Matnshunoslik.
Matnshunoslik bobidagi ilmiy izlanishlarning
oxir natijasi adabiyot tarixi va nazariyasi uchun manbaviy asos
yaratib berish boʻlganligidan unga adabiyotshunoslikning yordamchi
sohalaridan biri sifatida qarab kelinadi. Shunga qaramay,
matnshunoslikni filologik fanlarning alohida tarmogʻi, mustaqil bir
sohasi sifatida tushunish toʻgʻriroq boʻladi. Negaki, birinchidan,
matnshunoslik faoliyati adabiyotshunoslik, tilshunoslik va tarix
fanlari kesishgan nuqtada kechadi; ikkinchidan, matnshunoslikning
oʻzi ilmiy izlanishlarida qator yordamchi sohalarni (paleografiya,
uslubshunoslik, arxeografiya va h.) oʻziga xizmat qildiradi. Adabiy
matnlarni oʻrganish va nashrga tayyorlash matnshunoslikning
vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |