Chandga yuzlandi. 
— Siz haqsiz, Janobi Xoni xonon! — dedi fil ustida o‘ltirgan La’l Chand. — Hemu menga 
yurtdosh bo‘lsa ham, bugun men unga qarshi jangga chiqmoqchimen. Uning 
Odilshohday nomard odamga xizmat qilishi bejiz emas. Bu noinsof savdogar tufayli 
boshlangan qahatchilikda ming-ming odamlar ochdan o‘lmoqda. Ana shu begunoh
o‘lganlarning qarg‘ishi urgay Hemuni! Jannatmakon Humoyun podshoh hayotligida 
Panjob-u Dehlining aholisiga shimoldan don tashitib, yuz minglab odamlarni ochlik 
changalidan qutqargan edilar. Agar g‘alaba Akbarshohga nasib etsa, otalarining shu 
xayrli ishlarini davom ettirgaylar deb umid qilurmiz! 
— Omin, shu umidingiz ro‘yobga chiqsin! — dedi Akbar. 
Barcha saflardan: 
— Omin Allohu akbar! 
— ...Allohu akbar! — degan tovushlar ketma-ket gulduros solib yangradi. 
Bayramxon bir vaqtlar Bobur Panipatda yaxshi tadbiq etgan to‘lg‘ama usulini 
ishlatmoqchi edi. Faqat Hemu Ibrohim Lodining o‘shandagi achchiq tajribasidan saboq 
olsa, yo‘lni boshqa yoqdan solib, yon tomonlardan o‘tishi mumkinligi uni xavotirlantirdi. 
Yo‘q, umrining ko‘p qismi don savdosi bilan o‘tgan Hemu o‘tmishda bo‘lgan jang 
saboqlaridan mutlaqo bexabar ekan. U ham Ibrohim Lodiga o‘xshab qo‘shinini to‘g‘ridan 
boshlab keldi. O‘zi hammaga ko‘rinadigan tepalikda ulkan qora fil ustida o‘ltirib jangni 
boshqara boshladi. U Akbar va Bayramxon turgan tepalikni allaqachon mo‘ljalga olgan, 
eng zo‘r harbiy fillarini to‘lqin-to‘lqin qilib, ana shu tepalikka tomon jo‘nata boshladi. 
Akbarning nazarida, yov fillari yer tagidan qaynab chiqayotganga o‘xshar, qanchasi 
zambarak o‘qiga uchib, chuqur xandoqlarga qulab yiqilsa, undan ham ko‘prog‘i orqadan 
balo-qazoday bostirib kelardi. 
Bayramxon bilan Akbarning endigi umidi to‘lg‘amaga ajratilgan chavandozlardan va La’l 
Chand boshliq bo‘lgan o‘z filbonlaridan edi. Akbar himoyasida turgan uch yuz zambarak 
va to‘rt yuz harbiy fil Hemu qo‘shinlarining shiddatli hujumini ancha vaqt to‘xtatib turdi. 
Shu fursatdan foydalangan uch ming chavandoz Aliqulixon O‘zbek boshchiligida Hemu 
qo‘shinining ikki qanotini aylanib o‘tdi. Bu qo‘shin safida Qilichxon Andijoniy, 
Chig‘atoyxon Toshkandiy, Iskandarxon Qipchoq, Abdullaxon Barlos kabi eng botir amir 
va navkarlar Hemu turgan tepalikni qo‘riqlayotgan askarlar safini orqa tomondan yorib 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish