Ma’ruza. Kirish. Matnshunoslikfaniningpredmetivavazifalari reja



Download 36,09 Kb.
bet1/2
Sana10.07.2022
Hajmi36,09 Kb.
#767965
  1   2
Bog'liq
1 ma\'ruza Kirish Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalar


MA’RUZA. Kirish. Matnshunoslikfaniningpredmetivavazifalari
REJA:
1. Matnshunoslikfaniningpredmeti
2. Matnshunoslikfaniningvazifalari
3.Rus matnshunoslaridan D.S.Lixachev, B.V.Tomashevskiyning ilmiy qarashlari.
Matnshunoslik sohasi filologiya fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, yozma yodgorliklarning asl matnini tiklash hamda ularni nashr ettirishning nazariy va amaliy jihatlari bilan shug‘ullanadi. Matnshunoslikning asosiy vazifasi qo‘lyozma yoki toshbosma nusxadagi muayyan asarning matnini muallif qalamidan chiqqan asl holatini tiklash va nashr ettirishdir.
Izohli lug‘atda “matnshunoslik” istilohiga shunday ta’rif beriladi: “Matnshunoslik – adabiyot va folklorga oid qo‘lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning haqiqiy, asl matnlarini aniqlash va tanqidiy o‘rganish, sharhlab e’lon(nashr)qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boruvchi yordamchi tarixiy-filologik fan sohasi; tekstologiya”1.
O‘zbek tilida bu istiloh arabcha “matn” (ﻤﺘﻥ) lug‘aviy ma’nosi – mustahkam, pishiq, qattiq degani bo‘lib, qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi “shunos”(“tanimoq”, “bilmoq” ma’nolarini ifodalovchi forscha “shenoxtan” fe’lidan olingan) va turkiy “-lik” ot yasovchi qo‘shimcha tarkibidan yasalgan.
“Matnshunoslik” istilohining fanda qachondan qo‘llana boshlangani borasida rus paleografiyasi tarixi va zamonaviy matnshunoslik ishlari, xususan, XVIII – XX asrlarda amalga oshirilgan nashrlarni o‘rgangan S. A. Reyser shularni yozadi: “Tekstologiya so‘zi nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. Bu so‘z 1930-yillar o‘rtalarida birinchi marta B. V. Tomashevskiy tomonidan 1926/27 o‘quv yili Leningrad san’at tarixi instituti kurslarida qo‘llangan. 1957–1967 yillar oralig‘ida birin-ketin SSSR Fanlar akademiyasining Jahon adabiyoti institutida “Tekstologiya masalalari” nomi bilan to‘rt to‘plam: “Tekstologiya asoslari”, “X–XVII asrlar rus adabiyoti materiallarida tekstologiya”, “Tekstologiya. Qisqacha ocherk” kabi ahamiyatli kitoblar bosiladi. “Tekstologiya” garchi yangi istiloh hisoblansa–da, lekin tushunchaning o‘zi qadimiydir.
Download 36,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish