Nasimxon rahmonov


“G„aznaviylar davri adabiyoti



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

“G„aznaviylar davri adabiyoti
‖ degan 
nom ostida alohida davrni Beruniyning badiiy adabiyotga, adabiy janrlarga bo‗lgan 
munosabati, uning qarashlari belgilaydi. Biz uchun muhimi shu - uning ilmiy 
faoliyati, G‗aznaviylar sulolasida yaratgan adabiyot va adabiyoshunoslikka oid 
qarashlari alohida adabiy davr haqida so‗z yuritish imkonini berganidir. SHu bois, 
birinchi navbatda, ―G‗aznaviylar davri adabiyoti‖ni alohida adabiy davr sifatida 
baholar ekanmiz, Beruniyning ―Osor ul boqiya‖ (―Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar‖) asaridagi adabiy janrlar, adabiyotshunoslikka oid kuzatishlariga, 
qolaversa, ―Hindiston‖ asarida afsona va rivoyatlarga tayanamiz. SHuningdek, Ibn 
Sinoning ―Tayr‖, ―Solomon va Ibsol‖ qissalari ham G‗aznaviylar davri 
adabiyotining bir qismidir. 
Savol tug‗ilishi mumkin: Beruniy bironta asarini o‗zbek tilida yozmagan 
bo‗lsa, qanday qilib uning tarixiy-etnografik asarlarida keltirilgan adabiy janrlar 
o‗zbek adabiyotining mulki deb ayta olamiz? Jahon adabiyotida shu qoida 
ma‘lumki, til muammosi har doim ham masalani hal qilavermagan. Masalan, 
Bibliyaning YAngi Ahd qismini yahudiy xalqi o‗zining mulki, o‗zining badiiy 
asarlari, madaniy merosi sifatida qadrlaydi. Lekin YAngi Ahd asosan yunon tilida 
etib kelgan. Ammo yunonlar hech qachon YAngi Ahd muallifligiga da‘vo qilgan 
emaslar. Bunga o‗xshash misollarni boshqa xalqlarning qadimgi adabiyotidan 
namuna sifatida keltirish mumkin. Biz esa faqat bir misol bilan cheklanamiz. 
O‗rta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi davrida turkiy yoki o‗zbek adabiyoti 
tanazzulga yuz tutdi. O‗rta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligi davriga oid turkiy 
tildagi yozma manbalar yo‗q. Darvoqe, Beruniy O‗rta Osiyoga, xususan, 
Moavarounnahrga arablar istilosi va uning oqibatlari to‗g‗risida shunday yozadi: 
―Qutayba Ibn Muslim al- Bohiliy xorazmliklarning kotiblarini halok etib, 
bilimdonlarini o‗ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, 
o‗z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo‗ldilar‖.
5
4
Некоторые вопросы периодизации узбекской литературы. «Алтаистика и тюркология» ж., Астана, 2013, 
№4. 
5
Абу Рай
ҳ
он Беруний. Фтмиш хал
қ
лардан 
қ
олган ёдгорликлар, Тошкент, Фан, 1968, 84-бет.


 Mana shu dalilning o‗zi ham arab xalifaligi davrida Movarounnahrning madaniy 
holati to‗g‗risida dalolat beradi. Ammo adabiy jarayon to‗xtab qolmadi. YAqin uch 
asr davomida turkiy adabiyotning markazi Movarounnahrdan tashqarida SHarqiy 
Turkistonda, Sibir o‗lkalarida yashadi. Islom madaniyatidan xoli bo‗lgani uchun bu 
adabiyot qadimgi turkiy adabiyotning davomi sifatida yashayverdi.
Arab xalifaligidan keyin paydo bo‗lgan Somoniylar, G‗aznaviylar, Saljuqiylar 
sulolalarida vaziyat tamomila boshqacha. Somoniylar sulolasida fors-tojik 
adabiyoti gullab-yashnadi, Qoraxoniylar davrida garchi arab tili va arab madaniyati 
asosiy o‗rin egallagan bo‗lsa-da, Beruniyning, Ibn Sinoning badiiy ijod sohasidagi 
kashfiyotlari bevosita o‗zbek adabiyotiga ham aloqador. Garchi ularning asarlari 
arab tilida yaratilgan bo‗lsa ham, Beruniyning ―Mineralogiya‖ kitobida keltirilgan 
hikoyatlar, ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖ asaridagi adabiy parchalar, 
rivoyatlar, afsonalar, Ibn Sinoning ―Tayr‖ va ―Solomon va Ibsol‖ qissalari o‗zbek 
xalqining ham adabiy mulki, o‗sha davrdagi adabiy jarayonning holatini ko‗rsatib 
beradigan manbalardir. SHu bois ―G‗aznaviylar davri adabiyoti‖ davri ham o‗zbek 
adabiyotining bir bo‗lagi sifatida o‗qitilishi lozim, deb bilamiz.
Sulolalar tarixi davrlashtirishning bir mezoni bo‗lishi mumkin ekan.
Bunday holda albatta adabiy jarayonda jiddiy o‗zgarishlar bo‗lishi, yangi, 
takrorlanmas adabiy muhit yuzaga kelishi shart. Mashhur adabiyotshunos 
N.Mallaev o‗z davrida o‗zbek adabiyotini davrlashtirish haqida so‗z yuritganda, 
sovet mafkurasi nuqtai nazaridan adabiyot bilan xonlar, sulolalar tarixi va nomi 
o‗rtasiga qat‘iy chegara qo‗ygan edi. U o‗zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish 
tamoyillari va omillari sifatida quyidagilarni ko‗rsatdi: ―...adabiyot tarixi xalq 
tarixining uzviy bir qismi bo‗lib, uni davrlashtirishda, bir tomondan, jamiyatning 
umumiy taraqqiyot qonuniyatlariga, ikkinchi tomondan, adabiyot taraqqiyotining 
o‗ziga xos xususiyatlariga asoslanish lozim‖.
6
N.Mallaevning davrlashtirish 
tamoyillari bu o‗rinda aniq belgilangan. Darslik muallifi adabiyotshunoslikda 
erishilgan yutuqlar, xususan, adabiyotni davrlashtirish tamoyillarining eskicha 
usullari bilan o‗zining davrlashtirish tamoyillari o‗rtasida tamomila farq borligini 
dalillashga harakat qiladi: ―...sovet adabiyotshunosligi o‗zbek adabiyoti tarixini 
o‗rganish sohasida yo‗l qo‗yilgan xatolarga, jumladan, adabiyot tarixi taraqqiyotini 
sulolalar yoki podsholarning, xonlarning kelib-ketishlari tarixiga qarab 
davrlashtirish mayllariga uzil-kesil barham berdi‖.
7
N.Mallaev ma‘lum darajada 
haq, u sulolalar hukmdorlari bilan adabiy jarayon taqdirini belgilash tarafdori emas 
va adabiyotni davrlashtirishda ham tamomila bu tamoyildan Sovet davrida voz 
kechilganini ta‘kidladi. Ammo masala boshqa yoqda – adabiy jarayonning ma‘lum 
bir xonlik davridagi o‗ziga xos, takrorlanmas xususiyatlari – adabiy jarayonning 
yuksalishi yoki tanazzuli, adabiyotga yangicha yondashuv davrlashtirish uchun 
tamoyil bo‗lishi kerakmi yoki yo‗qmi? SHubhasiz, ma‘lum bir sulolalar va 
xonliklarning adabiy jarayonni yangi o‗zanga burib yuborgani aniq va bunga 
misollar ham ko‗p. Bu holatni Qoraxoniylar sulolasida ham, Oltin O‗rda 
adabiyotida ham, Temuriylar davri adabiyotida ham ko‗rish mumkin. SHu bois biz 
6
Ðàëëàåâ Í.Ð. ¡çáåê àäàáè¸òè òàðèõè. Áèðèì’è êèòîá (ÕVII àððãà’à) ―¡
қ
èòñâ’è‖ ìàøðè¸òè, Óîøêåìò, 1976. 7-áåò
7
Ðàëëàåâ Í.Ð. Þ
қ
îðèäàãè àðàð, 8-áåò


o‗zbek adabiyotida ma‘lum sulolalar davrida o‗ziga xos mezon, tamoyillar, uslub 
shakllangani uchun, adabiyotni davrlashtirishda sulolalar tarixiga tayanamiz va shu 
nom bilan ataymiz. 
O‗zbek adabiyotining ilk mumtoz va o‗rta asrlar davridagi bosqichlariga 
nazar tashlasak, yana bir hodisaning guvohi bo‗lamiz. Bu adabiy jarayonning
uzluksizligi masalasidir. Adabiy jarayonning uzluksizligini ta‘minlaydigan omillar 
va vositalar ma‘lum syujetlar, yoki badiiy tasvir vositalaridir. Aytaylik, qadimgi 
turkiy adabiyotdan ilk klassik davrga o‗tish jarayonida shunday hodisani kuzatish 
mumkin. Jumladan, qadimgi turkiy run yozma yodgorliklarini yozma adabiyotning 
namunasi sifatida tahlil va talqinlar ilk klassik davr adabiyotidan uzilmasdan, 
obrazlar, badiiy tasviriy vositalari orqali davom etdi. Masalan, ―Qutadg‗u bilig‖ 
bilan turkiy run yozuvlari o‗rtasidagi aloqalar shundan dalolat beradi. Ikki davr 
adabiyotining – islomgacha va islomdan keyingi davr adabiyotining o‗rtasidagi 
uzluksizlik davrlashtirishga aslo halaqit bermaydi. Bu holat esa qadimgi turkiy 
adabiyotni ikki davrga - islmogacha va islom davridagi adabiyot sifatida 
chegaralab o‗rganishga imkon berdi. 
Qoraxoniylar sulolasi davridagi turkiy adabiyot qadimgi – islomgacha 
bo‗lgan turkiy adabiyotdan farq qiladi. Garchi bu davrdagi adabiyot qadimgi turkiy 
tilda davom etgan bo‗lsa ham, adabiyotning mazmun-mohiyati, adabiy ta‘sir, 
janrlar, vazn – xullas, adabiy jarayon nuqtai nazaridan alohida davr sifatida 
ajratilishini taqozo etadi.
Mo‗g‗ullar istilosi Markaziy Osiyoning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotiga 
jiddiy salbiy ta‘sir etdi. Bu haqda aytib o‗tirishga hojat yo‗q, deb o‗ylaymiz. 
Ammo mo‗g‗ul istilosining, birinchi navbatda, mo‗g‗ullarning o‗zlari uchun, 
ikkinchidan, O‗rta Osiyo turkiy qavmlari uchun ijobiy tomonlari ham bo‗ldi. 
Mo‗g‗ullar uchun ijobiy tomoni shunda bo‗ldiki, na davlat tizimiga, na davlat 
boshqaruvi tizimiga, na turmush madaniyatiga ega bo‗lmagan xalq O‗rta Osiyoga 
kelib, hamma narsani – davlat tuzilishini ham, davlat boshqaruvini ham, turmush 
madaniyatini, jumladan, yozuv madaniyatini ham o‗rgandi. Ikkinchidan, adabiy 
jarayon tamomila boshqa o‗zanga tushdi. Erli xalqning ehtiyojlarini birinchi 
navbatda e‘tiborda tutgan mo‗g‗ul xonlari turkiy tildagi adabiyotga e‘tibor berdilar. 
Ayniqsa, Oltin O‗rda davlati turkiy tildagi, aniqrog‗i, evropaliklar ―chig‗atoycha‖ 
deb ataydigan eski o‗zbek tilidagi adabiyot taraqqiyotiga e‘tibor qaratdilar. Oltin 
O‗rda davlatining poytaxti Saroy shahrida adabiy muhit yuzaga keldi. Qul Ali, 
Mahmud Ali ibn as-Saroyi, Xorazmiy, Rabg‗uziy, Qutb va boshqa qator ijodkorlar 
Oltin O‗rda adabiy muhitini yuzaga keltirdilar. Misr mamluklar davlatidagi turkiy 
adabiyot ham bevosita Oltin O‗rda adabiyotining davomidir.
Oltin O‗rda qulagandan so‗ng, ijtimoiy-siyosiy hayot bilan birga, adabiy, 
madaniy va ilmiy hayot ham o‗zgardi. Adabiy hayotdagi o‗zgarishlar Temuriylar 
davri adabiyotini yuzaga keltirdi.
YUqoridagi qisqacha sharhlardan shu narsa ayon bo‗ladiki, adabiy 
jarayonning o‗zgarishi va taraqqiyoti bevosita va bilvosita sulolalar tarixiga ham, 
sulolalar o‗zgarishi bilan yuzaga kelgan adabiy va madaniy muhitga ham bog‗liq 
ekan. Qolaversa, o‗zbek adabiyoti har bir davrda o‗ziga xos kategoriyalarga – 
muallif pozitsiyasiga, mavzuga, g‗oyaga, muammoga, uslubga va h.larga ega 


bo‗lib, sulolalar tarixi bu kategoriyalarning paydo bo‗lishi va shakllanishida 
muhim rol o‗ynadi. Adabiy jarayondagi ana shu kategoriyalarni inobatga olgan 
holda, XV asrgacha bo‗lgan o‗zbek adabiyoti tarixini quyidagicha davrlashtirib 
o‗rganish maqsadga muvofiq, deb qaraymiz: 
1.Islomgacha bo‗lgan turkiy adabiyot: 
a) Buddaviylik oqimidagi turkiy adabiyot
b) Moniylik oqimidagi turkiy adabiyot 
v) SHomonlik oqimidagi turkiy adabiyot
2. G‗aznaviylar davri adabiyoti 
3. Qoraxoniylar davri turkiy adabiyoti 
4. Oltin O‗rda davri o‗zbek adabiyoti 
5. Temuriylar davri o‗zbek adabiyoti 
Umuman, adabiy jarayonni davrlashtirishda asar yozilgan davrdagi lisoniy 
muhit bosh o‗rin tutib qolmasligi lozim. Ijodkor yashagan ijtimoiy muhit, adabiy 
kategoriyalarning har bir davrda o‗ziga xosliklari va badiiylik tamoyillari asosiy 
mezon bo‗lishi kerak. Zotan, yuqorida aytib o‗tganimizdek, sulolalar tarixi ayni 
ana shu mezonlarga zamin yasaydi. 
Biz o‗zbek adabiyoti tarixini XV asrgacha qaysi omillarga ko‗ra 
davrlashtirish lozim degan savolga javob tariqasida yuqoridagi fikrlarni o‗rtaga 
tashladik. Abdurauf Fitrat, Ko‗prulizoda, Miyon Buzruk kabi ulug‗ olimlarning 
o‗zbek adabiyoti (chig‗atoy adabiyoti)ni davrlashtirish haqidagi qarashlariga 
to‗xtalmadik. Ularning o‗zbek adabiyotini davrlashtirishiga munosabatimiz boshqa 
ishimizda o‗z aksini topgan.
8
8
Рахманов Н.
 
Теоретико-методологические вопросы периодизации узбекской литературы. Астана, 2014.


ISLOMGACHA BO‗LGAN DAVRDAGI QADIMGI TURKIY ADABIYOT 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish