Dars turi:
ma’ruza
Darsning rejasi:
1. Oʻzbek matnlari tarixi va uning oʻziga xos jihatlari
2. Jahon matnshunoslik tajribalari
3. Rus matnshunos olimlari qarashlari
Tayanch soʻz va asosiy tushunchalar:
matnshunoslik,
tekstologiya, uygʻonish davrida antik adabiyot yodgorliklari,
yozuvchi ijodiy laboratoriyasi, antik, oʻrta asr va yangi adabiyot,
qoʻlyozma asarlar, muallif tahrirlari, variantlar.
Matnshunoslik, “tekstologiya” – yordamchi tarixiy-filologik fan
sohasi, adabiyot va folklorga oid qoʻlyozma asarlarni, tarixiy
hujjatlarni, ularning aniq matnlarini aniqlash va tanqidiy oʻrganish,
sharhlab eʼlon qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boradi.
Matnshunoslikning vazifasi matnni har tomonlama tadrijiy tanqidiy
(matn tarixiga chuqur kirib borish, matnni yaratishda foydalanilgan
manbalarni, muallif tahrirlari, variantlari va boshqalar) oʻrganib,
nashrga tayyorlashdan iborat.
Matnshunoslikning quyidagi asosiy
xillari farqlanadi: antik, oʻrta asr va yangi adabiyot
. Mas., qad.
yunon olimi Aristarx (miloddan avvalgi II asr) Gomer asarlari
matnini tanqidiy oʻrgangan. Sharq islom olamida VII asrdan
6
hozirgacha bir harfi oʻzgarmay, mashhur xattotlar tomonidan
minglab nodir nusxalarda koʻchirilgan qoʻlyozmalardan biri
muqaddas Qurʼoni Karim matnidir. Ular dunyoning turli joylaridagi
kutubxonalarda saqlanadi. Uygʻonish davrida antik adabiyot
yodgorliklarining dastlabki koʻrinishlarini, asliy matnlarini tiklashga
qiziqish kuchaygan.
Oʻzbekistonda matnshunoslik oʻz tarixiga ega. 1400 yil
davomida Oʻzbekiston olimlarining arab, fors va oʻzbek tilida
yaratgan koʻplab yirik durdona asarlari oʻz davrida, undan keyingi
davrlarda oʻrganilib, xattotlar tomonidan koʻchirilib, xato-nuqsonlari
boshqa nusxalar orqali toʻgʻrilanib, hozirgi kunimizga qadar yetkazib
kelingan. Bu ishga rus olimlari V.V.Bartold, I.Yu.Krachkovskiy,
A.K.Borovkov, A.N.Kononov va boshqalar ham munosib hissa
qoʻshishdi. Respublikamizda matnshunoslik boʻyicha ishlar
Oʻzbekiston FA Til va adabiyot, Sharqshunoslik institutlarida olib
borilmoqda. Alisher Navoiy asarlarining ilmiy tanqidiy matnlarini
tayyorlash va nashr ettirishni S.Ayniy (“Hamsa”ning qisqartirilgan
nashri),
O.Sharafiddinov,
I.Sultonov
(“Mezon
ul
avzon”),
A.N.Kononov (“Mahbub ul qulub”) va boshqalar amalga oshirdilar.
Matnshunos olim P.Shamsiyev Navoiy “Hamsa”sining toʻla va yaxlit
bir kitob holida nashrga tayyorlash borasida murakkab matnchilik
yuzasidan tadqiqiy ishlar olib bordi. Natijada, “Hamsa”ga kirgan
besh doston: “Hayrat ul abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va
Majnun”, “Sabʼai sayyor”, “Saddi Iskandariy”larning barcha
nashrlarini Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib va boshqa kotiblar
tomonidan koʻchirilgan nusxalari bilan qiyoslab, “Hamsa” ning asl
matniga yaqin keladigan ilmiy tanqidiy matnini tayyorladi va 1960-
yil nashr ettirdi. Hamid Sulaymonov Navoiyning “Xazoyin
ulmaoniy” asari tanqidiy matnini tayyorlab nashr ettirdi (1958–
1961). S.Gʻaniyeva “Majolis un nafois” asari tanqidiy matnini
tayyorladi.
Oʻzbek
olimlardan
S.Mirzayev,
Gʻ.Karimov,
S.Mutallibov,
S.Dolimov,
R.Majidiylarning
matnchilikdagi
xizmatlari natijasida bir qator oʻzbek mumtoz shoirlarining asarlari
nashr etildi.
Adabiyotshunoslikning muayyan amaliy vazifalarni bajarish
bilan shugʻullanuvchi matnshunoslik, manbashunoslik, kitobiyot
(bibliografiya) kabi qator yordamchi sohalari mavjud.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |