Nasimxon rahmonov



Download 2,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/131
Sana27.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#414168
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   131
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi-3

Tinsi o„g„li 
yotadigan Bangligak tog„i, Tangri, Umay, muqaddas er- suv
va h. Bu mifologik 
obrazlar boshqa bititoshlardagi kabi ma‘noga ega. 
To‗nyuquq xoqonlik oldidagi o‗zining xizmatlarini bayon qilar ekan, davlatning 
va xalqning erkin nafas olishiga, dushman ustidan zafarlarga erishuviga Eltarish 
xoqon bilan birga, o‗zining xizmatlari muhim omil bo‗lganini alohida ta‘kidlaydi.
Bitigtosh yozilgan paytda To‗nyuquq ancha keksayib qolgan ko‗rinadi, zotan, 
bititosh so‗ngida To‗nyuquq buni alohida ta‘kidlaydi va Bilga xoqon hukmronligi 
davom etayotganini ham eslatadi. Bundan ma‘lum bo‗ladiki, mazkur bitigtosh 
yozilgan paytda Turk xoqonligi ancha kuchaygan, atrofdagi dushmanlarni mag‗lub 
qilgan, edi. To‗nyuquq va Eltarishning ikkala o‗g‗li Mo‗g‗uliyon (bo‗lg‗usi Bilga 
xoqon) va Kul tigin Turgash xoqonligining CHabish chur boshchiligidagi qolgan-
qutgan lashkarini ta‘qib qilib, Sirdaryoning ortiga o‗tdilar. To‗nyuquq bu paytda 
g‗arbiy Truk xoqonligiga yordam berish uchun kelgan edi. Bu paytga kelib 
Turgash xoqonligini Qapag‗an mag‗lub qilgan va xoqonlik sifatida tanazzulga yuz 
tutib bo‗lgan edi. To‗nyuquq va Eltarishning ikkala o‗g‗li SHarqiy Turk xoqonligi 
So‗g‗dga paydo bo‗lib qoldilar va So‗g‗d shohi Gurak tomonida turib, arablarga 
qarshi jang qildilar. To‗nyuquq bititoshida bu voqea eslanadi: ―Inal xoqonga arab 
va tuxor (arablarning ittifoqdoshi) hujum qildi. O‗shanda ajraladigan choki bor 
dubulg‗a kiygan so‗g‗doq xalqi hammasi keldi‖ (To‗n., 45). Bu voqea 712-713 
yillardan keyin bo‗lib o‗tgan. Ammo Qutayba ibn Muslim tomonidan 
engilganlaridan so‗ng, 714 yili chekindilar va Oltoydagi isyon ko‗targan 
qabilalarni bostirib, O‗tukanga qaytib keldilar.
30
Bu voqealardan ayon bo‗ladiki, 
To‗nyuquq bitigtoshi, ayrim olimlar ko‗rsatganlariday, 712 yoki 716 yili emas, 
balki 725 yili yozilgan bo‗lib chiqadi. YUqoridagi tarixiy voqealarda 
To‗nyuquqning ishtiroki shundan dalolat beradi. 
Bitigtosh so‗ngida To‗nyuquq Ikkinchi Turk xoqonligi tashkil topgandan boshlab 
keyingi barcha xoqonlarning xizmatlarini ta‘kidlab o‗tadi. Bititoshning so‗nggi 
misrasi xuddi ertaklarning tugallanmasini eslatadi – go‗yo podshoh mamlakatni 
obod qildi yoki yovuz dushman daf bo‗ldi, qahramonning o‗zi ―murod-maqsadi‖ga 
etdi: ―Men bilga To‗nyuquq va Eltarish xoqon muvaffaqiyat qozonmasa edi, u 
bo‗lmasa edi, men o‗zim dono To‗nyuquq muvaffaqiyat qozonmasam edi, men 
bo‗lmasam edi, Qapag‗an xoqon boshliq turk sir xalqi erida urug‗ ham, xalq ham, 
kishi ham, turk xalqi eriga xo‗jayin ham bo‗lmas edi‖ (To‗n., 59-61).
Umuman, To‗nyuquq bitigtoshni qadimgi turkiy adabiyotda alohida, o‗ziga xos 
memuar janri namunasidir.
30
Кляшторний С.Г., Савинов Д.Г. Степные империи Древней Евразии. Санкт
-Петербург, Филологический 
факультет Санкт-Петербургского университета, с. 103.


Kuli chur bititoshi 
Bu yodgorlikni 1912 yili Mo‗g‗ulistonning Ixe-Xushotu degan manzilidan 
V.L.Kotvich topgan. U mazkur yodgorlikning tarixiy ahamiyatini batafsil bayon 
qilgan. Kuli chur Beshbaliq shahrida to‗rtta jangda kurash olib bordi. Bilga xoqon 
yodgorligida ham Kuli chur tardush beklarini boshlab Bilga xoqonga 716 yili 
taslim bo‗lib keladi (o‗n uchinchi satrda).
Kuli chur bititoshni hajman katta emas: bitigtoshning g‗arb tomoni o‗n ikki 
satrdan, sharq tomoni o‗n uch satrdan va janub tomoni to‗rt satrdan iborat. 
Bitigtosh ko‗p zararlangan, shu bois voqealarning mantiqiy izchilligi kuzatilmaydi.
Bitigtoshning boshidanoq To‗nyuquq ismi uchraydi. Kuli chur Eltarish xoqon 
davrida anchagina mashhur bo‗lgan ko‗rinadi. Bititoshning g‗arb tomoni uchinchi 
satrida ―(Kuli chur) Eltarish xoqon davlatida keksayib, yaxshi mangulik ko‗rdi, 
ulug‗ Kuli chur sakson yil yashab vafot etdi‖.
Kuli chur bititoshining uzuq-yuluq saqlangan jumlalaridan shu narsa ayon 
bo‗ladiki, u mohir jangchi va lashkarboshi bo‗lgan. U minib jangga kirgan ot, jang 
kiyimlariga alohida urg‗u berilgan. Janglarda qahramonlik ko‗rsatib, shuhrat 
taratgan, inson sifatida yaxshi do‗st, fazilatlarga boy inson bo‗lgan. U tardush 
xalqining hukmdori bo‗lgan. Qorluq xalqi bilan jang qilgan, xuddi Kul tigin minib 
kirgan otlar qanday tasvirlangan bo‗lsa, Kuli churning jangovar otlari ham shu 
tarzda tasvirlangan. Bitigtosh muallifi noma‘lum.
Moyun chur bitigtoshi 
Bu bititoshni 1909 yili G.I.Ramstedt topgan. Moyun chur - uyg‗ur xoni,?45 yili 
oxirgi Turk xoqonligi hukmdori O‗zmish teginni mag‗lub qildi. Bitigtosh shunisi 
bilan diqqatga sazovorki, uyg‗ur xoniga uyg‗ur-turk yozuvida emas. Balki turkiy-
run yozuvidagi bitigtosh o‗rnatilgan.
Moyun chur hajm jihatidan Kuli chur bitigtoshidan kattaroq bo‗lib, bitigtoshning 
shimol tomoni o‗n ikki satrdan, sharq tomoni ham o‗n ikki satrdan, janub tomoni 
o‗n besh satrdan, garb tomoni o‗n satrdan iborat. Bitigtosh ko‗p zararlangan.
Moyun chur bititoshni, xuddi To‗nyuquq bitigtoshi kabi, Moyun chur tomonidan 
hikoya qilinadi. Bititosh Turk xoqonligining hududi, mavqei va qudratli davlat 
bo‗lganini hikoya qilish bilan boshlanadi. Qipchoq qavmining ellik yil hukmronlik
qilgani haqida shu bitigtoshda ilk bor so‗z yuritiladi: ―turk qipchoq (qavmi) ellik 
yil o‗tirdi turk xalqi ustidan, yigirma olti yoshimda (xoqon otamga shad unvonini) 
berdi‖ (4). 
Moyun chur otasi Kul dono xoqon bilan birga turk xoqonligi qo‗shinini itoat 
ettirganini hikoya qiladi. Qo‗y yili (745 yili) O‗zmish tiginni asir olgani va uning 
xotinini o‗ziga olganini hikoya qilar ekan, uch qarluq xalqi baribir, Moyun churga 
itoat etmasdan, g‗arbiy turk xoqonligiga qo‗shilib ketgani haqida xabar beradi.
Moyun chur bitigtoshining qimmati shundaki, unda Turk xoqonligi tugagandan 
keyingi turkiy qavmlarning uyg‗ur xoqonligiga qo‗shilishi, ayrim qabilalarning 
isyoni, 757 yilgacha bo‗lgan turkiy qabilalar bilan Moyun chur lashkari o‗rtasidagi 
kurash voqealari bayon qilinadi. Bitigtosh ko‗p zararlangani uchun izchillik 
yo‗qolgan.



Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish