190
2. O‘pkada biror havosiz to‘qima hosil bo‘lganda.
3. O‘pka va ko‘krak qafasi orasidagi bo‘shliq – plevral bo‘shliq suyuqlik bilan to‘lganda yoki u
yerda zich muhim bo‘lganda.
Yallig‘lanish jarayonlarida o‘pka to‘qimasida havo kamayishi kuzatiladi.
O‘pkaning krupoz, o‘choqli yallig‘lanishda, sil infiltratida o‘sma natijasida Bronx to‘silib
qolganda (bunda havo so‘rilib o‘pka to‘qimasi havosiz bo‘lib qoladi), o‘pka infarktida, o‘pkada
chandiqlar bo‘lganda (pnevmoskleroz, silda) va hokazo.
Tukillatganda o‘pkada suyuqlik borligi, o‘pka suyuqlik miqdori 400 – 500 ml yetganda, chapda
esa oldinroq, Traube bo‘shlig‘I to‘lishi bilan aniqlanadi. Tukillatganda shkastlanishning xususiyati
ham aniqlanadi. Masalan, yallig‘lanish jarayonlarida (ekssudativ plevritda) bo‘g‘iq tovushning
yuqori chegarasi Damuazo egri chizig‘ini hosil qiladi va u bemor vaziyatini o‘zgartirganda
o‘zgarmaydi, suyuqlik va havo bir vaqtda to‘plangan bo‘lsa balandlik o‘zgaradi. Plevrit natijasida
plevra pardasi qalinlashganda hamda plevradan hosil bo‘luvchi o‘smada bo‘g‘iq yoki bo‘g‘iqroq
tovush aniqlanishi mumkin.
Bo‘g‘iq tovush hosil bo‘lishi ko‘krak qafasi devorining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin:
semirganda, ko‘krak bezi haddan tashqari rivojlanganda, shish paydo bo‘lganda.
Bo‘g‘iq tovushning tarqalishi, shakli va kattaligi kasallikning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Shikastlanish o‘chog‘I katta va chuqur bo‘lsa, bo‘g‘iq tovush jadal va keng maydoni egallaydi,
kichik o‘choqda bo‘g‘iq tovush kamroq jadalikda bo‘lib, kichik maydoni egallaydi. Yallig‘lanish
o‘chog‘ining eng kichik o‘lchami 3 – 4 sm. U yuzaki joylashgan bo‘lsa va ko‘krak qafasining
qalinligi me‘yorida bo‘lsa, kasallikni tukillatish bilan aniqlash mumkin deb hisoblanadi.
Quyidagi hollarda o‘pkada timpanik tovush aniqlanadi:
1). O‘pkada nonormal havoli bo‘shliq hosil bo‘lganda.
2). Plevra bo‘shlig‘iga havo yoki gaz to‘planganda.
Agar o‘pkada hosil bo‘lgan bo‘shliq o‘pka to‘qimasining buzilishi yoki parchalanishi (yiring, qon
va hokazo to‘planishi) natijasida bo‘lsa, bo‘g‘iq tovush aniqlanadi, agar bo‘shab havo bilan to‘lsa, u
holda timpanik tovush aniqlanadi, bu absessda, gangrenada, katta bronxoektazlarda, kovakli silda
va boshqalarda kuzatiladi. Agar bo‘shliq qisman havo, qisman boshqa narsalar bilan to‘lgan bo‘lsa,
bu holda bo‘g‘iq tovushning gorizontal pasat – balandligini aniqlash mumkin bo‘ladi, u bemor
vaziyatini o‘zgartirganda o‘zgaradi. Bunda Gergard fenomeni deyiladi.
Bo‘g‘iq timpanik tovush o‘pka yallig‘lanishining boshlang‘ich bosqichida, ya‘ni o‘pka
katachalarida ekssudat yig‘ila boshlab havo miqdori kamayganda aniqlanishi mumkin. Bu tovush
ekssudat so‘rila boshlayotganda ham eshitiladi.
Shuningdek ekssudatli plevritda ham o‘pkaning suyuqlikdan yuqori joylashgan qismi
tukillatilganda bo‘g‘iq tovush aniqlanadi. Chunki plevra bo‘shlig‘ida to‘plangan suyuqlik
o‘pkaning shu qismini siqb turadi, uning havosi va cho‘ziluvchanligi kamayadi. Shunga o‘xshash
hodisa compressor atelektazda ham kuzatiladi, bunda bronxlar ochiq bo‘lib, o‘pka to‘qimasi
siqilgan bo‘ladi (masalan, o‘smalarda).
Do'stlaringiz bilan baham: