Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti sapayeva feruza davlatovna


Matnshunoslikning vazifasini juda qisqa ifodalagan



Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/162
Sana27.01.2022
Hajmi7,5 Mb.
#414202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162
Bog'liq
matnshunoslik fanidan maruza mashgulotlarini tashkil etish (1)

Matnshunoslikning vazifasini juda qisqa ifodalagan 
boʻlsak-da, uning amalga oshirilishi juda katta mehnatni, 
chuqur bilim va tajribani talab qiladi. Ma’lumki, xalqimiz 
boshidan necha-necha istiloyu qatagʻonlar kechganiga qaramay, 
ajdodlarimizdan bizga boy adabiy meros qolgan: minglab 
jildlardan iborat qoʻlyozmalar xazinasiga egamiz. Biroq bu 
qoʻlyozmalarning aksariyati hali oʻrganilgan emas, roʻyxatga 
olib qoʻyilgani boʻyi oʻz tadqiqotchilarini kutadi. Shuning oʻzi 
ham matnshunoslikning ogʻir, ilmning “qora mehnati” 
ekanligini, uni rivojlantirish ham ilmiy, ham ma’naviy-ma’rifiy 
jihatlardan zarurligini koʻrsatadi.
Adabiy matnni oʻrganayotgan matnshunos oldida turli-tuman 
ilmiy muammolar koʻndalang boʻladi. Deylik, matnshunos muallifi 
noma’lum asar (matn)ga duch keldi. Bu holda u matn muallifini, 
yoshini (yozilgan, koʻchirilgan vaqti) aniqlashi zarur boʻladi. Buning 
uchun esa u, tabiiyki, adabiyot tarixi, til tarixi, manbashunoslik, 
uslubshunoslik kabi sohalardan yaxshi xabardor boʻlishi va ularga 
tayangan holda matnni tadqiq etishi lozim boʻladi. Yoki 
matnshunoslikning boshqa bir vazifasi – asarning ilmiy-tanqidiy 
nashrini tayyorlashni olaylik. Masalan, Alisher Navoiy asarlarining 
turli davrlarda, turli kotiblar tomonidan koʻchirilgan qoʻlyozmalari 
mavjud. Matnshunos qarshisida ularni qiyosiy oʻrganish, birining 
kamchiliklarini boshqalari bilan toʻldirish va shu asosda eng 
mukammal – ilmiy-tanqidiy matnni tayyorlash vazifasi turadi. 
Tayyor boʻlgan ilmiy-tanqidiy matnni nashr ettirish uchun 
matnshunos uni izohlar, sharhlar, lugʻatlar bilan ta’minlashi kerak. 
Unutmangki, biz foydalanadigan “Mukammal asarlar” ortidagi har 
8


bir izoh, har bir sharh yoki lugʻat birligi juda katta mehnat orqasida 
dunyoga keladi. Zero, matnda uchragan soʻz ma’nosini topish, 
undagi biror shaxs, joy nomi va sh.k.larga izoh berish uchun 
matnshunos juda koʻp izlanishi, koʻplab manbalarni koʻrib, oʻrganib 
chiqishi zarur boʻladi. Yuqoridagicha mustaqil tadqiqotlardan 
tashqari, matnshunoslik adabiyotshunoslikning ayrim muammolarini 
hal qilishda muhim yordamchi soha, tadqiqot usuli boʻlib ham 
xizmat qiladi. Masalan, uning tadqiq usullaridan, tajribalaridan 
yozuvchi ijodiy laboratoriyasini, muayyan asarning ijodiy tarixini 
oʻrganish yoʻlidagi izlanishlarda keng foydalaniladi. 
Matnshunoslik sohasi filologiya fanining asosiy va muhim 
tarmoqlaridan biri boʻlib, yozma yodgorliklarning asl matnini tiklash 
hamda ularni nashr ettirishning nazariy va amaliy jihatlari bilan 
shugʻullanadi. Matnshunoslikning asosiy vazifasi qoʻlyozma yoki 
toshbosma nusxadagi muayyan asarning matnini muallif qalamidan 
chiqqan asl holatini tiklash va nashr ettirishdir. 
Izohli lugʻatda “matnshunoslik” istilohiga shunday ta’rif beriladi: 
“Matnshunoslik – adabiyot va folklorga oid qoʻlyozma asarlarni, 
tarixiy hujjatlarni, ularning haqiqiy, asl matnlarini aniqlash va 
tanqidiy oʻrganish, sharhlab e’lon qilish maqsadida ular ustida 
tadqiqotlar 
olib 
boruvchi 
yordamchi-filologik 
fan 
sohasi; 
tekstologiya”. 
Oʻzbek tilida bu istiloh arabcha “matn” lugʻaviy ma’nosi – 
mustahkam, pishiq, qattiq degani boʻlib, qoʻshma soʻzning ikkinchi 
qismi “shunos” (“tanimoq”, “bilmoq” ma’nolarini ifodalovchi 
forscha “shenoxtan” fe’lidan olingan) va turkiy “-lik” ot yasovchi 
qoʻshimcha tarkibidan yasalgan.
Rus filologiyasida “matnshunoslik” soʻzi bilan birdek “matn 
tanqidi” soʻz birikmasi ham qoʻllangan. Yevropada hozir ham 
matnshunoslik “Textkritik”, ya’ni “matn tanqidi” deb yuritiladi. Bu 
oʻrinda “tanqid” soʻzining qoʻllanishiga e’tibor qaratish lozim. 
“Matn tanqidi” jumlasi orqali matnni manbashunoslik va 
matnshunoslik yoʻnalishida qiyosiy-tarixiy oʻrganish nazarda 
tutiladi

XX asr boshlarida Turkistonda ham matnni tanqidiy oʻrganishga 
munosabat shakllana bordi. Turli matbaa yoki kutubxonalarning 
tashkil etilishi muayyan ma’noda matnshunoslik tarixini yangicha 
yoʻnalishda oʻrganishga sabab boʻldi. 1920-yili martda Turkiston 
9


MIK Turkiston davlat nashriyoti ta’sis etish haqida qaror qabul 
qilinadi. Bu Oʻrta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti boʻlib, unga 
oʻlkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qogʻoz taqsimoti va 
bosmaxona jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish ishlari yuklandi. 
B.V.Tomashevskiyning e’tiroficha matnshunoslik maxsus fan 
emas; aniqrogʻi, fanga zarur ma’lumotlarni qoʻlga kiritadigan 
qandaydir ilmiy vositadir. Lekin matnshunoslik material bilan 
bevosita bogʻliq boshqa ilmiy metodlardek, faqat nazariy emas, balki 
amaliy maqsadni ham koʻzlaydi. Bu – amaliy fan, koʻproq amaliy 
filologiyada namoyon boʻladigan alohida tur. 
Matnshunoslikning 
nazariy 
asoslari 
va 
metodikasini 
umumlashtirgan D.S.Lixachev ushbu masalada quyidagicha fikr 
bildiradi: “Matnshunoslik – bu fandir, uning mustaqil oʻrganish 
predmeti asarning matni tarixidir. Agar “yordamchi fan” istilohiga 
eski deb qaralmasa, u holda bu sohani yordamchi filologik fan deb 
yuritish mumkin boʻladi”.
“Matnshunoslik” istilohining fanda qachondan qoʻllana 
boshlangani borasida rus paleografiyasi tarixi va zamonaviy 
matnshunoslik ishlari, xususan, XVIII – XX asrlarda amalga 
oshirilgan nashrlarni oʻrgangan S.A.Reyser shularni yozadi: 
“Tekstologiya soʻzi nisbatan yaqinda paydo boʻlgan. Bu soʻz 1930-
yillar oʻrtalarida birinchi marta B.V.Tomashevskiy tomonidan 1926–
1927-oʻquv yili Leningrad san’at tarixi instituti kurslarida 
qoʻllangan. 1957–1967-yillar oraligʻida birin-ketin SSSR Fanlar 
akademiyasining 
Jahon 
adabiyoti 
institutida 
“Tekstologiya 
masalalari” nomi bilan toʻrt toʻplam: “Tekstologiya asoslari”, “X–
XVII asrlar rus adabiyoti materiallarida tekstologiya”, “Tekstologiya. 
Qisqacha ocherk” kabi ahamiyatli kitoblar bosiladi. “Tekstologiya” 
garchi yangi istiloh hisoblansa-da, lekin tushunchaning oʻzi 
qadimiydir. 
Adabiy 
tanqid, 
matn 
tanqidi, 
arxeografiya, 
germenevtika, 
ekzegetika
soʻzlari 
tarix, 
qadimgi 
adabiyot, 
manbashunoslik kabi fanning turli tarmoqlarida qoʻllansa ham aslida 
bitta tushunchani anglatadi”
1
.
Bu haqda mashhur rus tekstologi B.V.Tomashevskiyning 
yozganlari quyidagicha edi: “...zamonaviy filologiyada matn tanqidi 
1
С. А. Рейсер. Палеография и текстология нового времени. – М.

Просвещение

1970. – Б.85.
10


boʻyicha ba’zi usullar sistemasi ishlab chiqildi. Ulardan bir qismi 
qadimiy yodgorliklarni oʻrganish tajribasidan koʻchirildi, bir qismi 
yangi materialning oʻziga xosligi bilan belgilanadi. Bu filologik 
usullar sistemasini “matnshunoslik” soʻzi bilan belgilash qabul 
qilindi”
2

Oʻtgan asr 20-yillaridan ilmiylik bosh mezon boʻlgan oʻzbek 
adabiyotshunosligi alohida soha sifatida shakllana boshladi. 
Adabiyot tarixi tadqiqotchilari muntazam ravishda klassiklarimiz 
hayoti, ijodiga bagʻishlangan maqolalar eʻlon qilish bilan birga 
ularning asarlarini chop ettirish, ommalashtirishga ham jiddiy 
kirishdilar. Olib borilgan amaliy ishlar bevosita matnshunoslikning 
ilmiy shakllanishiga olib keldi.
A.S.Reyser ta’kidlaganidek, bir qancha yordamchi sohalar – 
editsiya, arxeografiya, germenevtika, ekzegetika kabilar bilan bogʻliq 
holda matn tadqiq etiladi.
Xususan, 
editsiya
– hujjatli va mumtoz matnlarning ilmiy 
nashrini amalga oshirishdir.
Matnshunoslik nashr ishlarining olib borilishi bilan rivoj topdi. 
Oʻzbek matnshunosligining shakllanishi, rivojlanish usullari va 
metodlari mumtoz adabiyot namunalari nashr etilishi bilan bogʻliq.
Arxeografiya
yozma manbalarni qidirib topish, ilk tavsifga olish, 
ilmiy muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli 
fondlardagi qoʻlyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik 
qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday 
ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini ta’minlaydi.
Germenevtika
qadimgi yozma matnlar mazmunini izohlash bilan 
shugʻullanadi, matnshunoslik uchun germenevtika asarning qadimda 
tutgan oʻrni, asar umumiy mazmuni kabi ma’lumotlarni beradi.
Ekzegetika
esa diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda 
matnshunoslik ishlari bilan bevosita bogʻlanadi.
Matnshunoslik, eng avvalo, ikki asosiy qismga boʻlinadi: amaliy 
va nazariy matnshunoslik. Nazariy matnshunoslik – sohaning 
umumiy masalalari, matnshunoslik tarixi, matn tuzish tadqiqot 
usullari hamda asosiy tamoyillari kabi masalalarning jamlanmasidir. 
2
Б. В. Томашевский. Писатель и книга. Очерк текстологии. Издание второе. – М.

Искусство

1959. – Б. 30.
11


Hozirgi kunda matnshunoslik nazariy yoʻnalishini ham rivojlantirish 
asosiy masalalardan biri boʻlib qolmoqda.
Amaliy matnshunoslik – muayyan asarning muallif qalamiga 
yaqin eng asl matnini tuzish, sharhlar bilan nashrga tayyorlashni 
bajaradi. Umuman, matnshunoslikning nazariy va amaliy ishlaridan 
maqsad, asarning muallif nusxasiga eng yaqin matnini yaratishdan 
iborat.
Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlashda turli xil 
qarashlar mavjudligi kuzatiladi. Ba’zi olimlar matnshunoslik 
filologiyaning yordamchi tarmogʻi deb hisoblasalar, boshqalari
matnshunoslikni mustaqil fan sifatida e’tirof etishadi. Matnshunoslik 
fan yoki soha ekanligini aniqlash matnshunoslikning tarixi, amaliy 
va nazariy yoʻnalishlari rivojlanishi, shu kungacha erishgan 
natijalari va kelajagiga boʻlgan ilmiy doiraning mulohaza yoki 
fikrlarini ham koʻrsatadi.
S.A.Reyserning bu xususda xulosasi shunday: “Astronomiya 
dengizda sayohat qiluvchilarning amaliy qoʻllanmasidan, geometriya 
yer oʻlchash amaliyotidan fanga aylandi. Xuddi shunday – 
matnshunoslik ham koʻz oʻngimizda nashriyot xodimlari amaliy 
ishlaridan oʻz tadqiqot predmetiga ega boʻlgan filologiyaning 
maxsus fani sifatida shakllanib bormoqda”
3
.
Oʻz tadqiqotlarini asosan qoʻlyozmalar bilan bogʻliq holda olib 
borgan 
adabiyotshunos 
A.Hayitmetov 
matnshunoslikni 
“adabiyotshunoslikning uzviy qismlaridan biri” deb yozadi.
4
A.Habibullayev esa matnshunoslikni “filologiya fanining adabiy, 
tarixiy, ilmiy asarlar hamda tarixiy hujjatlar matnini ilmiy-tanqidiy 
oʻrganish va nashr qilish bilan shugʻullanuvchi sohasidir”
5
, – deb 
hisoblaydi. 
Adabiy manbalar ustidagi tadqiqotlarda matnshunoslikning 
nazariy asoslari ham boʻlishi kerakligini qayd etarkan, N.Shodmonov 
matnshunoslik masalalariga e’tibor qaratadi va matnshunoslik butun 
3
Рейсер С. А. Палеография и текстология нового времени. – М.

Просвещение

1970.
– Б.98.
4
Қаранг

Ҳайитметов А. Матншунослик муаммолари//Шарқ юлдузи

1982

№ 3. – 
Б.167.
5
Ҳабибуллаев А. Адабий манбашунослик ва матншунослик. – Тошкент

Тошкент 
Давлат Шарқшунослик институти

2000. – Б. 86.
12


dunyoda, jumladan, Oʻzbekistonda ham alohida mustaqil fan sifatida 
e’tirof qilinganligini ta’kidlaydi.
6
Bunday turli xulosalarning yuzaga kelishiga sabab 
soha, 
dissiplina, fan
soʻzlarining asosiy ma’nosiga e’tibor bermaslik yoki 
aralashtirib qoʻllashdan kelib chiqadi. Rus olimlari koʻproq 
matnshunoslikni “filologik dissiplina” deb yuritishlari kuzatiladi. 
Aslida 
dissiplina
soʻzi lotincha 
“oʻqish, tarbiya, maktab”
ma’nolarini berib, faoliyatning bir qismi, qaysidir fanning mustaqil 
sohasi hisoblanadi.
Umuman olganda, matnshunoslikning fan yoki sohaga oid 
boʻlishi haqida aniq xulosaga kelishning oʻzi munozaralidir. 
Ravshanki, matnshunoslik XIX asr oʻrtalarigacha toʻliq soha yoki 
fan sifatida shakllanmagan, u XX asr boshlariga qadar adabiy, tarixiy 
asarlar nashrida zaruriy boʻlib, vazifasi ham asosan amaliyot talablari 
bilan cheklangan. Matnshunoslik keyingi davrlarda nazariy 
ishlanmasi, metodikasi va vazifalarining aniq belgilanishiga erishdi. 
Bu kabi ilmiy-tadqiq natijalari uning inson bilim tizimida fan sifatida 
tavsiflanishiga olib keldi. Lekin matnshunoslikni filologiyaning 
tarixiy-adabiy dissiplinasi yoki maxsus sohasi deb ta’riflash koʻproq 
uning imkoniyatlarini aniq va toʻla namoyon etadi. Matnshunoslikka 
fan deb yondashilganda esa, boshqa sohalar bilan bogʻliq aralashuvi 
yuzaga keladi va matnshunoslikning oʻziga xos xususiyatlari yaqqol 
koʻrinmaydi. 
D.S.Lixachev 
ta’kidlaganidek, 
matnshunoslik 
filologiyaning sohasi boʻlib qoladi, hatto tarixiy manbalar matnini 
oʻrgangan holda ham tarix fanining bir tarmogʻi sifatida talqin 
etilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
7
Yana bir jihati, mustaqil boʻlgan 
holda matnshunoslik adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi bilan uzviy 
bogʻlanadi va ular aslida matnshunoslik bazasini tashkil etadi. 

Download 7,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish