192
tebranishi tufayli alveolyar hosil bo‘ladi. Alveolalar muntazam ravishda to‘lib borganligi uchun
juda ko‘p tovushlarning ma‘lum miqdordagi yig‘indisi vujudga keladi va natijada tovush eshitiladi.
Nafas chiqarishda alveola devorlarining tebranishi tez so‘nadi. Vezikulyar nafasning kuchi sog‘lom
odamlarda bir xil bo‘lmasligi mumkin. U ko‘krak devoir to‘qimasining qalinligiga, nafas
harakatining kuchi va qator boshqa omillarga bog‘liq.
Shuningdek u yoshga, jinsga va odamning
jussasiga bog‘liq bo‘ladi. 12 – 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda vezikulyar nafas birmuncha
kuchliroq, aniq eshitiladi. Bu ko‘krak devorining yupqaligi va bronxlarning nisbatan torligi
natijasidir. O‘smirlarda vezikulyar nafas kattalarga nibatan birmuncha kuchliroq eshitiladi.
Ayollarda vezikulyar nafas erkaklarga nibatan ancha kuchli. Asteniklarda vezikulyar nafas
gipersteniklarga nibatan kuchliroq eshitiladi. Bir odamning o‘zida o‘pkaning
har xil qismilarida
vezikulyar nafas turlicha eshitiladi. Ba‘zan o‘ng o‘pka uchida vezikulyar va bronxial nafas o‘rtasida
bronxovezikulyar yoki aralash nafas eshitiladi. Eshitganda, tukillatganda va paypaslaganda bu
farqni esda tutish kerak. Agar eshitganda chap tomondan nafas kuchliroq, tukillatganda bo‘g‘iqroq
va paypaslashda ovoz titrashi kuchliroq bo‘lsa, bu patologiya belgisi bo‘lib hisoblanadi.
Vezikulyar nafas kuchayganda va susaygan bo‘lishi mumkin. Vezikulyar nafasning kuchayishi
quyidagi hollarda kuzatiladi: chuqur nafas olganda o‘pka ventilyatsiyasi kuchayganda,
jismoniy
harakatdan so‘ng, harorat ko‘tarilganda, mayda bronxlarning yallig‘lanishi natijasida torayishi
(bronxit) yoki qisilishi (bronxial astma) oqibatida va hokazo.
Vezikulyar nafasning kuchayishi 2 tomonlama yoki bir tomonlama bo‘lishi mumkin. Masalan,
sog‘lom tomonda nafasning kompensator (qoplami) kuchayishi qarama – qarshi tomonda o‘pkani
butunlay yoki qisman nafas olishda qatnashmayotgani belgisidir.
Kuchayish nafas olishning ikkala davriga, ya‘ni nafas olish va chiqarishga yoki uning bitta
davriga, ko‘pincha chiqarishga taaluqli bo‘lishi mumkin. Nafas chiqarishning kuchayishi ko‘pincha
uning uzayishi bilan ham ifodalanadi. O‘pka to‘qimasining cho‘ziluvchanligi kamayganda yoki
mayda bronxlar qisilib nafas chiqarish qiyinlashganda (bronxit, bronxial astma)
vezikulyar
nafasning uzayishi kuzatiladi. Bu vaqtda uzaygan nafas chiqarish o‘pkaning hamma yuzasiga
eshitiladi. Agar bu o‘zgargan nafas chegaralanganqismda eshitilsa, unda yallig‘lanish jarayoni
kichik qismda ekanligidan dalolat beradi. Masalan, sil kasalligida o‘pkaning chap cho‘qqisi
shikastlanishi. Mabodo nafasning ikkala davrida nafas olish va chiqarish kuchaygan bo‘lsa, bunday
nafas dag‘al nafas deyiladi, xususiyatiga ko‘ra u ancha dag‘al bo‘ladi, bir tekisda bo‘lmaydi. Bu
bronx va bronxiola devorlarining kuchli shishishi natijasida bo‘shlig‘ining noto‘g‘ri qisilishida yoki
o‘pka to‘qimasining zichlanish o‘chog‘inormal qismlari
bilan almashinib kelganida
(bronxopnevmoniya) eshitiladi.
Bronxial nafas.
Fiziologik sharoitda kekirdakning yuqori qismida va halqum ustida bronxial nafas
eshitiladi. Eshitish maydoni ba intensivligi asteniklarda gipersteniklarga nisbatan ko‘proq bo‘lib, bu
ularning anatomik xususiyatlari bilan bog‘langan. Agar bronxial nafas bu qismlardan boshqa joyga
eshitilasa, u patologik holat bo‘lib, o‘pka to‘qimasi zichlanganligini bildiradi. O‘pka to‘qimasining
zichlanishiga sabab infiltratsiya hosil bo‘lishi, o‘pkaning qon bilan to‘lishi (infarkt), o‘pkaning
bosilishi ekssudativ plevrit va o‘smalardir.
Shikastlangan sohaning katta – kichikligiga qarab nafas ham o‘zgaradi. Agar shikastlangan
sohaning diametri 2 – 3 sm bo‘lsa u yuzaki joylashsa uni aniqlash mumkin bo‘ladi.
Bronxial nafas patologik bo‘shliqlar ustida ham eshitiladi. Masalan, o‘pka to‘qimasini chiriganda
(sil kavernasi, absess, qorason) yoki bronx bo‘shliqlari kengayganda (bronxoektaziya). Zotiljam
o‘chog‘I bir – biri bilan qo‘shilib ketganda ham bronxial nafas eshitiladi.
Agar bronxial nafas o‘pka to‘qimasining ezilishi hisobiga kelib chiqqan bo‘lsa, u kuchsiz,
uzoqdan
eshitilayotgandek bo‘ladi. Bunday nafas ekssudativ plevritda kuzatilishi mumkin. Ekssudativ
193
plevritda bronxial nafas ko‘pincha bo‘g‘iqroq, umurtqaga yaqin joyda, o‘pka to‘qimasining
suyuqlikdan ezilgan qismida eshitiladi.
Amforik nafas katta kavernalar – bronxoektazlar ustida eshitiladi. Bu tovushni bo‘sh grafinga yoki
shishaga puflab hosil qilingan tovushga o‘xshatish mumkin. Yana metalga urgandek tovush
farqlanadi. U amforik nafasdan balandligi va jarangdorligi bilan farq qiladi. Bunday nafas silliq va
tarang devorli, Bronx bilan tutashgan, havo bilan to‘lgan katta kavernalar ustida eshitiladi.
Ochiq
pnevmotorakslarda plevra bo‘shlig‘I atrofdagi havo bilan tutashgan bo‘lsa va havo katta bosim
ostida bo‘lmasa shunday tovush eshitiladi.
Nafas keskin susaygan bo‘lsa va bunda nafas shovqinlari xususiyatini aniqlash imkoni bo‘lmasa,
bu holda aniq bo‘lmagan nafas deyiladi. U o‘ta madorsizlangan bemorlarda kuzatiladi, quruq
plevritda nafas harakati chegaralangan, og‘riq eng ko‘p joyda eshitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: