Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
xatoyingiz! Ikki ming kishining qoni ham sizning bo‘yningizga tushadir! 
Akbar yoshi otasidan katta ikki mo‘tabar bekning bu janjalini qanday bosishini bilmas 
edi. 
— Amirzodam, adolat qiling! — deb Turdibek yana Akbarga yuzlandi. — Men yog‘iyni o‘z 
ko‘zim bilan ko‘rib kelmoqdamen. Bayramxon janoblari hali uning qanday bir dahshat 
ekanini ko‘rmay turib meni ayblamoqdalar! Axir bu Hemu degan baloyi azimga Ibrohim 
sur qirq ming qo‘shin bilan bas kelolmay yengildi-ku! Amirzodam, biz sizni ham bu ulkan 
xatardan ehtiyot qilmog‘imiz kerak. Yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rmasdan turib Hemuni 
yengib bo‘lmag‘ay! Iloji bo‘lsa, Panjob-u Kobuldan, Qandahor-u G‘aznidan yangi askariy 
kuchlar yig‘ib kelmoq lozim! 
— Qo‘rqqanga qo‘sha ko‘ringay! — deb Bayramxon uning so‘zini kesdi. — Siz bu vahima 
gaplar bilan qo‘shinning kayfiyatini ham buzmoqchimisiz, janob Turdibek? Sizning 
gapingizga kirsak, yana Hindistonni boy berib, Qandahor-u Kobulga qaytib ketgaymizmi? 
— Yo‘q! — dedi Akbar va ikki bekning tortishuvini o‘zi hal qilolmasligini sezib, 
Bayramxondan iltimos qildi: — Xonbobo, durustroq bir joydan qarorgohga o‘rin tanlaylik. 
To‘xtab, kechqurun beklarni mashvaratga chorlaylik. 
Turdibek otiga qayta minib, Akbarning orqarog‘ida bora boshladi. Otaliq huquqi bo‘yicha 
Bayramxon yosh podshohning o‘ng tomonida yurardi. Turdibek Humoyunning yaqin 
maslahatchisi bo‘lgani uchun qarorgohga o‘rin tanlashda Akbarga ham maslahat 
berishga intilib, Jamna bo‘yidagi ko‘kalam adirlarni ko‘rsatdi: 
— Suv yaqin, atrofi ochiq, bag‘ri keng joy, — dedi. 
Akbar Bayramxonga savol nazari bilan qaradi. Didi ham, fe’li ham Turdibeknikidan 
boshqacha bo‘lgan Bayramxon: 
— Panipat yaqinida Bobur hazratlari bundan o‘ttiz yil oldin qarorgoh qilgan joy bor, — 
dedi. — Hozir biz uchun ham eng qulay makon o‘sha joy bo‘lg‘ay... 
Ikki bek yana bahslashmasligi uchun Akbar darhol Bayramxonning gapiga qo‘shildi: 
— Hazrat bobom tanlagan joy biz uchun ham tabarrukdir. 
Bir tomoni daryo, ikkinchi tomoni qo‘shin o‘tolmaydigan o‘rmon bo‘lgan bu past-baland 
ko‘kalamzor adirlar qarorgoh uchun chindan ham qulay edi. Chodir va o‘tovlar 
o‘rnatilguncha Akbar bilan Bayramxon qarorgoh atroflarini aylanib ko‘rdilar. Ibrohim 
Lodining yuz ming qo‘shini o‘shanda Dehli tomondan qanday tahdid solib chiqib kelganini 
Bayramxon Akbarga aytib berdi. Harbiy fillarga qarshi qazilgan va usti shox-shabba bilan 
bekitib qo‘yilgan katta-katta chuqurlar bor edi. O‘ttiz yilda ularning anchasi tuproqqa 
to‘lib, sayozlashib qolgan, ichlari va atroflarida o‘t-o‘lanlar o‘sib yotar edi. 
— Zarur bo‘lsa bu chuqurlarni qaytadan qazitmoq mumkin, — dedi Bayramxon. — 
Amirzodam, endi Dehliga borishdan ko‘ra yog‘iyni mana shunday o‘zimizga qulay bir 
joyda poylaganimiz ma’qul. 
O‘rmon ichidan qushlarning sayrashi va maymunlarning qiy-chuv qilganlari eshitilib 
turardi. Chap tomondagi Jamnada qayiqlar va kemalar osoyishta suzib ketyapti. Olam 
shunday osuda ko‘rinar, tabiat ulug‘vor bir vazminlik bilan atrofni o‘rab turar, ammo 
Bayramxon bilan Akbarning dillari bezovta. Humoyunning o‘limi bilan boshlangan xavf-
xatarlar tobora ko‘payib boryapti. Himolay tog‘larining etaklaridagi Manketda payt 
poylab, kuch yig‘ib yotgan eski yovlari Iskandarshoh yana Laxo‘rni qaytib olish 
harakatiga tushdi. 
Janubdan Odilshoh va Hemuday zo‘r yov bostirib kelsa, bular ikki qudratli dushman 
orasidan qanday chiqib ketisharkin? 
— Shuning ustiga Turdibek bugungidek beboshlik qilaversa, har narsada menga qarshi 
so‘zlab, birinchilikni talashsa, qo‘shinda ichki parokandalik boshlangay, amirzodam! — 
dedi Bayramxon Akbar bilan o‘rmon chetida yakkama-yakka turganda. — Men bu 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish