Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Zardushtiylik ta‟limoti
. Ayrim evropalik olimlarning aytishlaricha, Zardusht 
o‗z davrida ta‘qibga uchragan. Ammo u buyuk payg‗ambar, insoniyat najotkori 
deb e‘tirof etilgan. Ko‗pchilik adabiyotlarda Zardusht miloddan oldingi XII-VII 
asrlar oralig‗ida, miloddan oldingi X asrda yashagan deb ko‗rsatiladi. Zardushtning 
o‗z davridagi siyosiy vaziyatda muhim rol o‗ynagani uni najotkor sifatida talqin 
qilishga sabab bo‗lgan bo‗lsa ehtimol. Kohinlar xalqqa qarshi yaylovlarni tortib 
olib, xalq jamoa bo‗lib ishlaydigan ibodatxonalarni vayron qilib, o‗zlarining 
siyosatini yurgizar edilar. Buning ustiga, eski kultlarga sig‗inish oqibati ham 
kohinlar va zodagonlarning manfaati uchun mos edi. Mana shunday tarang 
vaziyatda Zardusht keng ommaning manfaatlarini himoya qilib, o‗troq chorvador 
qabilalarning vakili sifatida maydonga chiqdi va payg‗ambar deb e‘tirof etildi. 
Zardusht ta‘qibga uchragani uchun ham ongli ravishda unutilgan bo‗lishi aniqroq. 
YAngilik va yangi g‗oyalarning taqdiri har doim oson kechavermagan.
Xo‗sh, Zardusht yaratgan ta‘limotning mohiyati nimadan iborat? U qanday 
shakl va mazmundagi ta‘limot edi? Uning ta‘limoti – ezgulik va yovuzlik ruhlari 
o‗rtasidagi kurashdan iborat edi, jamiyatdagi mutanosiblikni buzadigan 
nomutanosiblikka qarshi kurash edi. Zardushtiylik ta‘limoti dastlab yaratilgan 
paytda diniy emas, balki axloqiy qarashlarning majmui sifatida yuzaga keldi. 
Zardusht yaratgan islohot shundan iboratki, u yakka xudolik va dualistik 
qarashlarning original birikuvini yaratib, dinda o‗ziga xos tizimni barpo qildi. 
Zardushtiylikda eng qiziqarlisi – xohish-iroda erkinligi konsepsiyasi o‗zining 
rudiment shaklida tasavvur qilinadi (predstavlyaetsya). Bu rudiment shakli 
mantiqiy ziddiyatni bartaraf qilishga yo‗l bermaydi. 
Axura Mazda (yoki Xo‗rmuzd) oliy Xudo sifatida hamma qarama-qarshi 
kuchlarning yaratuvchisi hisoblanadi. Ammo uning egizak o‗g‗illari Spentaman 
15
Ҳомидов Ҳ. ―Авесто‖ файзлари. Абдулла Қодирий номидаги Халқ мероси нашриѐти. Тошкент, 2001, 14-
бет. 


(muqaddaslik Ruhi) va Axriman (yovuzlik Ruhi) haqiqat (
osha
) va yolg‗on (
do„st
yoki 
drudj
) o‗rtasida tanlov qilishiga to‗g‗ri keladi. Ular yaxshi yoki yomon 
fikrlari, so‗zlari va ishlarida ana shu haqiqat va yolg‗onni namoyon qiladilar.
16
Axura Mazdada mujassamlashgan ezgulik va yovuzlikni Zardusht ijtimoiy 
muammo sifatidagina ilgari surib qolmadi, balki bu muammo ijtimoiy-siyosiy 
jarayondan diniy-falsafiy jarayonga aylandi va ilohiy tus oldi.
―Avesto‖dagi obrazlar – Xo‗rmuzd obrazi ―Oltun yorug‗‖da Budda timsolidan 
keyin turadigan timsoldir. Xo‗rmuzdning ―Oltun yorug‗‖dagi yana bir ismi 
Kavsikiyadir. Xo‗muzd - to‗rt maxaranch tangrilarning rahnamosi, to‗rt 
maxaranch tangrilar esa olamning to‗rt tomoni qo‗riqchilaridir. Xo‗rmuzd tangri 
Indra
bilan birligiga va roliga quyidagicha baho beradi: ―(Ey) Kavsikiya! Sen endi 
o‗lmaydigan ko‗p jonzotlarni yovuz qilmishlaridan, iflosliklaridan poklab, 
haqiqiy, to‗g‗ri poklanishga etkazmoqchisan, najot topmoqlik yaxshiligi bilan 
(ularni) xotirjam, xursand qilmoqchisan, (ular o‗zlarining) xohishi bilan komil 
olamga shafqat ko‗rsatib, jamiki jonzotlarga solihlik, katta foyda etkazadi(gan 
bo‗lgan) lari uchun, u(lar) (uchun) bu singari nihoyatda zarur (narsani) iltimos 
(qilib) so‗rayapsan‖ (III 2b-3a). Xo‗rmuzd solihlik, poklik, jamiki jonzotlarning 
homiysi ramzi sifatida namoyon bo‗ladi.
―Oltun yorug‗‖dan keltirilgan bu parchani ―Avesto‖dagi Xurmuzd (Axura 
mazda)ga berilgan ta‘rif va tavsiflarga solishtirib ko‗raylik. ―Avesto‖ning Gohlar 
qismida Axura Mazdaning insoniyatni bu olamni gunohlardan poklaydigan 
kurashchi ekanini Zardusht unga tavallo qilib, birma-bir bayon qiladi: Xo‗rmuzd – 
bu olamning tanho adolatpeshasi, ilk donishmand, Ezgu Niyatning otasi, 
Haqiqatning chinakam yaratuvchisi va h.: ―Qachonki kimsa oshkor yoki pinhon 
nimanidir so‗rsa, kichik gunohlardan xalos bo‗lib, ulkan gunohlardan parhez 
qilmoqchi bo‗lsa, sen uni o‗zingning o‗tkir nigohlaring bilan nazorat qil va 
barchani Ashah – Haqiqat nurlari ostida hidoyatga boshla‖
17
(). 
Xullas, Xo‗rmuzd ―Avesto‖da qanday vazifa bajarsa, ―Oltun yorug‗‖da ham o‗sha 
vazifani bajaradi. YOki Zervanning vazifasi ham ―Oltun yorug‗‖da (Azrua deb 
nomlanadi) ―Avesto‖dagi Zervon bilan aynidir. Masalan, ―Oltun yorug‗‖da Azrua 
tangrining maskanida jonzotlar qayta tug‗ilishi uchun gunohlaridan pushaymon 
bo‗lib, iltijo qilish va tavba etishi pok so‗zlar bilan yomon qilmishlarini, kirlarini, 
iflosliklarini yuvib, tozalashi kerak (III 9a). Azrua ―son –sanoqsiz olamning xoni‖ 
(III 19a), Azrua tangri podshohlar, xonlar rioya qiladigan Rachashastir degan 
qonun bitigini so‗zlagan va bitig holiga keltirgan (VIII 26a). U Buddadan, no‗m 
g‗ildiragini aylantirishni – maxayana mazhabini jonzotlarga berishni iltimos qiladi 
va shu orqali er yuzida solihlikni barpo qilishni, jamiki jonzot bolalarini tinch – 
omon, shod – xurram qilishni ko‗zlaydi. Umuman, Azrua tangri ―Oltun yorug‗‖da 
komil jonzotlarni yaratadi va ko‗paytiradi.
Mazkur qiyoslardan ma‘lum bo‗ladiki, ―Avesto‖ va ―Oltun yorug‗‖ o‗rtasidagi 
muvofiqlik O‗rta Osiyo bilan ―Oltun yorug‗‖ning ilk vatani Hindiston o‗rtasidagi 
16
Элиаде Мирча. Словарь религий, обрядов и верований. Москва
-Санкт-Петербург, 1997, 141-бет.
17
Авесто. ―Шарқ‖ нашриѐт-матбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, Тошкент -2001,12-бет. Бундан 
сўнг мисоллар шу нашрдан олиниб, фақат саҳифаси кўрсатиб борилади. 


tarixiy aloqalarga ishora qiladi. Ko‗p tarqalgan nuqtai nazarga ko‗ra, II ming 
yillikdan oldin O‗rta Osiyodan, xususan, Amudaryo va Sirdaryo oqimi bo‗ylab 
joylashgan o‗lkadan tortib, Orol va Kaspiy dengizlarigacha cho‗zilgan yurtgan 
Hindistonga ariylar qabilasi bostirib kirgan (M. Mayrxofer, I.Dyakonov, T. Borrau 
va boshqa ko‗p sharqshunoslar shu fikrda). Ana shu davrdan boshlab ariylarning 
alohida qabilalari turga tomonga ko‗cha boshlaganlar. Bu ko‗chish miloddan 
oldingi II ming yillik o‗rtalariga to‗g‗ri keladi. Ular O‗rta Osiyodan Afg‗onistonga, 
u erdan Hindikush tog‗lari orqali Hindistonga – hozirgi Panjob viloyatiga 
o‗tganlar. Ariy degan nomni Hindistondagi qabilalar qo‗ygan emas, balki O‗rta 
Osiyodan borgan qavmlar o‗zlari bilan birga olib borganlar. Ariylar ―nafaqat 
harbiy iste‘dodi bilan, balki badiiy so‗z sohasidagi iqtidori bilan ham ajralib 
turganlar. Bu qabilalarning eng asosiy xazinasi madhiyalar bo‗lib, kelgusida 
jamlangan Rigvedalarning asosida ana shu madhiyalar yotgan edi‖.
18
Ariylarning 
boshыa o‗lkalardan Hindistonga kirgani to‗g‗risida boshqa fikrlar ham bor, ammo 
ko‗pchilik rus va Evropa sharqshunoslari ariylar dunyoning ko‗p tomonlariga O‗rta 
Osiyodan tarqalganini aytadilar.
―Avesto‖ va ―Oltun yorug‗‖da Xo‗rmuzd hamda Zervan obrazlarining birligi 
ularning ijodkorlari bir xalq ekanini ko‗rsatuvchi bitta dalil bo‗lsa, ikkinchisi, 
Axura Mazda bilan Buddaning, Zardusht bilan tangrilar xoni Xo‗rmuzdning 
faoliyatidagi o‗xshashliklardir. ―Avesto‖da Zardusht muhim qonunlar so‗rab, 
Axura Mazdaga murojaat etadi, Axura Mazda jamiki er yuziga Zardusht orqali 
qonunlar beradi. ―Oltun yorug‗‖dani bir misol keltirish bilan cheklanamiz: 
Xo‗rmuzd maxayana yo‗l- yo‗riqlari bo‗yicha yurmaydigan insonlar o‗zlarining 
qilgan himmatlaridan xursand bo‗lishga loyiqmi, deb so‗raganda, tangrilar Tangrisi 
Budda shunday yo‗l-yo‗riq ko‗rsatadi: ―Qaysi bir jonzotlar xoh muqaddas 
maxayana no‗midagi yo‗l – yo‗riq bo‗yicha yurishga qodir bo‗lsinlar, xoh yana 
muqaddas maxayana no‗midagi yo‗l – yo‗riq bo‗yicha yurishga qodir 
bo‗lmasin(lar), qodir bo‗lganlar (va qodir bo‗lmagan) o‗sha aslzodalar o‗g‗li, 
aslzodalar qizi kechayu kunduz olti zamonda janub tomonga o‗ng elkalaridagi 
to‗nlarini ochib, o‗ng tizzalari bilan cho‗kkalab, kaftlarini (bir – biriga) 
qovushtirib, ko‗p hurmat – ehtirom (bilan) g‗oyat pok sodiq ko‗ngil bilan, bir 
maqsad, idrok va his – tuyg‗ular bilan 
o‗ng tomondagi olamlarning jonzotlari 
qilgan himmatli, ezgu ishlariga, ezgu sa‘y – harakatlariga muvofiq xursand bo‗lib, 
sevinsa, keyin o‗sha aslzodalar o‗g‗li, aslzodalar qizi hisobsiz, tengi yo‗q himmatli, 
ezgu ishlarini qiladi‖ (III 12b- 13a). 
―Rigveda‖ bilan ―Avesto‖ning qarindoshligi masalasini dalillashda olimlar, 
tarixiy 
aloqalardan 
tashqari, 
lingvistik 
omillarga 
ham 
tayanadilar. 
Mutaxassislarning fikricha, ―Rigveda‖ bilan ―Avesto‖ tilining bir-biriga yaqinligi 
(ayniqsa, ―Rigveda‖dagi mandal va ―Avesto‖dagi gohlar) shu darajadaki, ba‘zan 
ikkala yozma manbadagi matn bir arxaik matnning ikki variantiga o‗xshab 
ko‗rinadi, faqat tovushlar mosligi qoidalarida farq bor, xolos. Ana shu yaqinlik 
tufayli ham ayrim olimlar o‗tgan asrning boshlarida ―Avesto‖dagi ayrim she‘riy 
18
Елизаренкова Т.Я. ―Ригведа‖ 
– великое начало индийской литературы и культуры. ―Ригведа‖ китобида. 
Москва,‖Наука‖, 1989, 496-бет.


parchalar ―Rigveda‖ tiliga tarjima qildilar. SHunda ma‘lum bo‗ldiki, ―Avesto‖ tili 
bilan vedalar tili o‗rtasida qatta farq bo‗lmagan.
19
Vedalar tili qadimgi hind 
eposlari va mumtoz sanskrit she‘riyati tilidan ko‗ra, ―Avesto‖ tiliga yaqinligi 
allaqachon isbotini topgan.
Har ikkala manbaning matnlari o‗rtasidagi yana bir yaqinlik poetik nutqdadir. 
Ikkalasidagi mifologik meros ham birdir – ikkalasi ham ariylar mifologiyachidan 
oziqlangan. Diniy tizim esa ―Avesto‖ va ―Rigveda‖da farqli bo‗lgani uchun har 
ikkalasida ham bu tizim o‗z yo‗lidan ketib, rivojlandi. Til va mifologik merosning 
har ikkala manbada birligi ayrim so‗zlarning ma‘no va vazifa jihatidan 
yagonaligida ma‘lum bo‗ladi: ―Rigveda‖da – 

Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish