Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
— Biz bu yerdan yordamga yetib borgumizdir! — dedi Akbar. — Axir hazrat otamning 
Dehlidagi qabrlari yog‘iylar oyog‘i ostida qolmasligi kerak! 
— Yaxshi so‘z aytdingiz. Bu so‘zlarni farmoyishga ham yozdirgaymiz. Mana bu joyiga 
muhr bosing. 
Akbarning muhri bosilgan farmoyishni sahar palla yo‘lga chiqqan chopar Dehliga olib 
jo‘nadi. Uning ketidan Bayramxon ham Kalanurda bor qo‘shinni yig‘ib, janubga yurish 
boshladi. 
Chopar bir haftada o‘tadigan yo‘lni katta qo‘shin o‘n besh kunda bosib o‘tishi mumkin. 
Panipatga yetganlarida qarshilaridan bir necha ming kishilik qo‘shin chiqib keldi. 
Bayramxon chig‘dovullarni* yuborib — bu Dehlidan kelayotgan Turdibekning lashkari 
ekanini aniqladi-yu, hang-mang bo‘lib yonidagi Akbarga qaradi: 
— Nahotki poytaxtni yog‘iyga topshirib kelgan bo‘lsa?! 
Ular otlarini yeldirib Turdibekka peshvoz chiqdilar. 
Rang-quti o‘chgan Turdibek Akbarga yaqin kelib otdan tushdi, jilovni rikobdoriga berib, 
yosh podshoning qarshisida yukundi, so‘ng uning uzangisini o‘pib yig‘lab yubordi: 
— Amirzodam, Xudo sizga quvvat bersin! Hazratimdan ayrilib qoldik! — Turdibek faqat 
bu musibatdangina emas, Dehlini dushmanga topshirib kelayotganidan ham kuyunib, 
yelkalari silkinib ho‘ngrab gapirdi: — Suyangan tog‘imiz endi yo‘q! Dehli ham ilikdan 
ketdi! 
Otasini eslab ko‘zi yoshlangan Akbar so‘nggi gapdan ozorlanib so‘radi: 
— Faramoyish yetib bormadimi? 
— Sizning oliy farmoyishingiz yetib borganda biz shaharni tashlab chiqmoqda edik. bek-
u a’yonlar mashvarat qilib shunday qarorga keldikki, Odilshoh bilan Hemuning ellik ming 
qo‘shiniga biz yolg‘iz bas kelolmagaymiz. Undan ko‘ra tezroq sizning huzuringizga kelib, 
asosiy kuchlar bilan birlashmoqqa qaror qildik. 
— Noto‘g‘ri qaror qilibsiz, janob Turdibek! — dedi Bayramxon birdan qizishib. — Siz 
amirzodam yuborgan farmoyish bo‘yicha Dehli qal’asini ichdan bekitmog‘ingiz kerak edi! 
Biz borguncha poytaxt ilikdan chiqmasligi lozim edi! Dehlini qayta olguncha hazratim 
qancha sarson-u sargardonliklarni boshdan kechirgan edilar! Siz yosh podshoning 
buyrug‘ini bajarmaganingiz uchun... 
«Jazo olmog‘ingiz kerak!» degan so‘zlarga yo‘l bermaslik uchun Turdibek 
Bayramxonning gapini shart kesdi: 
— Janobi xoni xonon, men o‘ttiz yildan berli shu oliy xonadonga sodiq xizmat qilib 
kelmoqdamen. Sekridagi jangda jasorat ko‘rsatganim uchun Bobur hazratlari menga 
mana bu murassa xanjarni in’om etganlar! — Turdibek belgidagi sopiga va qiniga 
qimmatbaho toshlar bilan zeb berilgan xanjarni ko‘rsatdi-yu, Bayramxonga so‘z navbati 
bermay, ovozini ko‘tarib davom etdi: — Men Humoyun hazratlari bilan Ganga bo‘ylarida, 
Tar sahrosida, Qazvinda birga yurib, necha o‘limlardan qolganmen, necha marta 
hazratimning inoyatlariga sazovor bo‘lganmen. — Turdibek Akbarga yuzlandi. — 
Amirzodam, otangizning boshlariga eng og‘ir kunlar tushganda, boshqalar yuz o‘girib 
tashlab ketganda men hamisha yonlarida bo‘lganmen! 
— Buni men bilurmen! — dedi Akbar va achinib so‘radi: — Ammo nechun otamning 
qabrlarini yog‘iylar oyog‘i ostiga tashlab keldingiz? 
— Vaziyat bizni shunga majbur qildi! Boshqa iloj yo‘q edi, amirzodam! Lekin Dehli 
yonidagi Tug‘loqobodda Hemu bilan dadil jang qildik. Biz besh ming kishi edik. 
Hemuning ellik ming qo‘shiniga, mingta jangovar filiga bas kelolmadik, ikki ming kishi 
talafot bo‘ldi, qolgan uch ming odamni omon saqlab, huzuringizga olib keldim. 
Bayramxonning qahri kelib xitob qildi: 
— Siz Dehli qal’asidan chiqmasligingiz lozim edi! Tug‘loqoboddagi jang ham sizning 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish