2. SOTSIOLOGIK INFORMATSIYA TO‘PLASHNING
EMPIRIK METODLARI
1. So‘rov metodi.
Ushbu metodni ishlab chiqish XVIII asrdan boshlanib ketgan edi.
hozirgi vaqtda bu metod keng tarqalgan va ko‗p qo‗llaniladigan metod
hisoblanadi. So‗rov metodining quyidagi turlarini ko‗rsatishimiz mumkin:
1. Anketalashtirish yozma shakldagi so‗rov bo‗lib, texnikasiga ko‗ra,
tarqatiladigan (anketa tadqiqotchi tomonidan tarqatiladi va yg‗ib olinadi)
matbuot orqali (anketani gazeta va jurnallarda chop ettirish), telefon yoki
telesko‘p orqali, ya'ni texnik vositalari bilan (televizor yoki telefonga oid
qo‗shimcha sifatida) amalga oshiriladigan So‗rov turidir.
2. Suhbatlashish (Intervyu) — suhbat o‗tkazuvchilarni (intervyuer)
bir qanchasini talab qiluvchi, og‘zaki Sarovturidir. Bu So‗rov klinik
(respondentning sub'ektiv dunyosini samimiyligi) bir nuqtaga qaratilgan
155
(o‗rganish uchun bir asosiy savolni ajratib olish) So‗rovlarga bo‗linadi.
3. Sotsiometrik So‗rov—guruhdagi shaxslararo munosabatlarning
yaxshi ko‗rish, yoqtirmaslik, do‗stlik, adovat, qismat va boshqa jihatlarini
o‗rganishga qaratilgan. Amerikalik sotsial psixolog J.Moreno tomonidan
ushbu So‗rov metodi ishlab chiqilgan. Bu metod guruh, to‗planishiga
zarurat tug‗ilganda, liderni aniqlashda, kollektivda psixologik klimatni
aniqlashda va boshqa yo‗llarda qo‗llaniladi.
4. Test o‗tkazish So‗rov — maxsus qayta ishlangan vositalar sxema,
rasmlar, takliflar, savollar yordamida shaxsiy sifat va qobiliyatlarni
namoyon bo‗lishini aniqlaydi. Testlar tematik, birikmalari (assotsiativ)
intellektual qobiliyatlarni aniqlaydigan, takliflarni yakunlaydigan turlarga
bo‗linadi.
5. Ekspert So‗rov — Bu metod ekspertlarga, ya'ni mutaxassislarga
yon beradi. Bular, asosan muammo bilan shug‗ullanuvchi mutaxassislar
yoki javobgar shaxslardir. Bunda so‗ralayotganlarning qiziqishlari
e'tiborga olinishi kerak.
6. Panel So‗rovlar — kishilarning doimiy doirasiga mo‗ljallangan
so‗rov bo‗lib, tashkilotlardagi boshqarish uslubidagi ma'lum o‗zgarishlarga
ulargacha va ulardan keyin kiritiladigan so‗rov turidir. Bu metod
guruhlarning faqat bir belgisiga ko‗ra bir-birini taqqoslash va farqlash,
ya'ni protsessning sabab va oqibat analizlarini o‗rganish maqsadida
qo‗llaniladi. Ko‗pincha so‗rovning bu turi eksperimental tadqiqotlarga
qo‗shimcha ravishda kiritiladi.
7. Yaxlit So‗rovlar — demografik protsesslarni, jamoatchilik fikrini,
aholini ro‗yxatga olishni o‗rganishda qo‗llaniladi. Yaxlit so‗rovlar barcha
aholini yoki muammo bilan bog‗liq bo‗lgan bosh majmualarning so‗rovini
o‗zida aks ettiradi.
Ushbu so‗rovlarning har biri maxsus xususiyatlarga ega bo‗lib,
o‗tkaziladigan tadqiqot texnik muammosini, informatsiyaning aniqligini
o‗z-o‗zicha hal qiladi. Ularni o‗zaro birlashtiradigan vosita bu — anketa
so‗rovning barcha turlari asosida anketa yoki savol varaqasi yotadi.
Anketa — empirik ma'lum o‘t olish uchun tadqiqotning umumiy
konsepsiyasi va yo‗nalishi bilan o‗zaro aloqadorlikda bo‗lgan, kiritilgan
gipotezani
tekshirishga
layoqatli
bo‗lgan
savollar
sistemasining
ifodalanishidir. Anketa tashkil topishining va savollar tuzilishining bosh
mezoni bu — tushunmoqlikdir, ya'ni savollarni alohida izohlamoqda
intilishdir.
Savollar ob'ektiga ko‗ra: faktlarga, fikrlarga va harakatlarga; shakliga
ko‗ra: to‗g‗ridan-to‗g‗ri, chetdan, ochiq va yopiq bo‗ladi (ochiq savollar,
156
javobni erkin shaklda bo‗lishini ta'minlaydi, yopiq savollar tekshirilgan va
respondentning tomonidan tanlangan bo‗lib, uning fikriga mos kelishi
kerak); funksiyasiga ko‗ra: psixologik (aktivlikni, ishtirok etishni, ishochni
kuchaytirmoq maqsadida), bo‗linuvchi (diqqatni bo‗linishi uchun, bir
guruhni ikkinchi guruhdan ajratmoq uchun), nazoratlangan (asosiy
savollarni javobini tekshirish uchun, xotirani tiklash uchun, savol-tuzoq
ya'ni chiqib ketolmaydigan savol berish) turlarga bo‗linadi.
Savol-So‗rov metodining asosiy instrumenti hisoblanadi. Savol — bu
anketa yoki blankga tadqiqotchining fikri joylashtirilib respondentga
yo‗llangan bo‗ladi va undan javobning u yoki bu tomonini talab qiladi.
Sotsiologik tadqiqotda savollarning bir qancha konsepsiyalari mavjud.
Masalan, test konsepsiyasi shaxsning belgilari yoki uniig qobiliyatlarini
aniqlashda savolning alohida elementini emas, balki bir qancha
elementlarni aks ettiradi. Bunda so‗rovning natijalari baholanadi, alohida
savollarga javoblar ahamiyat kasb etmaydi va ko‗p javoblarning elementi
sifatida analiz qilinadi. Savolning bu turi kam qo‗llaniladi. Savolning bir
muncha an'anaviy turi informatsion konsepsiyadir. Uning har bir savoli
voqelikni yagona semantik informatsiya bilan ta'minlaydi. Bu ko‗rinishi
tez-tez qo‗llanilganligi sababli, sotsiolog ikkita masalani hal qiladi:
a) tadqiqot birligini o‗rganishni qo‗llaydi:
b) har bir birlikdan informatsiya to‗plash uchun qanday savol berish
kerak.
Savolning uchinchi konsepsiyasi, indikator konsepsiya bo‗lib, anketa
ishlab chiqishda va aniq, ma'lumot olishda maqsadga yo‗naltirilgan
natijalar beradi. Shundan keyin savollar konsepsiyasi aniqlab olingach,
sotsiolog har bir savolni ishlab chiqishga kirishadi. Buning uchun
quyidagilarni nazarda tutish kerak: faktlar to‗g‗risidagi savollar yengil
formulirovka va analiz qilinib, respondentga qiyinliklar tug‗dirmasligi
kerak. (Siz transport vositasidan foydalanasizmi? Oliy ma'lumotlimisiz?
Va x.k.) Fikrlar, nigohlar, sabab (motiv)lar to‗g‗risidagi savollar
qiyinchiliklar tug‗dirilishi mumkni. Bular qiyin formulirovka qilinib aniq,
javoblar olish uchun qo‗shimcha kuchlar talab qiladi. Taniqli nemis
tadqiqotchisi E.Noel quyidagicha misol keltiradi: Janubiy Germaniyada
nima uchun ma'lum markadagi televizorlarni kam sotib olishlarini
o‗rganish uchun kamida 70 ta savol berish kerak, shu bilan birgalikda bu
savollar nafaqat ushbu xududda, balki boshqa xududlarda ham taqqoslash
uchun tarqatilishi kerak.
Olingan informatsiyani nazorat qilish uchun nazorat savollar
tayyorlanadi, ular ma'nosiga ko‗ra asosiy tadqiqot savollariga o‗xshash
157
tasavvur qoldiradi, lekin birinchi ko‗rinishni aniqlaydigan birmuncha
bekitilgan formada bo‗ladi. Nazorat savollar chetdan beriladi. Shuni
ta'kidlash
lozimki,
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
berilgan
savollar
salbiy
munosabatlarni keltirib chiqaradi, agarda asosan «nima uchun» degan
savol bilan boshlansa. Shuning uchun sotsiologlar «nima uchun» degan
savol bilan tadqiqot boshlashni tavsiya etishmaydi va chetdan savol berish
formasini ishlatishni ta'kidlaydilar (Marhamat qilib ayting, Sizning
fikringizga nisbatan...?).
Sotsiologning anketa tuzishda yana to‗qnash keladigan boshqa bir
muammosi bu — standartlashtirish bo‗ladi. Standartlashgan So‗rov —
ommaviy so‗rovlarda kerakli bo‗lib, bir xillilikka, terminologikka,
mohiyatga keltirishdir. Standartlashtirish natijalarni taqqoslashga imkon
yaratib, ma'lumotlarni qayta ishlashni engillashtiradi. Standartlashgan
so‗rov yopiq, savollarni qo‗llashni imkoni baland ekanligini tahmin qiladi,
ya'ni anketada javob bor bo‗lgan savollarni, respondent, o‗z fikriga
(variant) mos kelganini tanlaydi. Standartlashgan So‗rovning kamchiligi bu
— individual xossasining yetarli bo‗lmaganini hisobga olish, ko‗rilayotgan
savollarga sub'ektiv munosabatda bo‗lishni tashkil etadi, qachonki
kishilarning sub'ektiv dunyosiga chuqur kirib borilar ekan, bunda standart
bo‗lmagan so‗rov qo‗llaniladi. Savollar ochiq formada formulirovka
qilinadi va har bir anketa informatsiyaning alohida birligi sifatida olib
qaraladi. Standartlashning darajasi muammo va tadqiqot maqsadidan qat'iy
nazar tadqiqotchi tomonidan belgilanadi. So‗rov metodida asosiy
tomonlardan biri bu tushuntirish muammosi yoki interpretatsiya asosiy
tomonlardan biri hisoblanadi. Savollarni tuzilishi — bunda konsepsiya
tushunchasinnng terminlarini So‗raluvchi tarjima qilihdan iborat. Savollar
asosan, So‗raluvchining pozitsiyasidan, uning hayot faoliyati darajasidan
kelib chiqib tuziladi. Bu tilning o‗ziga xos xususiyatining hisobini,
respondentning konkret tafakkurini, psixologik xususiyatlarini (alohida
shaxsiy savollarda, foydada va boshqalarda salbiy reaksiya berish),
ma'lumot darajasi (chuqur bilimga egalik), diniy yoki siyosiy xarakterdan
qo‗rqish va boshqalarni farz qiladi. Savollar qisqa va aniq, ikki xil
tushunishga yo‗l qo‗ymaydigan, imkoniyatiga ko‗ra bir xil ma'noli
formulirovka qilish kerak. Tushuntirish muammosi nafaqat anketani qayta
ishlashda, balki tadqiqotchi tomonidan informatsiyani analiz qilish
jarayonida ham ishlatiladi. Bunday yo‗lda, u tadqiqotchining mahorati va
tadqiqot apparatining qayta nshlangan darajasiga bog‗liq, bo‗ladi.
Endi anketaning umumiy kompozitsiyasiga to‗xtalib o‗tamiz, bunda
anketaning joylashishi va uning ketma-ketligi o‗rin olgan. Empirik
158
tadqiqotlar
praktikasida
maqsadga
muvofiqlashgan
ketma-ketlik
anketasining mazmuniga ko‗ra tarqatish murakkabdir. Anketa har doim
So‗ralayotgan shaxsga murojaatdan boshlanadi va unda quyidagilar
ko‗rsatiladi:
a) qanday tashkilot, boshqarma So‗rov o‗tkazyapti;
b) umumiy yo‗llarda tadqiqotning maqsadi tushuntiriladi va natijalar
qanday qo‗llanishi, tadqiqotda respondent ishtirokining shaxsiy ahamiyati
ko‗rsatiladi;
v) javoblarning yashirincha bo‗lishi anonimlik kafolatlanadi.
Bulardan keyin anketani to‗latish qoidalari va qaytarib berish usuli
keladi. Murojaat va qoidalar, odatda anketaning tashqi tomoni, ya'ni
muqovasiga
joylashtiriladi.
Keyin
boshqa
varaqalarga
savollar
joylashtiriladi.
Anketa murakkab vaziyatda emas, balki oddiy savollar bilan
boshlanadi. Bu savollarga faktlar, egallab turgan darajasi (lavozimi),
shug‗ullanadigan ishi va o‗.q.lar kiradi. Undan keyin anketaning markaziy
qismida ma'nosiga ko‗ra asosiy bo‗lgan savollar joylashtiriladi. Ular
belgilangan mantiqiy izchilligi, ko‗rilayotgan dasturi nazorat savollari
bilan almashinib turadi. Asosiy qismning ikkinchi bo‗lagida bir muncha
murakkab va qaltis masalalar joylashtiriladi. Sotsiologik tadqiqot
praktikasining
ko‗rsatishicha,
anketa
savollariiing
katta
qismini
to‗ldirgach, respondent ishni oxiriga yetkazishga psixologik jihatdan
tayyor bo‗ladi. Anketaning, so‗ngi qismida bu pasport deb ham yuritiladi,
shaxsning ob'ektiv ahvoli va statusi ko‗rsatilgan savollar joy oladi (jinsi,
yoshi, oilaviy ahvoli). So‗rov o‗tkazish vaqtida sotsiolog yana tadqiqot
o‗tkazishning texnikasini aniqlaydi; tarqatiladigan, matbuot orqali, pochta
orqali, telefon orqali. Shuni aytish mumkinki, tarqatiladigan so‗rov boshqa
so‗rovlarga nisbatan birmuncha effektivdir, bunda sotsiolog guruhga kelib,
anketani tarqatadi va birmuncha vaqtdan keyin uni yig‗ib oladi. Bunda
respondentlarni 100% so‗rovga jalb etish mumkinligi kutiladi, matbuot
yo‗li bilan o‗tkaziladigan so‗rovda, anketani yig‗ib olish 5% tashkil etishi
mumkin.
So‗rov o‗tkazishda «neytral xudud» tanlanadi, ya'ni rahbar
xodimning kabineti emas, intervyu iloji boricha bir xil yondashish turli
jinsdagi kishilar orasida do‗stona, xotirjamlik, yaxshi kayfiyat bilan
o‗tkazilishi kerak. Tadqiqotni xoxlovchilar orasida emas, tanlab olinganlar
orasida o‗tkazish kerak.
159
Do'stlaringiz bilan baham: |