qadimiy xalqlarning yozma yodgorliklaridan bir qator miflar bizgacha etib kelgan.
Jumladan, yaratilish (ismlarning, udumlarning, buyumlarning paydo bo‗lishi
haqidagi
etiologik miflar
, yoki olamning paydo bo‗lishi haqidagi
kosmogonik
miflar
; insonning paydo bo‗lishi haqidagi
antropogonik miflar
- bu har uchala mif
turi arxaik miflarning asosiy mazmunini tashkil qiladi) haqidagi miflar yuqorida
aytib o‗tilgan xalqlarning deyarli hammasida bor. Zotan, miflarni qiyosiy-tarixiy
o‗rganish asosida olimlar shunday xulosaga keldilarki, dunyodagi ko‗pchilik
xalqlarning miflarida bir qator mavzular va motivlar takrorlanadi. Masalan,
yuqorida aytilgan uchala mif turini madaniy rivojlangan
xalqlarning hammasida
uchratish mumkin.
Ibtidoiy jamiyatda mif olamni tushunish va anglashning asosiy usuli bo‗lgan edi.
SHuning uchun mif ijod qilish insoniyatning madaniy taraqqiyotida muhim hodisa
hisoblanadi. Bu jarayon hamma mif turiga aloqador. Ayni paytda mif shunchaki
qisqa matndan iborat poetik parcha bo‗lib qolmay, u yaratilgan davrdagi olamni his
qilish va olamni anglashni ifodalaydi. Inson ilk yaratilgan davrdan boshlab atrofga
ta‘sirini bildirib qolmasdan, ―idrokli inson‖ sifatida olamni anglab etishiga to‗g‗ri
kelgan. Demak, mif idrokli insonning aqliy faoliyati mahsuli. Mif orqali inson
ibtidoiy holda bo‗lsa ham, olamni ilmiy bilishga harakat qilgan.
Mif - ibtidoiy insonning fikrlash darajasini ko‗rsatuvchi omil. Ibtidoiy inson o‗zini
tabiiy olamdan aniq ajrata bilmagan, shu bois tabiiy ob‘ektlarga o‗z insoniy
xususiyatlarini ko‗chiravergan – tabiiy ob‘ektlar inson kabi hayot kechiradi,
insoniy his-tuyg‗ulari bor, ongli, ma‘lum maqsadga yo‗naltirilgan xo‗jalik
faoliyatini yuritadi, deb bilgan.
SHuningdek, inson ibtidoiy bosqichda mavhum
fikrlashni bilmagan. Mifning barcha turlari manbai ana shu fikrlashda. Fetishizm,
animizm va totemizm kabi inonch-e‘tiqodlar ham aslida atrof muhitni
―insonlashtirish‖dan kelib chiqqan.
Turkiy miflar ham ayni shu xususiyatlar va jarayonlarni bosib o‗tgan.
Qadimgi
turkiy miflarning manbai urxun-enisey yozma yodgorliklari va qadimgi xitoy
yilnomalarida, ayrim arab, fors va boshqa manbalarda saqlanib qolgan. Qadimgi
turkiy yozma yodgorliklardan Kultigin bititoshining birinchi misrasida olamning
va insoniyatning paydo bo‗lishi haqidagi mif mavjud:
Uza ko„k tangri asra yag„iz
yer qilintuqta akin ara kisi o„g„li qilinmis. Kisi o„g„linta uza achum apam Bo„min
qag„an, Istami qag„an o„lurmis, o„luripan turk bo„dunin alin to„rusin tuta birmis,
ita birmis
– YUqorida ko‗k osmon, ostda qora er qilinganda. Ikkovining orasida
inson bolasi yaratilgan. Inson bolasi ustidan ota-bobom Bo‗min xoqon, Istami
xoqon o‗tirganlar, o‗tirib, turk xalqining davlatini, qonun-qoidalarini ushlab
turgan. rioya qilib turgan.
Qadimgi turkiylar erni - ona, osmonni – ona deb tasavvur qilganlar.
Kul tigin
bitigtoshidan olingan bu parcha kosmogonik mifning namunasidir. Bilga xoqon
bitigtoshining boshlanmasida ham aynan shu mif aynan takroranadi.
YOdgorlikning boshlanmasidagi mif turkiy eposlarning boshlanmasida ham
uchraydi. Kultigin bitigtoshi boshlanmasi qadimgi turkiy qavmlarning tarixiy
voqealardan oldingi (doistoricheskiy period) mifologik tasavvurlari va inonch
e‘tiqodlarining manzarasini yaratadi.
Moyun chur bitigtoshining boshlanmasi Kul tigin va bilga xoqon bititoshlariniki
singari mif bilan boshlanadi: Tangrida bo‗lmish, il itmish bilga qag‗an (1) –
Tangridan bo‗lgan, davlatni barpo qilgan dono xoqon.
Kul tigin. Bilgan xoqon va Moyun chur bitigtoshlarining boshlanmasida afsonaviy
epik ruhning borligiga sabab shuki, epik zamonning asosini mif tashkil qiladi.
Mualliflarning maqsadi ilk davrdagi turkiy qavmlarning tarixini hikoya qilishdir.
Tarixiy voqealar va mif bir birini to‗ldiradi.
10
Mifning tarixiy voqealarni tasdiqlash
uchun kiritilishi ayni ana shu o‗rinda o‗z ifodasini topadi. Mazkur mif kosmogonik
miflarning namunasidir.
(Qadimgi turkiy yodgorliklar mifologik tizimida jazo?
SHunday sarlavha
kerakmi?)
Qadimgi turkiylarning kosmogonik mifologiyasida quyosh va oy timsoli ham
alohida ahamiyatga ega. Xususan, tongda chiqayotgan quyosh muqaddas sanalgan.
Xoqon qarorgohining darvozasi sharqqa – quyosh chiqadigan tomonga qarab
qurilgan. Xitoy yilnomalarida boshqa muqaddas sanalgan samoviy jismlar qatorida
―etti sayyora‖ni ham eslanadi. Urxun bitigtoshlarida er makon sifatida tasavvur
qilingan bo‗lib, to‗rt tomon va to‗rt burchak bilan chegaralangan:
Do'stlaringiz bilan baham: