Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

bo„dun o„lurayin, urug„siratayin”, tip armis, yo„qadu barir armis. Uza turk 
tangrisi, turk iduq subi yiri ancha timis: “turk bo„dun yo„q bo„lmazun”, tiyin, 
“bo„dun bo„lchun, tiyin”, qangim Iltaris qag„anig„, o„gim Ilbilga qatunig„ Tangri 
to„pasinta tutup yo„garu ko„turmis arinch. Qangim qag„an yiti yigirmi arin 
tashiqmis, tashra yo„riyur, tiyin, ku asidip baliqdaqi tag„iqmis, tag„daqi inmis, 
tirilip yatmis ar bo„lmis. Tangri kuch bartuk uchun qangim qag„an susi bo„ri tag 
armis, yag„isi qo„ny tag armis, ilgaru, qurig„aru sulap tirmish
...‖ (Ktu 9-12) – 
Tabg‗ach xoqoniga dushman bo‗ldi, dushman bo‗lib, quvilib, o‗zini tiklashga umid 
qilib, yana taslim bo‗libdi. SHuncha mehnatini, kuchini sarf etganini andisha 
qilmay, Tabg‗ach xoqoni ―turk xalqini o‗ldirayin, urug‗ini qoldirmayin‖, der ekan, 
uni yo‗qotib borayotgan ekan. YUqorida turk tangrisi, turkning muqaddas suvi eri 
shunday degan ekan: ―Turk xalqi yo‗q bo‗lmasin‖, deb ―xalq bo‗lsin‖, deb otam 
Eltarish xoqonni, onam Ilbilga xotunni Tangri tepada tutib, yuqori ko‗targan ekan. 
Otam xoqon o‗n etti yigiti bilan toqqa chiqib ketgan, tashqarida yuribdi, degan 
xabarni eshitib, shahardagi toqqa chiqibdi, tog‗dagilar pastga tushibdi, yig‗ilib, 
etmish jangchi bo‗libdi. Tangri kuch bergani uchun, otam xoqonning qo‗shini 
bo‗riday ekan, dushmani qo‗yday ekan, sharqqa, g‗arbga qo‗shin tortgan ekan... 
Mazkur parchadagi Tangri so‗zi ―xudo‖ ma‘nosida qo‗llangani bois, turk 
xalqining asirlikdan qutulishi, muvaffaqiyatlari, dushman ustidan g‗olib kelgani 
Tangriga, ya‘ni xudoga bog‗liq qilib qo‗yilgan. Turk xalqini Tangri, shuningdek, 
er-suv o‗limdan – er ostidan qutqarib, yuqoriga – uchinchi qavat olamga ko‗tardi, 
Eltarish xoqon o‗n etti yigitni butun boshli lashkarga aylantirgan ekan, bu ham 


Tangrining himoyasi ostida bo‗ldi. Eltarishning qo‗shinini bo‗riday va 
dushmanning lashkarini qo‗yday qilgan ham Tangridir. ―xudo‖ ma‘nosida 
qo‗llangan Tangri bilan ―osmon‖ ma‘nosida qo‗llangan tangrini mualliflar juda 
yaxshi farqlaganlar – ko‗k so‗zi faqat osmon ma‘nosidagi tangri so‗ziga nisabatan 
qo‗llangan; ―xudo‖ ma‘nosidagi Tangri so‗zi oldidan ―ko‗k‖ so‗zi ishlatilmaydi. 
―Osmon‖ ma‘nosidagi tangrigina qadimgi turkiy mifologiyada ota deb tasavvur 
qilingan. Muallif Yo‗llig‗ tigin ham. Qolaversa, jamiki turkiy qavmlar ―xudo― va 
‖osmon‖ ma‘nosidagi tangrilarni yaxshi farqlaganlar, balki Tangrining xudoga 
aylangani haqida mif bo‗lgan bo‗lishi mumkin. Zotan, bu bitigtoshlarda ―xudo‖ 
ma‘nosidagi Tangri ruhiy ma‘no ifodalab, u haqdagi mifologik tasavvur 
saqlangan, xolos. Tangri haqida mifga ishora qiladigan bir dalil bor. Bu – Irq 
bitigining birinchi hikoyasidagi Tinsi timsolidir. Tinsi – xitoy podshohining 
unvonidir. Qadimgi turkiy qavmlarning tasavvuriga ko‗ra, odam tushida Tinsini 
ko‗rsa, hayotda muvaffaqiyatga erishar ekan.
Tangri (xudo)ning qadimgi turkiy mifologiyada, himoyachi vazifasidan tashqari, 
yana jazolovchi vazifasi ham bor: Tangri ancha timis irinch: ―qan birtim‖. 
(Qaningin) qo‗dip ichikding, ichikduk uchun tangri ―ol‖ timis, arinch, turk bodun 
olti, alqinti, yo‗q bo‗lti (To‗n., 2-3) – Tangri shunday degan, shekilli: ―xon 
berdim‖. (Xoningni) qo‗yib, taslim bo‗lding, taslim bo‗lganing uchun Tangri ―o‗l‖ 
degan, shekilli, turk xalqi o‗ldi, zaiflashdi, yo‗q bo‗ldi.
O‗z xonidan yuz o‗girgan turkiy qavmlarni Tangri qattiq jazoga yo‗liqtirdi – 
o‗limga, yo‗qolib ketishga mahkum qildi, ularni shu yo‗l bilan jazoladi.
Qadimgi turkiy bitigtoshlarning mifologik tizimida Umay kulti ham bor. Bu kult 
onalarni va bolalarni himoya qiluvchi iloh. Qadimgi turkiylarda Tangri (xudo)ning 
umr yo‗ldoshi deb tasavvur qilingan. 
Tangri, Umay, iduq yir sub basa barti arinch
(To‗n., 38) – Tangri, Umay, muqaddas er-suv mag‗lub qilib bergan, shekilli.
Mahmud Koshg‗ariy ―Devonu lug‗atit-turk‖ asarida Umay haqida to‗xtalib, 
quyidagicha izohlaydi: ―umay – yo‗ldosh; (Tuqqan xotinlar qornidan chiqadigan 
narsa). Uni bolaning qornidagi hamrohi – yo‗ldoshi deyiladi. SHunday maqol ham 
bor: Umayqa tabinsa, o‗g‗ul bo‗lur – kimki umayga xizmat qilsa, u o‗g‗il ko‗radi, 
demakdir. Xotinlar yaxshilik kutadilar‖. Mahmud Koshg‗ariyning Umay haqida 
bergan ma‘lumoti shundan iborat. Qadimgi davrlardan tortib XX asrning 
boshlariga qadar Umay bolalarni asrovchi iloh sifatida xalq orasida yashayvergan. 
Ayrim turkiy xalqlar mifologiyasida, masalan, xakas, shor, beltir xalqlarida 
Imay
tarzida ham qo‗llanadi. Mahmud Koshg‗ariyning ko‗rsatishicha, tubutlar onani 
uma
deb aytar ekanlar, shuningdek, uyga kelgan mehmonni ham uma der ekanlar 
(Devonu lug‗atit-turk, 1 jild, 118-bet). 
Umay\Imay
kultining ma‘no va vazifalari 
ko‗p. SHu bois ayrim olimlarning, Umay eron mifologiyasida Xumoydan kelib 
chiqqan, degan fikrlari o‗zini oqlamaydi. Xumoy qushi soyasini insonga solganda, 
inson baxtli bo‗lar ekan. Umay kulti Sibir turkiy xalqlarida keng ma‘noda 
ishlatiladi. Umay bu xalqlarda faqat bolalarni himoya qiluvchigina emas, balki 
bolalarning jonini oluvchi sifatida ham talqin qilingan.
11
11
Потапов Л.П. Умай 
– божество древних тюрков. Тюркологический сборник, 1972, Главная редакция 
восточной литературқ, М.: 1972, 275-бет. 


Turk-budda mifologiyasida Umay kultining turkiy yozma yodgorliklaridan va 
udumlaridan keskin farq qiladigan jihatlari bor. ―Oltin yorug‗‖da buning 
namunasini ko‗ramiz. Buddaviylik aqidasiga ko‗ra, ―qayta tug‗ilgan‖ jonzotlar, 
shu jumladan, insonlar ham, bo‗disatvga aylanadilar, ya‘ni komillikka erishadilar. 
Jonzotlarning bu jarayonni bosib o‗tishlarini Zervan jonzot bolalariga quyidagicha 
uqtiradi: ―(Ey)olamni, eru suvni muhofaza etuvchilar! Sizlar shuni bilinglar: 
foyda, manfaat keltirgani jamiki jonzotlar bolalariga, el-ulusga boshchilik qilish 
qonuni bilan so‗ragan bo‗lsangizlar, ijozat bering, uni endi men (sizlarga) aytayin. 
Diqqat bilan eshitinglar: ilgari qilgan yaxshi ishlar tufayli tangri zaminida 
tug‗ilganda tangri xoni bo‗ladilar. Qachon qayta tug‗ilib, insonlar orasiga 
tushganda, insonlar xoni bo‗ladilar. Hukmronlik qiluvchi o‗z qudrati, irodasi bilan 
jamiki jonzotlar(ni) birgalikda muhofaza qiladilar. SHundan keyin xavf-xatarsiz 
ona qorniga kiradilar. Qachon kirsalar ona qorniga, Umay onaday u erda ham 
tangrilar muhofaza qiladilar. Tug‗ilsa, ham insonlar (orasi)da –insoniyat erida ko‗p 
izzat-hurmatli bo‗lmoqdan uni tangri deb aytadilar‖ (V111 28a/20-28b/21). 
―Oltin yorug‗‖dan keltirilgan bu parchada Umay ona kulti diqqatga sazovor. 
Garchi ―Oltin yorug‗‖ sanskritchadan xitoychaga va xitoychadan qadimgi turkiyga 
tarjima qilingan bo‗lsa ham (1X asr oxirida), Umay kulti tarjima jarayonida 
kiritilganini ta‘kidlash darkor. Parchadagi Umay ona kulti buddaviylikning aynan 
―qayta tug‗ilish‖ aqidasiga moslashtirilgani uchun uning yana bir xususiyati 
namoyon bo‗lgan. Umay ona ―Oltin yorug‗‖da ―qayta tug‗iladigan‖larni muhofaza 
qiluvchi iloh deb talqin qilingan.
Umuman olganda, qadimgi turkiy miflarning ildizlari juda ko‗hna, ishonchli 
manbalarda saqlangani bilan diqqatga sazovor. Qolaversa, turkiy miflar o‗zlikni 
anglashning bitta omili, shu bois bu miflar ajdodlarimizning ma‘naviy hayotida 
muhim rol o‗ynagani shubhasiz.

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish