Ammo SHmnu – ―Xuastunift‖da yovuzlik timsoli, bu xususiyati bilan
―Avesto‖dagi Axrimanni eslatadi. ―Xuastuanift‖da olamning ibtidosi tasvirida
Xo‗rmuzd va SHmnu bir-biriga qarama-qarshi kuch ekani ta‘kidlanadi. SHmnu
paydo bo‗lgach, nur bilan zulmat qo‗shilib ketdi va ularni ajratib bo‗lmay
qolgandan keyin, SHmnu va yana beshta iblis bilan jang qilish uchun Xurmuzd
osmondan tushadi. Ammo SHmnu o‗z ishini qildi – insoniyatning ongini, niyatini
iblisning qilmishi tomon burib, ularni ruhsiz qilib qo‗ydi. Ruhsizlik –
Xudodan
uzoqlashishga, faqat tana sevgisi bilan yashashga olib keladi, degan xulosa
―Xuastuanift‖da bosh o‗rin tutadi.
Moniylik qonunlarida ruhiy olam bosh o‗ringa qo‗yilgani bejiz emas. Moddiy olam
esa yovuzlik va zulmat bilan uyg‗unlashtiradi. ―Xuastuanift‖ning maqsadi ham
bitta – odamzodning ruhiyatidagi nurni, ya‘ni ezgulikni moddiy olamdagi
zulmatdan qutqarish lozim. Moniy - bu yo‗lda najotkor,
uning qonunlari ham
ezgulik yo‗lini ko‗rsatuvchi vositadir. Faqat tavba-tazarru va gunohlarni e‘tirof
etish insoniyatni to‗g‗ri yo‗lga solishi mumkin. SHuning uchun ham
―Xuastuanift‖ning har bir bo‗limi so‗ngida Moniy jamoasi a‘zolari ilgari qilgan
tavba qilib, Xo‗rmuzddan gunohlarini kechirishini so‗raydilar.
Moddiy boyliklarga ruju qo‗yish jamiyatda tabaqalanishni yuzaga keltirishi tabiiy
edi. Er yuzida moddiy boyliklarni cheklash va tana lazzati uchun bag‗ishlamasdan,
Xudoga bag‗ishlash, nazr qilish, ehtiyojdan ortig‗ini istamasdan, muhtojlarga
in‘om qilishi kerak, degan o‗git moniylik jamoatining o‗zak aqidalaridan edi. Bu
aqida esa, masihiylik (xristianlik)dagi zaminiy
boyliklarga berilmasdan, Osmon
shohligidagi xazinaning payidan bo‗lish kerakligi haqidagi o‗gitga borib taqaladi
(Mark 10: 21-23; Luka 18:23-25). Ayni shu g‗oya moniylik oqimining muhim
jihatlaridandir: ―Osmonga (olib) boradigan, (yovuzlikdan) xalos qiladigan beshta
xudo nurini uyga, boshpanaga bog‗lab qo‗yib,
yomon xulqli insonga, yirtqich
jonzotlarga, moddiy narsalarga berdik, to‗kib-sochib tashladik‖(Xuastuanift 11-
bo‗lim). Masihiylikda kamol topgan bu umuminsoniy aqida SHarq mamlakatlariga
keng tarqalgan edi.
YAngi Ahdning ―Matto bayon etgan Xushxabar‖ kitobida Iso Masih havoriylariga
shunday o‗git beradi:―Hech kim ikki xo‗jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini
yomon ko‗rib, boshqasini yaxshi ko‗radi, yoki biriga bag‗ishlanib, boshqasini
mensimaydi. Sizlar ham Xudoga, ham boylikka birdek xizmat qila olmaysizlar‖
(Matto 6:24). Iso Masihning boylikka, tana lazzatiga ruju qo‗ymaslik
haqidagi
o‗gitlari YAngi Ahdning boshqa kitoblarida ham ko‗p marta takrorlanadi.
―Xuastuanift‖da ilgari surilgan aqidalardan yana biri – insoniyat aql-idrok bilan
kimga nazr berishi lozim, ammo ularni yo‗ldan ozdirgan boylik qanday oqibatlarga
olib keldi – ana shular to‗g‗risida bo‗lib, bu ham masihiylik ta‘limotida ilk bor
shakllangan edi.
YAngi g‗oyalar hamma davrda osonlikcha qabul qilinavermagan. Ayniqsa,
zodagonlar Moniyning yuqoridagiday boyliklarni teng taqsimlash haqidagi
aqidalarini qabul qila olmaganlar, bu aqidalar ular uchun nihoyatda xavfli bo‗lib
tuyulgan. Moniy jamoasi a‘zolarining quvg‗inga uchrashiga, Moniyga nisbatan
bo‗htonlar yog‗dirib, oxir qatl qilinishiga sabab shudir.
―Xuastuanift‖dagi nur va zulmat o‗rtasidagi kurash
ruhiy va moddiy boyliklar
o‗rtasidagi kurashning timsolidir. Inson o‗z ruhida mavjud bo‗lgan nur zarralarini
moddiy narsalar tashvishidan xalos qilish kerak.
Ruhan
poklanish,
ruhiy
uyg‗oqlik,
tanaga
lazzat
bag‗ishlaydigan
ko‗ngulxushliklardan o‗zni tiyib, Xudoga xizmat qilish ―Xuastuanift‖da bosh o‗rin
tutgan aqidalardandir. ―Xuastuanift‖ o‗z davrining yozma adabiyoti sifatida bu
g‗oyalarni yoyish va targ‗ib qilishda katta xizmat qildi.
Moniylik she‘rlari
Moniylik oqimi bir qator she‘rlarni ham yuzaga keltirdi. Bu she‘rlarda Moniyning
shaxsiyati va u yaratgan oqimning aqidalari madh qilinadi. Moniy shaxsi esa
deyarli hamma she‘rlarda bor. Moniyga buyuk iloh sifatida hamdu sanolar aytiladi.
Moniylik she‘rlarining sanasi aniq emas, lekin bir nechi yuz yillar davomida bu
she‘rlar yaratilganini taxmin qilish mumkin. Turk xoqonligi davrida, bu xoqonlik
tugab, uning o‗rniga turkiy qavmlarning eng katta qabilalaridan uyg‗urlar
hokimiyat tepasiga kelgan davrda ham moniylik she‘rlari yaratildi. Bu tarixiy
jarayon VII-IX asrlar boshlariga to‗g‗ri keladi. Barcha moniylik she‘rlarining
g‗oyasi va maqsadi bir-biriga yaqin bo‗lgani uchun u yoki bu timsol she‘rdan –
she‘rga ko‗chaveradi. ―Xudodan shafqat tilash‖ yoki ―narigi dunyoda huzur-
halovatga erishish‖ning
tashvishigina emas, balki moniylik oqimini barcha
ta‘sirchan vositalar orqali targ‗ib va tashviqi qilish muhim rol o‗ynadi.
Insonni gunohlardan qaytarish, to‗g‗ri yo‗lga solish uchun do‗zax azoblari bilan
qo‗rqitish bur turkumdagi she‘rlarning asosiy mavzuidir. Moniy jamoasi
a‘zolarining tasavvuri bo‗yicha, olamning tuzilishi uch qavatdan iborat.
Moniylikdagi bu tasavvur shomonlik oqimidagi olamning tuzilishi to‗g‗risidagi
tasavvurlarga o‗xshaydi. ―O‗lim tasviri‖ va ―Do‗zax tasviri‖ nomli she‘rlar bu
jihatdan diqqatga sazovor.
―O‗lim tasviri‖ she‘rini pandnoma janriga mansub deb qarash mumkin. SHe‘rning
asosiy mavzui – to‗rtta dono tangrini inkor etish qanday yomon oqibatlarga olib
kelgani to‗g‗risida bo‗lib, voqealar bayoni orqali o‗git beriladi. SHe‘rda
aytilishicha, chinakam inson tangrilarning kalomiga itoat etmog‗i lozim. To‗rtta
dono tangriga itoat etsalar, to‗rtta azobdan qutkladilar. Darvoqe, to‗rtta dono tangri
kimlar? Ular er, suv, quyosh va olov xudolaridir. To‗rtta og‗ir azob ham o‗sha
xudolarga qarshi qilingan gunohlardan keladigan azoblardir. Bu o‗rinda to‗rtta
azob tushunchasi quyidagilar bo‗lib, jismoniy azobga emas,
ruhiy azobga ishora
qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: