Qadimgi mif va afsonalar
Reja:
1.
Mif nima?
2.
Mif og„zaki adabiyotning shakli sifatida.
3.
Mif - ibtidoiy insonning fikrlash darajasini ko„rsatuvchi omil.
4.
Kosmogonik mif
5.
“Oltun yorug„”da Umay kulti.
Kalit so„z va terminlar: ko„hna badiiy tafakkur, mif, afsona, adabiy jarayon,
muqaddas afsonalar, etiologik mif, kosmogonik mif, antropogonik mif, urxun-
enisey yodgorliklari
.
Qadimgi davrdagi adabiy yodgorliklar sifatida qadimgi mif va afsonalarni
nazarda tutamiz. Talabalar avvalo mif va afsonalar haqida o‗zlarining tasavvur
tushunchalarini, kollej va litseyda bular haqida olgan bilimlarini yana bir bor
jonlantirishlariga imkon berish va o‗qituvchi tomonidan ―Mifni qanday tasavvur
qilasiz?‖ ―Afsonani-chi?‖ kabi savollarni o‗rtaga tashlashi va talabadan javob
kutishi lozim. Agar shu savollar berilmasa va talabalarning bu adabiy jarayon
haqidagi tasavvurlarini o‗qituvchi etarli anglay olmasa, talaba uchun bu dars
zerikarli, avvalgi ta‘lim bosqichida o‗rganganlarining qaytarig‗i bo‗lib qolishi
mumkin.
―Mif nima?‖ degan savol har doim ko‗ndalang bo‗lib turadi. Mif, sodda qilib
aytganda, olamning yaratilishi, insoniyatning kelib chiqishi, shuningdek,
xudolarning, qahramonlarning paydo bo‗lishi, ularning faoliyati haqidagi badiiy,
sodda va ko‗pincha g‗alati ko‗hna badiiy tafakkur mahsuli bo‗lgan parchadir.
Mif
yunoncha so‗z bo‗lib, ―afsona‖, ―rivoyat‖ ma‘nolarini bildiradi. Ammo mifni
afsona bilan bir deb qarab bo‗lmaydi. Mif badiiy tafakkurning eng kichik, sodda,
epik syujetga ega bo‗lmagan ilk badiiy shaklidir. Mif adabiy jarayonning birinchi
bosqichidir. YOki quyidagi ta‘rif mif bilan afsonani yanada aniqroq farqlashga,
ular o‗rtasidagi ayirmani yanada tushunarli qilib ko‗rsatishga xizmat qiladi:
―Miflar - biz hozirda afsona deb ataydigan muqaddas rivoyatlar xarakterini qabul
qiladi, Mif bilan afsona o‗rtasidagi farq tushunarli: mif – tafakkurning beixtiyor
shaklidir, afsona – ongli ijodning mahsulidir‖.
9
Miflar muqaddas afsonalar
‖Adabiy jarayon tushunchasini kengroq tushunish talab etiladi. Insoniyat mif
yaratishni maqsad qilib qo‗ymaydi, balki ma‘lum kultlar, udumlar. urf-odatlarni
bayon qilish natijasida miflarning ayrim turlari kelib chiqadi, Bular ko‗proq
totemistik miflarga, etiologik miflarga (yana qaysilariga?)tegishli.
Badiiy adabiyotning ilk ko‗rinishi – og‗zaki shakli mifdan boshlangan. Mif
qaysidir xalqlarda yozma shaklda saqlanib qolgan bo‗lishi ham mumkin. Masalan,
SHarqdagi aksariyat yozma manbalar – shumer, misr, bobil, xet kabi qator
9
Фрейденберг О.М. Миф ил литература древности. М.:Главная редакция восточной литературқ, 1978, с.119.
qadimiy xalqlarning yozma yodgorliklaridan bir qator miflar bizgacha etib kelgan.
Jumladan, yaratilish (ismlarning, udumlarning, buyumlarning paydo bo‗lishi
haqidagi
etiologik miflar
, yoki olamning paydo bo‗lishi haqidagi
kosmogonik
miflar
; insonning paydo bo‗lishi haqidagi
antropogonik miflar
- bu har uchala mif
turi arxaik miflarning asosiy mazmunini tashkil qiladi) haqidagi miflar yuqorida
aytib o‗tilgan xalqlarning deyarli hammasida bor. Zotan, miflarni qiyosiy-tarixiy
o‗rganish asosida olimlar shunday xulosaga keldilarki, dunyodagi ko‗pchilik
xalqlarning miflarida bir qator mavzular va motivlar takrorlanadi. Masalan,
yuqorida aytilgan uchala mif turini madaniy rivojlangan xalqlarning hammasida
uchratish mumkin.
Ibtidoiy jamiyatda mif olamni tushunish va anglashning asosiy usuli bo‗lgan edi.
SHuning uchun mif ijod qilish insoniyatning madaniy taraqqiyotida muhim hodisa
hisoblanadi. Bu jarayon hamma mif turiga aloqador. Ayni paytda mif shunchaki
qisqa matndan iborat poetik parcha bo‗lib qolmay, u yaratilgan davrdagi olamni his
qilish va olamni anglashni ifodalaydi. Inson ilk yaratilgan davrdan boshlab atrofga
ta‘sirini bildirib qolmasdan, ―idrokli inson‖ sifatida olamni anglab etishiga to‗g‗ri
kelgan. Demak, mif idrokli insonning aqliy faoliyati mahsuli. Mif orqali inson
ibtidoiy holda bo‗lsa ham, olamni ilmiy bilishga harakat qilgan.
Mif - ibtidoiy insonning fikrlash darajasini ko‗rsatuvchi omil. Ibtidoiy inson o‗zini
tabiiy olamdan aniq ajrata bilmagan, shu bois tabiiy ob‘ektlarga o‗z insoniy
xususiyatlarini ko‗chiravergan – tabiiy ob‘ektlar inson kabi hayot kechiradi,
insoniy his-tuyg‗ulari bor, ongli, ma‘lum maqsadga yo‗naltirilgan xo‗jalik
faoliyatini yuritadi, deb bilgan. SHuningdek, inson ibtidoiy bosqichda mavhum
fikrlashni bilmagan. Mifning barcha turlari manbai ana shu fikrlashda. Fetishizm,
animizm va totemizm kabi inonch-e‘tiqodlar ham aslida atrof muhitni
―insonlashtirish‖dan kelib chiqqan.
Turkiy miflar ham ayni shu xususiyatlar va jarayonlarni bosib o‗tgan. Qadimgi
turkiy miflarning manbai urxun-enisey yozma yodgorliklari va qadimgi xitoy
yilnomalarida, ayrim arab, fors va boshqa manbalarda saqlanib qolgan. Qadimgi
turkiy yozma yodgorliklardan Kultigin bititoshining birinchi misrasida olamning
va insoniyatning paydo bo‗lishi haqidagi mif mavjud:
Uza ko„k tangri asra yag„iz
yer qilintuqta akin ara kisi o„g„li qilinmis. Kisi o„g„linta uza achum apam Bo„min
qag„an, Istami qag„an o„lurmis, o„luripan turk bo„dunin alin to„rusin tuta birmis,
ita birmis
– YUqorida ko‗k osmon, ostda qora er qilinganda. Ikkovining orasida
inson bolasi yaratilgan. Inson bolasi ustidan ota-bobom Bo‗min xoqon, Istami
xoqon o‗tirganlar, o‗tirib, turk xalqining davlatini, qonun-qoidalarini ushlab
turgan. rioya qilib turgan.
Qadimgi turkiylar erni - ona, osmonni – ona deb tasavvur qilganlar. Kul tigin
bitigtoshidan olingan bu parcha kosmogonik mifning namunasidir. Bilga xoqon
bitigtoshining boshlanmasida ham aynan shu mif aynan takroranadi.
YOdgorlikning boshlanmasidagi mif turkiy eposlarning boshlanmasida ham
uchraydi. Kultigin bitigtoshi boshlanmasi qadimgi turkiy qavmlarning tarixiy
voqealardan oldingi (doistoricheskiy period) mifologik tasavvurlari va inonch
e‘tiqodlarining manzarasini yaratadi.
Moyun chur bitigtoshining boshlanmasi Kul tigin va bilga xoqon bititoshlariniki
singari mif bilan boshlanadi: Tangrida bo‗lmish, il itmish bilga qag‗an (1) –
Tangridan bo‗lgan, davlatni barpo qilgan dono xoqon.
Kul tigin. Bilgan xoqon va Moyun chur bitigtoshlarining boshlanmasida afsonaviy
epik ruhning borligiga sabab shuki, epik zamonning asosini mif tashkil qiladi.
Mualliflarning maqsadi ilk davrdagi turkiy qavmlarning tarixini hikoya qilishdir.
Tarixiy voqealar va mif bir birini to‗ldiradi.
10
Mifning tarixiy voqealarni tasdiqlash
uchun kiritilishi ayni ana shu o‗rinda o‗z ifodasini topadi. Mazkur mif kosmogonik
miflarning namunasidir.
(Qadimgi turkiy yodgorliklar mifologik tizimida jazo? SHunday sarlavha
kerakmi?)
Qadimgi turkiylarning kosmogonik mifologiyasida quyosh va oy timsoli ham
alohida ahamiyatga ega. Xususan, tongda chiqayotgan quyosh muqaddas sanalgan.
Xoqon qarorgohining darvozasi sharqqa – quyosh chiqadigan tomonga qarab
qurilgan. Xitoy yilnomalarida boshqa muqaddas sanalgan samoviy jismlar qatorida
―etti sayyora‖ni ham eslanadi. Urxun bitigtoshlarida er makon sifatida tasavvur
qilingan bo‗lib, to‗rt tomon va to‗rt burchak bilan chegaralangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |